Raxmatov Erkin Abdihafizovichning
texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Neft-gaz texnologik va transportlash vositalarining ekspluatatsion ishonchliligini oshirishning ilmiy-texnologik asoslari», 05.02.01- «Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/T667
Ilmiy maslaxatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ziyamuxamedova Umida Alijonovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Iqtisodiyot va pedagogika universiteti nodavlat ta’lim muassasasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc.15/27.02.2020.T.73.02.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
1. Xasanov Abdirashid Salievich - “Olmaliq KMK” AJ bosh muxandisning ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosari, professor, texnika fanlari doktori;
2. Adilova Ziyoda Gafurjanovna - Toshkent davlat transport universiteti professor professori, texnika fanlari doktori (DSc);
3. Gadamov Durdimurad Gurbanovich – Turkmaniston xalqaro ilmiy- texnologik parki direktori, professor, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida neft va gaz sanoati texologik jixozlari uchun modifikatsiyalangan geterokompozitlardan materiallar va qoplamalar ishlab chiqishning ilmiy-texnologik asoslarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor reaktoplast bog‘lovchi kompaund epoksid smolasi (EDK-20) va termoplast bog‘lovchi polietilen (YZPE)lar asosidagi geterokompozitlarning tarkibini yaratishda fazalararo sodir bo‘ladigan strukturaviy hodisalarning nazariy qonuniyatlariga geterokompozitning ekspluatatsion ishonchliligi, korroziyaga chidamliligi, deformatsion va mustahkamlik xossalari bog‘likligi William-Landel-Ferri (WLF) supperpozisiyasi nuqtayi nazaridan asoslangan;
mexano-kimyoviy modifikatsiya usulida AKT-10 va AKC-30 kaolin to‘ldiruvchini musbat va manfiy zaryadlangan zarrachalarni va uglerod saqlovchi modifikator TMning funksional faol guruhlari ishtirokida sodir bo‘ladigan fizik-kimyoviy jarayonlarni struktura hosil bo‘lishiga ta’siri geterokompozitlarning ekspluatatsion ishonchliligi, korroziyaga chidamliligi, deformatsion va mustahkamlik xossalari oshishi bilan asoslangan;
geterokompozitlarni mexano-kimyoviy modifikatsiyalash usulida olishda, strukturasi shakllanish jarayonida bir vaqtni o‘zida ikkita fazada kechishi, ya’ni birinchisi maydalash va faollash, ikkinchisi kimyoviy modifikator TMni faol holatiga o‘tishi strukturada polimer bog‘lovchining tarmoqlangan makromolekulalari kristall panjaralariga ta’siri orqali borish mexanizmi aniqlangan;
ilk bor WLF superpozisiyasi nazariyasini geterokompozit tizimlar uchun qo‘llash orqali TM modifikatorining EDK-20 va YZPE asosidagi geterokompozitlarda appret qatlamini hosil qilishi fizik-kimyoviy usullar bilan aniqlangan;
yaratilgan getrokompozit asosida olingan transportlash vositalari konstruksiyalarining egilish qismlariga neft-gaz-emulsiyalaridagi qattiq zarrachalarning xarakati va cho‘kishini ta’siri asosida korroziya va eyilish jarayoni kinetikasi korrozion abraziv muhit modeli ishlab chiqilgan;
ilk bor mexanofaollashtirilgan maxalliy xomashyolar asosida geterokompozit materiallardan neftgaz texnologik jihoz va transportlash vositalarining ekspluatatsion ishonchliligini ta’minlovchi va himoyalovchi qoplamalar, hamda eyilishga va deformatsiyaga bardosh geterokompozit materiallarning tarkibi va olish texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Neft-gaz texnologik va transportlash vositalarining ekspluatatsion ishonchliligini oshirishning ilmiy-texnologik asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yaratilgan geterokompozit materiallarni olish va ularni qo‘llash bo‘yicha ishlab chiqilgan texnik shart «O‘ZBEKNEFTGAZ» AJ «Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi» korxonasida amaliyotga joriy etilgan («O‘ZBEKNEFTGAZ» AJ «Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi»ning 2023-yil 11-maydagi 11/2-1094-son maʼlumotnomasi). Natijada, geterokompozit materiallar asosida rezervuarlar va transportlash vositalarini ishlab chiqarish va ularning ekspluatatsion ishonchliligini 2-3 barobarga oshirish imkonini bergan;
geterokompozit materiallar va ular asosidagi polifunksional qoplamalarni neft va gaz kondensatini yig‘ish rezervuarlari ichki va tashqi yuzasida «Sho‘rtan neftgaz qazib chiqarish boshqarmasi» tasarrufidagi «Mahsulot quyib jo‘natish» sexida amaliyotga joriy etilgan («O‘ZBEKNEFTGAZ» AJ «Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi»ning 2023-yil 11-maydagi 11/2-1094-son maʼlumotnomasi) Natijada korxona texnologik jihozlarni ekspluatatsion ishonchliligini 2,5 barobarga oshirish va korroziyaga uchrashini 80% kamaytirish imkonini bergan;
neft, gaz va neftgaz mahsulotlarini yig‘ish uchun diametri 50-330 (Du42-300 mm)li quvur konstruksiyalari uchun geterokompozit termoplast materiallar olish tarkibi va texnologiyasi «Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MChJning «Qarshitermoplast» sexida amaliyotga joriy etilgan («O‘ZBEKNEFTGAZ» AJ «UNG Training» MChJning 2024-yil 21-iyundagi 01/001-200-son ma’lumotnomasi). Natijada, metall konstruksiyalarni geterokompozit termoplast materiallarga almashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish