Sharipov Mirzo Zokirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Spin-qayta orientatsiyalanuvchi fazaviy o‘tishlar sohasida nodir er ferrit-granatlarining domen strukturasi va magnitooptik xossalari», 01.04.09–Magnit hodisalar fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/FM68.
Ilmiy maslahatchi: Djuraev Davron Raxmonovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, DSc.30.05.2018.FM/T.65.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mukimov Komil Mukimovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik; Azamatov Zakirjan Taxirovich, fizika-matematika fanlari doktori; Ibragimova El`vira Memedovna, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nodir er ferrit-granatlarning magnit orientatsion fazaviy o‘tishlardagi domen strukturalarining o‘zgarish qonuniyatlarini aniqlash hamda domen strukturasining bu o‘zgarishlari bilan bog‘liq magnit materialning amaliy tavsiflari (domen chegaralarining harakatchanligi, magnit qabul qiluvchanlik, koersitiv kuch va h.k.) o‘zgarishini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tb0,2Y2,8Fe5O12 ferrit granati domen strukturasining engil magnitlanuvchanlik o‘qi yo‘nalishidagi spontan qayta orientatsiyalanishidagi evolyusiyasi ilk bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri vizual topilgan va fazaviy o‘tish yaqinidagi haroratda kristallning magnitooptik qabul qiluvchanligi tor keskin maksimumga ega ekanligi, koersitiv kuchning esa kamayishi aniqlangan;
Tb0,2Y2,8Fe5O12 ferrit granati domen strukturasining engil magnitlanish o‘qi spontan qayta orintatsiyalash harorati oralig‘ida qayta shakllanishini tavsiflovchi model` ishlab chiqilgan;
kubik simmetriyaga ega ferrimagnetiklarda ikki o‘qli mexanik kuchlanishlar ta’sirida hosil qilingan magnit orientatsion fazaviy o‘tish ilk bor aniqlangan;
nodir er ferrit-granatlarda mexanik kuchlanishlar hosil qilgan orientatsion fazaviy o‘tishning fenomenologik nazariyasi termodinamik potensial asosida rivojlantirilgan;
nodir er ferrit-granat domen strukturalarining magnit kompensatsiya haroratini o‘z ichiga oluvchi haroratlar sohasidagi domen strukturasi birinchi marta tajribada kuzatilgan hamda ayrim mavjud nazariyalarga zid o‘laroq tashqi magnit maydoni bo‘lmaganda kristall magnit kompensatsiya haroratida o‘z domen strukturasini saqlashi aniqlangan;
Tb3Fe5O12 ferrit granatida magnit kompensatsiya harorati yaqinida kristallning domen strukturasi texnik magnitlanuvchanlik jarayoniga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan va ferrimagnit kristallning magnit kompensatsiya haroratini o‘z ichiga oluvchi haroratlar sohasi uchun texnik magnitlanuvchanlik jarayonini tavsiflovchi model` ishlab chiqilgan;
nodir er ferrit-granat domen chegaralarining quyi chastotali ishorasi o‘zgaruvchan magnit maydonidagi dinamikasi magnit kompensatsiya harorati yaqinida ilk bor aniqlangan;
nodir er ferrit-granat domen chegaralarining quyi chastotali ishorasi o‘zgaruvchan magnit maydonidagi rezonansini tavsiflovchi fenomenologik nazariyasi magnit kompensatsiya harorati yaqinida rivojlantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nodir er ferrit-granatlarning spin-qayta orientatsiyalanuvchi fazaviy o‘tishlar sohasidagi domen strukturasi va magnitooptik xossalari aniqlsh asosida:
magnit kompensatsiya nuqtasi yaqinida terbiy-ferrit granat magnit fazaviy diagrammasi AAAA-A17-117021310366-5 raqamli «Fazovie perexodi, magnito- transportnie, magnitokaloricheskie i magnitoelektricheskie yavleniya v sil`nokorrelirovannix elektronnix sistemax» loyihada murakkab magnit tizimlarda magnit va tarkibiy fazaviy o‘tishlarni aniqlashda qo‘llanilgan (Rossiya Fanlar akademiyasi X.I. Amirxanov nomidagi fizika institutining 2018 yil 16 maydagi 17241/57-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijadan foydalanish magnit kompensatsiya nuqtasi yaqinida nodir er ferrit-granatlar magnit holatini tavsiflash imkoniyatini bergan;
kritik haroratlar yaqinidagi Faradey effektining haroratga bog‘liqligi va rivojlantirilgan fenomenologik nazariya RNF 14-22-00279 raqamli «Fundamental`nie poiskovie issledovaniya v oblasti magnetizma, fazovix prevrashheniy, magnitoelektroniki i mikrosistemnoy texniki» loyihada magnit va tarkibiy o‘tishlarni aniqlashda qo‘llanilgan (Rossiya Fanlar akademiyasi V.A.Kotel`nikov nomidagi radiotexnika va elektronika institutining 2018 yil 4 apreldagi 11210-2173-220-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish magnetiklarda spin-qayta orientatsiyalanuvchi fazaviy o‘tishlarni o‘rganish imkoniyatini bergan;
ishlab chiqilgan spin qayta orientatsiyalanish harorati soxasidagi Tb0.2Y2.8Fe5O12 ferrit-granat domen tuzilishining o‘zgarish modeli Ruzaev shinashunosli institutining o‘ta-o‘tkazuvchanlik va mashinasozlik sanoati laboratoriyasida konstruktiv elementlarning kuchlanishli holatini aniqlashda foydalanilgan (Ruzaev mashinasozlik institutining 2018 yil 10 apreldagi 20-01-722-son ma’lumotnomasi, Rossiya). Ilmiy natijadan foydalanish konstruktiv elementlar kuchlanishli holatini tahlil qilish imkoniyatini bergan;
magnit kompensatsiya haroratini o‘z ichiga oluvchi haroratlar sohasida olingan ferrimagnit kristall texnik magnitlanish jarayoni modeli F2-FA-0-83921/F2-FA-F0383 raqamli «Sil`no korrelyasionnie vzaimodeyst-viya v sverxprovodnikax i magnitnix materialax i ix kriticheskie parametri» (2012-2016) loyihada magnit materiallarni kritik parametrlarini hisoblashda qo‘llanilgan (Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 11 apreldagi 89-03-1371-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijadan foydalanish o‘ta-o‘tkazgichlarda kuchli korrelyasion o‘zaro ta’sirlarni hisoblash imkoniyatini yaratgan;
kubik ferrimagnetiklarda ikki o‘qli mexanik kuchlanish ta’siridagi magnit orientatsion fazaviy o‘tishlar OT-F2-64 raqamli «Fluktuatsionnie i parametricheskie yavleniya v kondensirovannix i nano-razmernix sistemax» (2017-2020) loyihada makroskopik tizimlarda erkin energiya ifodasini olishda qo‘llanilgan (Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 11 apreldagi 89-03-1371-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijadan foydalanish ishlash prinsipi magnit strukturalar domen konfiguratsiyalar o‘zgarishiga asoslangan, magnit mikroelektronika qurilma va jihozlarini ishlab chiqarishda qo‘llanilishi mumkinligi ko‘rsatilgan.