Berdialiev Baxtiyor Erkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Jamoat tartibiga qarshi jinoyatlarning kriminologik jihatlari va ularning oldini olishni takomillashtirish”, 12.00.15 “Kriminologiya (yuridik fanlar)” ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Yu1094.
Ilmiy rahbar: Otajonov Abrorjon Anvarovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01 qoshidagi Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Urazaliuev Murod Qorauevich, yuridik fanlar doktori, professor; Xo‘jaqulov Siyovush Baxtiyorivich, yuridik fanlar doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti. Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi jamoat tartibiga qarshi jinoyatlarning kriminologik jihatlari va ularning oldini olishda mavjud muammolarni aniqlash, shu sohaga oid nazariyani, amaliyotni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bugungi kunda “jamoat joyi” tushunchasiga aniq huquqiy ta’rif berilmaganligi sababli, jamoat joylar deganda – sutkaning har qanday vaqtida shaxslarning bo‘lishi, erkin harakatlanishi va to‘planishi mumkin bo‘lgan shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq kirish (chiqish) tartibga solingan obektlar - ko‘chalar, maydonlar, xiyobonlar, istirohat bog‘lari, stadionlar, ish joylari, barcha turdagi jamoat transportlari jamoat joylari hisoblanishi asoslab berilgan;
“Jamoat xavfsizligi” tushunchasiga qonun hujjatlarida aniq va yagona ta’rif berilmaganligi sababli, jamoat xavfsizligi deganda – shaxs, jamiyat va davlatning jinoyatchilik, boshqa huquqqa xilof harakatlar, favqulodda holatlar oqibatlari, ijtimoiy nizolar, tabiiy ofatlar, epidemiya, epizootiya, yirik halokatlar, avariyalar va yong‘inlardan himoyalanganlik holati tushunilishi lozimlgi hamda ushbu tushuncha huquqiy hujjatlarda aks etishi lozimligi asoslantirilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalari va ichki ishlar organlarining kuch va vositalaridan jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida joylashtirish zarurati sababli, ulardan kompleks foydalanish va boshqarish uchun “Jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlashga jalb etiladigan kuch va vositalarni joylashtirish, ulardan kompleks foydalanish va boshqarish rejasi” asosida amalga oshirish lozimligi asoslangan;
jinoyat va huquqbuzarliklar ko‘p sodir etilayotgan kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan hududlarda, fuqarolar ommaviy dam olish maskanlari, istirohat bog‘lari, tijorat bozorlari, fuqarolar gavjum bo‘ladigan joylar, jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar to‘planadigan va video-kuzatuv vositalari (kameralari) bilan ta’minlanmagan joylarda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish zarurati tufayli PPX va Milliy gvardiya bo‘linmalarining piyoda patrullik yoʻnalishlari tashkil etilishi lozimligi asoslantirilgan;
har bir yoʻnalish va postda tekshirilishi, naryadlarning alohida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan omillar, vazifalar va harakat qilish tartibi, vazifalari, qurilishi tugallanmagan binolar, tashlandiq va ovloq joylarni tekshirish, kafe, bar va restoranlar yopilishida mast holdagi mijozlar tomonidan janjallarning oldini olish maqsadida bu joylarda ma’lum muddatgacha to‘xtab turish, tungi vaqt faoliyat ko‘rsatuvchi bu turdagi maskanlarni qo‘riqlash xizmati bilan axborot almashib turishni aniq belgilab berilishi zarurati asoslab berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
jamoat joylari tushunchasi qonun hujjatlarida aniq ta’rif berilishi lozimligi borasidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining Ichki Ishlar vazirligining 2023-yil 20-fevraldagi “Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 77-sonli bo‘yrug‘i bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Nizomining 1-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligining 2023-yil 5-dekabrdagi 26/5-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi jamoat tartibiga qarshi jinoyatlarning oldini olishda jamoat joyi tushunchasini qonun hujjatlarida aniq belgilanishiga xizmat qilgan;
“Jamoat xavfsizligi” tushunchasiga qonun hujjatlarida aniq va yagona ta’rif berilishi zarurati borasidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining Ichki Ishlar vazirligining 2023-yil 20-fevraldagi “Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 77-sonli bo‘yrug‘i bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Nizomining 1-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligining 2023-yil 5-dekabrdagi 26/5-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi “Jamoat xavfsizligi” tushunchasini turli xilda talqin etilishini oldini olishga, shuningdek jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlarning oldini olishda ushbu tushunchasini qonun hujjatlarida aniq belgilanishiga huquqiy asos yaratgan;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalari va ichki ishlar organlarining kuch va vositalaridan jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida joylashtirish, ulardan kompleks foydalanish va boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan taklifi O‘zbekiston Respublikasining Ichki Ishlar vazirligining 2020-yil 22-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi faoliyatini amalga oshirish to‘g‘risida”gi 30-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalari va ichki ishlar organlarining kuch va vositalarini jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida joylashtirish, ulardan kompleks foydalanish va boshqarish tartibi to‘g‘risida”gi Yoʻriqnomaning 22-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligining 2023-yil 12-dekabrdagi 26/5-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi jamoat tartibiga qarshi jinoyatlarning oldini olishda subektlar faoliyatini takomillashtirish orqali samaradorlikka erishishga xizmat qilgan;
jinoyat va huquqbuzarliklar ko‘p sodir etilayotgan kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan hududlarda jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar to‘planadigan va video-kuzatuv vositalari (kameralari) bilan ta’minlanmagan joylarda tashkil etiladigan faoliyatni aniqlash bilan bog‘liq takliflardan O‘zbekiston Respublikasining Ichki Ishlar vazirligining 2020-yil 22-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi faoliyatini amalga oshirish to‘g‘risida”gi 30-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalari va ichki ishlar organlarining kuch va vositalarini jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida joylashtirish, ulardan kompleks foydalanish va boshqarish tartibi to‘g‘risida”gi Yoʻriqnomaning 12-bandini to‘ldirish uchun foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligining 2023-yil 12-dekabrdagi 26/5-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi jamoat tartibiga qarshi jinoyatlarning oldini olishdagi faoliyatni samaradorligini oshirishga huquqiy asos yaratgan;
jamoat tartibiga doir jinoyatchilikni oldini olishga oid ma’lumotlar yuzasidan axborot almashib turishi aniq belgilab berilishi bilan bog‘liq takliflardan O‘zbekiston Respublikasining Ichki Ishlar vazirligining 2020-yil 22-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi faoliyatini amalga oshirish to‘g‘risida”gi 30-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalari va ichki ishlar organlarining kuch va vositalarini jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida joylashtirish, ulardan kompleks foydalanish va boshqarish tartibi to‘g‘risida”gi Yoʻriqnomaning 12-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligining 2023-yil 10-dekabrdagi 26/5-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi axborot almashib turishi aniq belgilab berilishi orqali jamoat tartibiga doir jinoyatchilikni oldini olishga oid faoliyatni takomillashtirishga xizmat qilgan.