Isamitdinova Nilufar Shaxobovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoro viloyatining arid hududlarida revmatoid artrit bilan birga kechadigan autoimmun tireoiditning o‘ziga xos kechishi”, 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Tib3129.
Ilmiy maslahatchi: Aliaxunova Mavjuda Yusupovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Nurboev Farmon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Axmedov Xalmurad Sadullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: quruq issiq iqlim sharoitida autoimmun tireoidit bilan assotsirlangan revmatoid artrit kasalligining  klinik-laborator o‘zgarishlari, xavf omillari va davolash samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quruq issiq iqlim sharoitida revmatoid artritga chalingan bemorlarda autoimmun kasalliklarning uchrashi va birga qo‘shilib kelishi baholanib, natijada bunday bemorlarda autoimmun tireoiditning ko‘p tarqalganligi aniqlangan;
autoimmun tireoidit bilan assotsirlangan revmatoid artrit bemorlarda bo‘g‘im funksional faoliyatini baholovchi VASh, DAS-28 va SDAI indekslarining ortishi, shuningdek kasallik davomiyligining uzayishi, faollik darajasining ifodalanishi bilan qalqonsimon bez funksiyalarining pasayishi orasida korrelyasion bog‘liqliklar asoslangan;
Buxoro viloyatining ekologik sharoiti noqulay bo‘lgan hududlarning turli iqlimiy fizik ko‘rsatkichlari (o‘rtacha iqlim indeksi – Ko‘r, havo dag‘allik ko‘rsatkichi - S , iqlim o‘zgaruvchanlik indeksi - Ki va havo namligi – f) hamda kasallik faolligi (DAS28 va SDAI) va tireoid tahlillar dinamikasi o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklar mazkur kasallikning arid hududlarda og‘irroq kechishi va salbiy oqibatlarga olib kelishi aniqlangan;
autoimmun tireoidit bilan assotsirlangan revmatoid artritli bemorlarda bazis modifikasiyalovchi dori vositalariga nisbatan gen injeneriyasiga asoslangan davoning ikkala kasallik klinik-laborator tahlillarida ijobiy samara berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2024 yil 8  maydagi № 24-Z/021-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Soglikni saklash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2022 yil 4-iyuldagi 01-368 sonli xati yuborilgan):  
birinchi ilmiy yangilik: quruq issiq iqlim sharoitida revmatoid artritga chalingan bemorlarda autoimmun kasalliklarning uchrashi va birga qo‘shilib kelishi baholanib, natijada bunday bemorlarda autoimmun tireoiditning ko‘p tarqalganligi aniqlangan va G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasi hamda Buxoro tuman tibbiyot birlashmalarida  amaliyotga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash Vazirligining 2022 yil 27 iyuldagi 8n-r/393-son xulosasi)  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: quruq issiq iqlim sharoitida revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda boshqa autoimmun kasalliklarning yuqori chastotada assotsirlanishini inobatga olgan holatda kasallik og‘irlik darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan hamda maqsadli davolash usullarini qo‘llash hisobiga mehnatga layoqatsizlik kunlarini kamaytirishga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: revmatoid artritga chalingan bemorlarda tireoid statusni nazorat qilgan holda  autoimmun tireoidit kasalligini erta aniqlash, kasallikning kechish og‘irligiga yo‘naltirilgan maqsadli davolash usullarini qo‘llash orqali bemorlarda mehnatga layoqatsizlik kunlarining qisqarishi hamda kasalxonada statsionar davolanishga bo‘lgan ehtiyojning kamayishi hisobidan har 1 nafar bemor uchun byudjet hisobidan sarflanadigan xarajatlarni 1050000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda autoimmun tireoidit kasalligini erta tashxislash natijasida bemor uchun sarflanadigan ambulator va stasionar xarajatlardan har 1 nafar bemor uchun byudjet hisobidan  880000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa  980000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: autoimmun tireoidit bilan assotsirlangan revmatoid artrit bemorlarda bo‘g‘im funksional faoliyatini baholovchi VASh, DAS-28 va SDAI indekslarining ortishi, shuningdek kasallik davomiyligining uzayishi, faollik darajasining ifodalanishi bilan qalqonsimon bez funksiyalarining pasayishi orasida korrelyasion bog‘liqliklar asoslangan va G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasi hamda Buxoro tuman tibbiyot birlashmalarida  amaliyotga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash Vazirligining 2022 yil 27 iyuldagi 8n-r/393-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: autoimmun tireoidit  assotsirlangan revmatoid artritga chalingan bemorlar orasida kasallik uzoq davom etishi, yuqori faollik daraja va seropozitiv turdagi bemorlarda tireoid patologiyani kuchaytiruvchi xavf omillari nazoratga olinishi, bemorlarida tireoid gormonlar va antitireoid antitanalarning ko‘rsatkichlari, shuningdek, bemorlarning bo‘g‘im faoliyatini baholash indekslari (DAS-28 va SDAI) bilan taqqoslanib, ular orasida uzviy korrelyasion bog‘liqlik borligi aniqlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: revmatoid artritga chalingan bemorlar orasida autoimmun tireoiditni erta tashxislash va avj olishini oldini olish chora tadbirlarini takomillashtirish, shuningdek, bazis modifikasiyalovchi hamda gen injener biologik preparatlari bilan davolash orqali bemorlarda mehnatga layoqatsizlik kunlarining qisqarishi hamda kasalxonada statsionar davolanishga bo‘lgan ehtiyojning kamayishi hisobidan har 1 nafar bemor uchun byudjet hisobidan sarflanadigan xarajatlarni 1050000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda autoimmun tireoidit kasalligini erta tashxislash natijasida bemor uchun sarflanadigan ambulator va stasionar xarajatlardan har 1 nafar bemor uchun byudjet hisobidan  880000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa  980000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: Buxoro viloyatining ekologik sharoiti noqulay bo‘lgan hududlarning turli iqlimiy fizik ko‘rsatkichlari (o‘rtacha iqlim indeksi – Ko‘r, havo dag‘allik ko‘rsatkichi - S , iqlim o‘zgaruvchanlik indeksi - Ki va havo namligi – f) hamda kasallik faolligi (DAS28 va SDAI) va tireoid tahlillar dinamikasi o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklar mazkur kasallikning arid hududlarda og‘irroq kechishi va salbiy oqibatlarga olib kelishi aniqlangan va G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasi hamda Buxoro tuman tibbiyot birlashmalarida  amaliyotga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash Vazirligining 2022 yil 27 iyuldagi 8n-r/393-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: revmatoid artrit kasalligida autoimmun tireoiditni erta aniqlash va uni prognozlovchi klinik–laborator markerlarining ahamiyatini o‘rganish asosida keyinchalik rivojlanish ehtimolligi bo‘lgan asoratlarning oldini olish imkonini bergan va erta tashxisot natijasida nogironlik kuzatilishi mumkin bo‘lgan bemorlar sonini kamaytirishga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: autoimmun tireoidit assotsirlangan revmatoid artritda iqlimiy fizik ko‘rsatkichlari (Ko‘r, S, f va Ki ) ning bog‘liqligini o‘rganish mazkur omillar noqulay bo‘lgan hududlarda dispenser nazoratidagi revmatoid artritga chalingan bemorlarda tireoid statusni nazorat qilib qalqonsimon bez patologiyasini  erta aniqlash nogironlikni oldini olish natijasida  bemorlarning ambulator murojaatlarining va stasionar davo o‘rin kunlarining qisqarishi hisobidan har 1 nafar bemor uchun byudjetdan sarflanadigan xarajatlarni 1050000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: revmatoid artritga chalingan bemorlar orasida autoimmun tireoiditni erta aniqlash orqali 1 nafar bemor uchun bir yilda byudjet hisobidan 1050000 so‘m  iqtisodiy samaradorlikka erishish bilan birga 33% bemorlarda nogironlik kamayib, hayot sifati  darajasi oshgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: autoimmun tireoidit bilan assotsirlangan revmatoid artritli bemorlarda bazis modifikasiyalovchi dori vositalariga nisbatan gen injeneriyasiga asoslangan davoning ikkala kasallik klinik-laborator tahlillarida ijobiy samara berishi isbotlangan va G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasi hamda Buxoro tuman tibbiyot birlashmalarida  amaliyotga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash Vazirligining 2022 yil 27 iyuldagi 8n-r/393-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: autoimmun tireoidit assotsirlangan revmatoid artritda  davolash usullarini yanada takomillashtirish orqali bemorlar hayot sifatini yaxshilash, jiddiy asoratlar oldini olish va nogironlikni kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: revmatoid artritga chalingan bemorlar orasida autoimmun tireoiditni erta tashxislash va shu orqali bazis modifikasiyalovchi hamda gen injener biologik preparatlari orqali davolash bemorlarda mehnatga layoqatsizlik kunlarining qisqarishi hamda kasalxonada statsionar davolanishga bo‘lgan ehtiyojning kamayishi hisobidan har 1 nafar bemor uchun byudjetdan sarflanadigan xarajatlarni 1050000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.  Xulosa: revmatoid artritga chalingan bemorlar orasida autoimmun tireoiditni erta aniqlash orqali 1 nafar bemor uchun bir yilda byudjet hisobidan 1050000 so‘m  iqtisodiy samaradorlikka erishish bilan birga 33% bemorlarda nogironlik kamayib, hayot sifati  darajasi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish