Bozorov Xurshid Narzullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tarkibiga K, Na va Li elementlari kiritilgan murakkab surma(V) oksidlari asosidagi birikmalarning tuzilishi va transport xususiyatlari”, 01.04.07–“Kondensirlangan holat fizikasi”(fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/FM851.
Ilmiy rahbar: 1) Buchelnikov Vasiliy Dmitrievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, RF. 2) Mamatkarimov Odiljon Oxundedeevich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Namangan muhandislik-texnologiya instituti”.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, PhD.03/27.02.2020.FM.106.01.
Rasmiy opponentlar: U.T. Kurbanov, fizika-matematika fanlari doktori, professor; N.A. Sultonov, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: K, Na va Li elementlari kiritilgan murakkab surma oksidlari asosida birikmalarni sintez qilish shartlarini o‘rganish va strukturaning nomukammalligi bilan ularning ion o‘tkazuvchanlik xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rnatishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor xMe2O(y-x)K2OySb2O32(2-y)WO3 (Me=Li, Na) oksid tizimini qizdirish orqali (0≤x≤y, 1.0≤y≤1.375) diapazonda antimonat volframat birikmalarning hosil bo‘lish jarayonlari aniqlangan;
ilk bor piroxlor tipidagi struktura bilan qattiq fazalar tufayli hosil bo‘lgan yangi (MexKy-xSbyW2-yo6) birikmalarni bir fazali tabiatining kotsentratsiya sohasi aniqlangan;
ilk bor xMe2O(y-x)K2OySb2O32(2-y)WO3 ushbu (0≤x≤y, 1.0≤y≤1.5) diapazondagi strukturani 1123 K da 48 soat qizdirilganda yangi MexKy-xSbyW2-yo6 birikmalarni sintez qilish imkonini berishi ko‘rsatilgan;
ilk bor besh valentli surmaning murakkab oksidlari asosidagi birikmalarda ionlarni tashish mexanizmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Piroxlor tipidagi strukturaga ega bo‘lgan qattiq elektrolitlarni elektrofizik xarakteristikalarini va ularni tayyorlash usullarini hamda ulardagi ionlar tashish mexanizmlarini tadqiq qilishda olingan ilmiy natijalar asosida:
Piroxlor tipidagi struktura bilan qattiq fazali o‘zaro ta’sirida hosil bo‘lgan birikmalarning bir fazali tabiatining konsentratsiya sohasi aniqlandi, dastlabki aralashmalarga volfram oksidi ko‘rinishidagi geterovalent qo‘shimchaning kiritilishi piroxlorga izomorf bo‘lgan fazalarning mavjudligi chegaralarini kengaytirishi aniqlandi, o‘tkazilgan tadqiqotlar ushbu strukturaviy tip doirasida yangi MexKy-xSbyW2-yo6 (Me+-Li, Na) birikmalarini sintez qilish imkonini berdi, besh valentli surmaning murakkab oksidlari asosidagi birikmalarda ionlarni tashish mexanizmi ishlab chiqish «Foton» aksiyadorlik jamiyatida yonilg‘i elementlarining namunalari ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zeltexsanoat» aksiyadorlik kompaniyasining 2023 yil 7 avgustdagi 04-3/1015 son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish muqobil energiya manbalari (yonilg‘i elementlari) ishlab chiqarish imkonini bergan;
arkibiga K, Na va Li elementlari kiritilgan murakkab surma oksidlari asosidagi birikmalarni sintez qilish natijasida olingan strukturaning nomukammalligi bilan ularning ion o‘tkazuvchanlik va transport xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘liqligi Namangan muhandislik-qurilish institutida Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida 2017-2020-yillarda bajarilgan OT-F2-71 “O‘ta yuqori chastotali elektromagnit maydondagi deformatsiyalangan p-n o‘tish volt-amper xarakteristikasiga yorug‘likning ta’sirini tadqiq etish” (Loyiha rahbari M.G‘. Dadamirzaev) mavzusidagi fundamental loyihada besh valentli surmaning murakkab oksidlari asosidagi birikmalarda ionlarni tashish mexanizmi ishlab chiqilgan (Namangan muhandislik-qurilish institutining 2023 yil 17 avgustdagi 06/10-09/281 son ma’lumotnomasi). Bunda materiallarning ion o‘tkazuvchanligini aniqlash imkonini bergan.