Mirsidikov Miraziz Azamalievchning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « Tinchlik davrida yurak jarohatlarining diagnostikasi va xirurgik davolashni takomillashtirish», 14.00.40 – Shoshilinch tibbiët (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1809.
Ilmiy rahbar: Xadjibaev Farxod Abduxakimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy ërdam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Kamal Saidakbarovich, tibbiyot fanlari doktori; Abduraxmanov Abdusalom Abdulazamovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘krak qafasi travmalarida yurak jarohatini tashxislash va davolash natijalarini davolash-tashxislash algoritmini takomillashtirish orqali yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘krak qafasining ochiq shikastlanishlarida yurak jarohati darajasini klinik namoyon bo‘lish xususiyatlarini baholash bilan jarohatning anatomik tuzilmasining o‘rni va ahamiyati asoslangan;
ko‘krak qafasining ochiq shikastlanishlarida yurak jarohatini shifoxonagacha bo‘lgan vaqtda bashoratlash koeffisientni matematik hisoblash asosida tashxislashning ehtimolli, shubhali va mutloq prediktorlari ishlab chiqilgan;
operatsiyadan keyingi konservativ terapiya chizmasini optimallashtirish bilan yurak jarohatida kardiospesifik troponin, kriatininfosfokinaza, alanintrasferaza fermentlarning marker faolligi isbotlangan;
kam invaziv texnologiyalarni kiritish bilan ko‘krak qafasi shikastlanishlari tashxislangan bemorlarda yurak jarohatini tashxislash va davolash taktikasining yangi algoritmining samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining 2024 yil 05 iyundagi №04/33 sonli hulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ko‘krak qafasining ochiq shikastlanishlarida yurak jarohati darajasini klinik namoyon bo‘lish xususiyatlarini baholash bilan jarohatning anatomik tuzilmasining o‘rni va ahamiyati asoslanganligi Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Xorazm viloyati filialining faoliyati bo‘yicha (29.01.2024 y.; №34/6) hamda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Surxondaryo viloyati filialining faoliyati bo‘yicha (31.01.2024 y.; №56/3) buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ko‘krak qafasining ochiq shikastlanishlarida yurak jarohati darajasini klinik namoyon bo‘lish xususiyatlarini baholash bilan jarohatning anatomik tuzilmasining o‘rni va ahamiyatini asoslash orqali etkazilgan jarohatlarning turi va xajmini aniqlash operatsiya davomida yurakning qorincha va bo‘lmachalariga etkazilgan jarohat va yo‘qotiladigan qonining xajmi orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ko‘krak qafasining ochiq shikastlanishlarida yurak jarohati darajasini klinik namoyon bo‘lish xususiyatlarini baholash bilan jarohatning anatomik tuzilmasini baholash materiallari asosida xastalikning asoratlarini oldini olish va o‘lim darajasini kamaytirish, bemorlarning shifoxonada qolish muddatini 2-3 kunga qisqartirilishi natijasida bir nafar bemor uchun byudjet mablag‘laridan kuniga 207000 ming so‘mga hamda tadbiq ko‘lamiga nisbatan esa (n=122) 25254000 iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: ko‘krak qafasining ochiq shikastlanishlarida yurak jarohati darajasini klinik namoyon bo‘lish xususiyatlarini baholash bilan jarohatning anatomik tuzilmasining o‘zgarishi hisobiga, operatsiya samardorligi hisobiga o‘rtacha bir nafar bemorga bir yotoq kuni uchun o‘rtacha 207000 so‘mni tashkil qilishi hamda umumiy tatbiq ko‘lami uchun 25254000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ko‘krak qafasining ochiq shikastlanishlarida yurak jarohatini shifoxonagacha bo‘lgan vaqtda bashoratlash koeffisientni matematik hisoblash asosida tashxislashning ehtimolli, shubhali va mutloq prediktorlari ishlab chiqilganligi Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Xorazm viloyati filialining faoliyati bo‘yicha (29.01.2024 y.; №34/6) hamda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Surxondaryo viloyati filialining faoliyati bo‘yicha (31.01.2024 y.; №56/3) buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ko‘krak qafasining ochiq shikastlanishlarida yurak jarohatini shifoxonagacha bo‘lgan vaqtda bashoratlash koeffisientni matematik hisoblash asosida tashxislashning ehtimolli, shubhali va mutloq prediktorlari ishlab chiqish orqali patsientlarning davolash taktikasini tanlash orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash tratibini ishlab chiqishga asos bo‘ilish va davolash taktikasini samaradorligini baholashga asos bo‘lgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ko‘krak qafasining ochiq shikastlanishlarida yurak jarohatini shifoxonagacha bo‘lgan vaqtda bashoratlash koeffisientni matematik hisoblash asosida tashxislashning ehtimolli, shubhali va mutloq prediktorlari ishlab chiqish natijasida bemorlarning shifoxonada qolish muddatini 2-3 kunga qisqartirilishi natijasida bir nafar bemor uchun byudjet mablag‘laridan kuniga 207000 ming so‘mga hamda tadbiq ko‘lamiga nisbatan esa (n=122) 25254000 iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: ko‘krak qafasining ochiq shikastlanishlarida yurak jarohati darajasini klinik namoyon bo‘lish xususiyatlarini baholash bilan jarohatning anatomik tuzilmasining o‘zgarishi hisobiga, operatsiya samardorligi hisobiga o‘rtacha bir nafar bemorga bir yotoq kuni uchun o‘rtacha 207000 so‘mni tashkil qilishi hamda umumiy tatbiq ko‘lami uchun 25254000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: operatsiyadan keyingi konservativ terapiya chizmasini optimallashtirish bilan yurak jarohatida kardiospesifik troponin, kriatininfosfokinaza, alanintrasferaza fermentlarning marker faolligi isbotlanganligi Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Xorazm viloyati filialda (29.01.2024 y.; №34/6) hamda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Surxondaryo viloyati filialida (31.01.2024 y.; №56/3) buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: operatsiyadan keyingi konservativ terapiya chizmasini optimallashtirish bilan yurak jarohatida kardiospesifik troponin, kriatininfosfokinaza, alanintrasferaza fermentlarning marker faolligi hisobiga miokard shikastlanishini oldini olish va antioksidant terapiyasi hisobiga fermentlarning faolligini pasaytirishga asos bo‘lganligi va davolash samaradorligi oshirish orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash tartibi asoslangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: operatsiyadan keyingi konservativ terapiya chizmasini optimallashtirish bilan yurak jarohatida kardiospesifik troponin, kriatininfosfokinaza, alanintrasferaza fermentlarning marker faolligi baholash orqali davlat byudjetidan 110000 ming so‘mni iqtisod qilish (n=122) umumiy 13420000 iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: operatsiyadan keyingi konservativ terapiya chizmasini optimallashtirish bilan yurak jarohatida kardiospesifik troponin, kriatininfosfokinaza, alanintrasferaza fermentlarning marker faolligini baholash hisobiga, bir nafar bemorga o‘rtacha 110000 so‘mni tashkil qilishi hamda umumiy tatbiq ko‘lami uchun 1342000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: kam invaziv texnologiyalarni kiritish bilan ko‘krak qafasi shikastlanishlari tashxislangan bemorlarda yurak jarohatini tashxislash va davolash taktikasining yangi algoritmining samaradorligi isbotlanganligi Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Xorazm viloyati filialida (29.01.2024 y.; №34/6) hamda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Surxondaryo viloyati filialida (31.01.2023 y.; №56/3) buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: kam invaziv texnologiyalarni kiritish bilan ko‘krak qafasi shikastlanishlari tashxislangan bemorlarda yurak jarohatini tashxislash va davolash taktikasining yangi algoritmining samaradorligi isbotlash orqali bemorlarning shifoxona bo‘lish vaqtini 3-4 kunga qisqartish orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkoni yaratilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: kam invaziv texnologiyalarni kiritish bilan ko‘krak qafasi shikastlanishlari tashxislangan bemorlarda yurak jarohatini tashxislash va davolash taktikasining yangi algoritmi tatbig‘i natijasi bemorlarning shifoxonada qolish muddatini 2-3 kunga qisqartirilishi natijasida bir nafar bemor uchun byudjet mablag‘laridan kuniga 207000 ming so‘mga hamda tadbiq ko‘lamiga nisbatan esa (n=122) 25254000 iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: kam invaziv texnologiyalarni kiritish bilan ko‘krak qafasi shikastlanishlari tashxislangan bemorlarda yurak jarohatini tashxislash va davolash taktikasining yangi algoritmining samaradorligi natijasida bemorga bir yotoq kuni uchun o‘rtacha 207000 so‘mni tashkil qilishi hamda umumiy tatbiq ko‘lami uchun 25254000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Tinchlik davrida yurak jarohatlarining diagnostikasi va xirurgik davolashni takomillashtirish» mavzusidagi dissertatsion tadqiqoti natijalarining amaliyotga joriy qilinganligi to‘g‘risida ilmiy yangilikni boshqa davolash-profilaktika muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining 2023 yil 05 sentyabrdagi 03-04/1806-sonli xati yuborilgan.