Shoimqulov Asror Abdunabievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Temir yo‘l transporti obektlari boshqaruv va diagnostika tizimlari uchun vibratsiyalarni o‘lchovchi induksion o‘zgartirgichlar, 05.01 .06 - Hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlarining elementlari va qurilmalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: № B2024.1.PhD/T3379
Ilmiy rahbar: Amirov Sulton Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.07 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Siddiqov Ilhomjon Hakimovich, texnika fanlari doktori, professor; Xalikov Sodiqjon Salixjanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli yo‘nalishlarda chiziqli va burama vibratsiya tebranishlarini yuqori sezgirlikda o‘lchay oladigan hamda chastota diapazoni keng va chiziqli o‘zgartirish xarakteristikalariga ega bo‘lgan induksion o‘zgartirgichlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inersion elementni o‘zaro perpendikulyar joylashgan to‘rtta sektordan iborat va uning ikkita yondosh sektori massalarini qolgan ikkita yondosh sektori massalaridan farqli qilib yasash orqali turli yo‘nalishlarda chiziqli va burama vibrasiyalarni yuqori sezgirlikda o‘lchovchi induksion o‘zgartirgichning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
inersion elementni o‘zaro diametral ikkita magnit o‘tkazgichli va turli massali sektor ko‘rinishida yasash hamda uni gorizontal va vertikal o‘qlari oraligʻida joylashtirish orqali turli yo‘nalishlarda chiziqli va burama vibrasiyalarni yuqori sezgirlikda o‘lchovchi hamda inersion elementining massasi kichik bo‘lgan induksion o‘zgartirgichning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
yaratilgan induksion vibrasiya o‘zgartirgichlari inersion elementining o‘zaro perpendikulyar joylashgan to‘rtta qutb nakonechniklari holatini o‘zgartirgichga berilgan tezlanish ta’sirida o‘zgarishini aniqlash imkonini beruvchi matematik modellari inersion elementga ta’sir etuvchi kuchlar muvozanati asosida ishlab chiqilgan
yaratilgan induksion vibrasiya o‘zgartirgichlarining dinamik xarakteristikalarini tadqiq etish jarayonini soddalashtirish va ulardagi turli fizik tabiatli zanjirlar o‘zaro ta’sirini inobatga olish imkoniyatini beruvchi parametrik struktura sxemalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Vibratsiya parametrlarini o‘lchovchi yangi induksion o‘zgartirgichlarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan natrjalar asosida: induksion vibratsiya o‘zgartirgich qurilmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasidan ixtiroga patent olingan (№IAP 7661; 2024y.). Natijada, turli yo‘nalishlarda chiziqli va burama vibratsiya tebranishlarini yuqori sezgirlikda o‘lchay oladigan hamda chastota diapazoni keng va chiziqli o‘zgartirish xarakteristikasiga ega bo‘lgan induksion o‘zgartirgich qurilmasi yaratilgan;
turli yo‘nalishlarda chiziqli va burama vibratsiya tebranishlarini yuqori sezgirlikda o‘lchay oladigan hamda chastota diapazoni keng va chiziqli o‘zgartirish tavsiflariga ega bo‘lgan yangi induksion o‘zgartirgich qurilmasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ga qarashli “O‘zbekiston” lokomotiv deposida teplovozlar dizel-generatorlarini funksional diagnostika qilish va ularda paydo bo‘ladigan turli nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlash maqsadida qo‘llanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” Ajning 2023 yil 01 maydagi 0l/l355-23 - son ma’lumotnomasi). Natijada, qurilmadan olingan yuqori aniqlikdagi ma’lumot asosida dizel tirsakli vallari va tortuv generatorlari podshipniklari holatini nazorat qilish hamda ularda paydo bo‘ladigan nosozliklarni o‘z vaqtida aniqlash orqali dizel-generatorlari ehtiyot qismlarining ishlash muddatlarini uzaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish