Raximov Okiljon Abduxalilovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kolorektal saratonida tashxislash va davolash taktikasini takomillashtirish» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Tib564.
Ilmiy rahbar: Tillyashayxov Mirzagaleb Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedaminov Shuxrat Karimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori; Gulyamov Olimjon Mirzaxidovich, tibbiyot fanlari doktori; Abduraxmanov Doniyor Komildjanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Radiologiya milliy tibbiy tadqiqot markazi”.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: videolaparoskopik aralashuvlar va tezlashtirilgan reabilitatsiya usullarini qo‘llash orqali kolorektal saratonda davo-taktikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kolorektal saratonda «tezlashtirilgan reabilitatsiya» bilan ochiq jarroxlik amaliyotga aralashuvlarga nisbatan videolaparoskopik aralashuvning presizionlik, kam shikastlanish va ablastik va antiblastik tartibining samaradorligi isbotlangan;
an’anaviy aralashuvlarda «tezlashtirilgan reabilitatsiya» protokoli ichakning motor-evakuator faoliyatini tiklash uchun analgetiklarni qabul qilish darajasini kamaytirish orqali kolorektal saratonni jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini ijobiy xususiyatlari isbotlangan;
videolaparoskopik aralashuv va «tezlashtirilgan reabilitatsiya» bilan ochiq jarroxlik aralashuvlarida kolorektal saratonda amaliyotdan keyingi erta asoratlarni kamaytirish natijasida erta faollashuvni yaxshilash va yotoq kunlarini qisqartirish tartibi isbotlangan;
laparoskopik kolo-kolo anastomozda tikish texnikasida mushak qatlamini qo‘shmagan holda uzluksiz sero-seroz choklarni qo‘llash orqali «it quloqlari»ni laparoskopik usulda bartaraf etish usuli takomillashtirilgan;
kolorektal saratonda jarrohlik yo‘li bilan davolash va «tezlashtirilgan reabilitatsiya» protokolidan foydalanish amaliyotdan keyingi davrda vizual og‘riq shkalasida og‘riq sindromining sezilarli darajada kamayishtirishda o‘rni va ahamiyati isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yildagi 25 iyun`dagi son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik kolorektal saratonda «tezlashtirilgan reabilitatsiya» bilan ochiq jarroxlik amaliyotga aralashuvlarga nisbatan videolaparoskopik aralashuvning presizionlik, kam shikastlanish va ablastik va antiblastik tartibining samaradorligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm filiali xirurgiya bo‘limida 2024 yilning 16 fevral` 74-I§2 sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyati filiali onkoxirurgiya bo‘limida 2024 yilning 19 fevral`dagi 76-a-f-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi taklif etilgan tashxislash birinchi marta kolorektal saratonda «tezlashtirilgan reabilitatsiya» qo‘llanilganda laparoskopik aralashuvlar yordamida presizionlik, kam shikastlanish, ablastik va antiblastik tartibining samaradorligi sababli tashxislash tartibi yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: birinchi marta kolorektal saratonda «tezlashtirilgan reabilitatsiya» qo‘llanilganda laparoskopik aralashuvlar yordamida presizionlik, kam shikastlanish, ablastik va antiblastik tartibining samaradorligi sababli orqali davlat byudjetidan sarf xarajatlarni 15,2%ga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: «tezlashtirilgan reabilitatsiya» qo‘llanilganda laparoskopik aralashuvlar yordamida presizionlik, kam shikastlanish, ablastik va antiblastik tartibining samaradorligi natijasida bemorlarning hayot sifatini oshirish darajasini baholashda 1 nafar bemor hisobiga 15,2%ga iqtisod qilish va shifoxonada bo‘lish vaqtini 2-3 kunga qisqartirish natijasida bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik an’anaviy aralashuvlarda «tezlashtirilgan reabilitatsiya» protokoli ichakning motor-evakuator faoliyatini tiklash uchun analgetiklarni qabul qilish darajasini kamaytirish orqali kolorektal saratonni jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini ijobiy xususiyatlari isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm filiali nur va kimyoterapiya bo‘limida 2024 yilning 16 fevraldagi 74-I§2 sonli buyrug‘i bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyati filiali nur va kimyoterapiya bo‘limida 2024 yilning 19 fevral`dagi 76-a-f-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha: an’anaviy aralashuvlarda «tezlashtirilgan reabilitatsiya» protokoli ichakning motor-evakuator faoliyatini tiklash uchun analgetiklarni qabul qilish darajasini kamaytirish orqali kolorektal saratonni jarrohlik yo‘li bilan samarali davolash  tartibini tatbiq etish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: «tezlashtirilgan reabilitatsiya» protokoli ichakning motor-evakuator faoliyatini tiklash uchun analgetiklarni qabul qilish darajasini kamaytirish orqali kolorektal saratonni jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini ijobiy o‘zgartirishi natijasida bdjetidan sarf xarajatlarni 9,4%ga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: an’anaviy aralashuvlarda «tezlashtirilgan reabilitatsiya» protokoli ichakning motor-evakuator faoliyatini tiklash uchun analgetiklarni qabul qilish darajasini kamaytirish orqali kolorektal saratonni jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini ijobiy tartibi uchun 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini bir kurs uchun 9,4%ga iqtisod qilish, shifoxonada bo‘lish vaqtini 1-2 kunga qisqartirish orqali bemorlarning hayot sifatini oshirish, mablag‘larni iqtisod qilishga erishilgan.
uchinchi ilmiy yangilik videolaparoskopik aralashuv va «tezlashtirilgan reabilitatsiya» bilan ochiq jarroxlik aralashuvlarida kolorektal saratonda amaliyotdan keyingi erta asoratlarni kamaytirish natijasida erta faollashuvni yaxshilash va yotoq kunlarini qisqartirish tartibi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm filiali nur va kimyoterapiya bo‘limida 2023 yilning 1 martdagi 69-I§2 sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyati filiali nur va kimyoterapiya bo‘limida 2023 yilning 1 martdagi 56-a-f-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha:videolaparoskopik aralashuv va «tezlashtirilgan reabilitatsiya» bilan ochiq jarroxlik aralashuvlarida kolorektal saratonda amaliyotdan keyingi erta asoratlarni kamaytirish natijasida erta faollashuvni yaxshilash va yotoq kunlarini qisqartirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kolorektal saratonda videolaparoskopik aralashuv va «tezlashtirilgan reabilitatsiya» bilan ochiq jarroxlik aralashuvlarida amaliyotdan keyingi erta asoratlarni kamaytirish natijasida, erta faollashuvni yaxshilash va yotoq kunlarini qisqartirish orqali byudjetidan sarf xarajatlarni 17,0%ga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: videolaparoskopik aralashuv va «tezlashtirilgan reabilitatsiya» bilan ochiq jarroxlik aralashuvlarida kolorektal saratonda amaliyotdan keyingi erta asoratlarni kamaytirish natijasida erta faollashuvni yaxshilash va yotoq kunlarini qisqartirish uchun 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini bir kurs uchun 17,0 %ga iqtisod qilish, shifoxonada bo‘lish vaqtini 2-3 kunga qisqartirish orqali bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan va mablag‘larni iqtisod qilishga erishilgan.
to‘rtinchi  ilmiy yangilik: laparoskopik kolo-kolo anastomozda tikish texnikasida mushak qatlamini qo‘shmagan holda uzluksiz sero-seroz choklarni qo‘llash orqali «it quloqlari»ni laparoskopik usulda bartaraf etish usuli takomillashtirilganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali nur va kimyoterapiya bo‘limida 2023 yilning 19 avgustdagi 23-I sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filiali nur va kimyoterapiya bo‘limida 2022 yilning 01 iyuldagi 41-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha:laparoskopik kolo-kolo anastomozda tikish texnikasida mushak qatlamini qo‘shmagan holda uzluksiz sero-seroz choklarni qo‘llash orqali «it quloqlari»ni laparoskopik usulda bartaraf etish usuli takomillashtirilganligi sababli bemorlar hayot sifatini yaxshilash ko‘rsatib o‘tilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: laparoskopik kolo-kolo anastomozda tikish texnikasida mushak qatlamini qo‘shmagan holda uzluksiz sero-seroz choklarni qo‘llash orqali «it quloqlari»ni laparoskopik usulda bartaraf etish usuli takomillashtirish orqali byudjetdan sarf xarajatlarni 10,0%ga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: laparoskopik kolo-kolo anastomozda tikish texnikasida mushak qatlamini qo‘shmagan holda uzluksiz sero-seroz choklarni qo‘llash orqali «it quloqlari»ni laparoskopik usulda bartaraf etish usuli takomillashtirish orqali 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini bir kurs uchun 10,0% iqtisod qilish, shifoxonada bo‘lish vaqtini 1-2 kunga qisqartirish orqali bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan.
beshinchi ilmiy yangilik: kolorektal saratonda jarrohlik yo‘li bilan davolash va «tezlashtirilgan reabilitatsiya» protokolidan foydalanish amaliyotdan keyingi davrda vizual og‘riq shkalasida og‘riq sindromining sezilarli darajada kamayishtirishda o‘rni va ahamiyati isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali nur va kimyoterapiya bo‘limida 2023 yilning 19 avgustdagi 23-I sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filiali nur va kimyoterapiya bo‘limida 2022 yilning 01 iyuldagi 41-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha:kolorektal saratonda jarrohlik yo‘li bilan davolash va «tezlashtirilgan reabilitatsiya» protokolidan foydalanish amaliyotdan keyingi davrda vizual og‘riq shkalasida og‘riq sindromining sezilarli darajada kamayishtirishi orqali bemorlar hayot sifatining yaxshilanishi, nogironlikning pasayishi, doimiy ravishda doriga muxtojlik, o‘zgalar parvarishiga muhtojlikni kamaytirgan va umr davomiyligining uzaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha:kolorektal saratonda jarrohlik yo‘li bilan davolash va «tezlashtirilgan reabilitatsiya» protokolidan foydalanish amaliyotdan keyingi davrda vizual og‘riq shkalasida og‘riq sindromining sezilarli darajada kamayishtirish orqali bemorlarning hayot sifatining yaxshilanishi va umr ko‘rish davomiyligini uzaytirish ko‘rsatib o‘tilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: kolorektal saratonda jarrohlik yo‘li bilan davolash va «tezlashtirilgan reabilitatsiya» protokolidan foydalanish amaliyotdan keyingi davrda vizual og‘riq shkalasida og‘riq sindromining sezilarli darajada kamayishtirishi orqali bdjetidan sarf xarajatlarni 7,5%ga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: kolorektal saratonda jarrohlik yo‘li bilan davolash va «tezlashtirilgan reabilitatsiya» protokolidan foydalanish amaliyotdan keyingi davrda vizual og‘riq shkalasida og‘riq sindromining sezilarli darajada kamayishtirish uchun 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 6,5%ga iqtisod qilish, shifoxonada bo‘lish vaqtini 1-2 kunga qisqartirish orqali bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan va mablag‘lar iqtisod qilishga erishilgan.
O.A.Raximovning «Kolorektal saratonida tashxislash va davolash taktikasini takomillashtirish» mavzusidagi dissertatsiya tadqiqotida olingan yuqoridagi 5 ta ilmiy yangilik boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2024-yildagi 19-iyundagi 02-03/388-son xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish