Sharipova Zebo Bekmurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korxonalarning moliyaviy holatini baholash amaliyotini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt2223
Ilmiy rahbar: Elmurodov Shoxjaxon G‘ayrat o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, PhD.03/29.12.2022.I.133.02.
Rasmiy opponentlar: Toshmurodova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
II. Tadqiqotning maqsadi korxonalarning moliyaviy holatini baholash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korxonalarning iqtisodiy nochorlik holatiga tushishini oldini olish maqsadida ularning moliyaviy holatiga ta’sir etuvchi omillar ta’sir darajasining me’yoriy miqdorlari moliyaviy holatni sifatli baholashning “a’lo” [2 ≥ AAA ≥ 1,6], “juda yaxshi” [1,6 ≥ AA ≥ 1,2], “yaxshi” [1,2 ≥ A ≥ 0,8], “ijobiy” [0,8 ≥ BBB ≥ 0,4], “normal” [0,4 ≥ BB ≥ 0], “qoniqarli” [0 ≥ B ≥ -0,4], “qoniqarsiz” [-0,4 ≥ SSS ≥ -0,8], “salbiy” [-0,8 ≥ CC ≥ -1,2], “yomon” [-1,2 ≥ C ≥ -1,6], “kritik” [-1,6 ≥ D ≥ -2] shkalasi asosida belgilangan;
Jizzax don mahsulotlari korxonasi faoliyatini moliyaviy sog‘lomlik darajasining nisbiy barqarorlik modellari asosida baholashda diskriminatsiya diapazonlarining “distress” (0 ≤ D ≤ 1,23), “kulrang” (1,23 ≤ D ≤ 2,9), “xavfsiz” (2,9 ≤ D) zonalar chegarasini belgilash orqali xavf zonasi va bankrotlik ehtimoli asoslangan;
korxonalarning moliyaviy holatiga makroiqtisodiy o‘zgarishlarning ta’sir darajasini aniqlash uslubi risklarning barcha turlari va ularning manbalarini bashorat qilish uchun “xavflar xaritasi”ni belgilash asosida takomillashtirilgan;
korxonalarning moliyaviy holatiga makroiqtisodiy o‘zgarishlar ta’siri samaradorligini oshirishning 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Korxonalarning moliyaviy holatini baholash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
korxonalarning iqtisodiy nochorlik holatiga tushishini oldini olish maqsadida ularning moliyaviy holatiga ta’sir etuvchi omillar ta’sir darajasining me’yoriy miqdorlari moliyaviy holatni sifatli baholashning “a’lo” [2 ≥ AAA ≥ 1,6], “juda yaxshi” [1,6 ≥ AA ≥ 1,2], “yaxshi” [1,2 ≥ A ≥ 0,8], “ijobiy” [0,8 ≥ BBB ≥ 0,4], “normal” [0,4 ≥ BB ≥ 0], “qoniqarli” [0 ≥ B ≥ -0,4], “qoniqarsiz” [-0,4 ≥ SSS ≥ -0,8], “salbiy” [-0,8 ≥ CC ≥ -1,2], “yomon” [-1,2 ≥ C ≥ -1,6], “kritik” [-1,6 ≥ D ≥ -2] shkalasi asosida belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda “Jizzaxdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2023-yil 23-noyabrdagi 02/09-5-17/646-sonli, “Jizzaxdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining 2023 yil 26 oktyabrdagi 426-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonaning iqtisodiy nochor ahvolga kelib qolmasligini oldini olish bo‘yicha ogohlantirish tizimi yaratilgan;
Jizzax don mahsulotlari korxonasi faoliyatini moliyaviy sog‘lomlik darajasining nisbiy barqarorlik modellari asosida baholashda diskriminatsiya diapazonlarining “distress” (0 ≤ D ≤ 1,23), “kulrang” (1,23 ≤ D ≤ 2,9), “xavfsiz” (2,9 ≤ D) zonalar chegarasini belgilash orqali xavf zonasi va bankrotlik ehtimolini asoslash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda “Jizzaxdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2023-yil 23-noyabrdagi 02/09-5-17/646-sonli, “Jizzaxdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining 2023 yil 26 oktyabrdagi 426-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Jizzaxdonmahsulotlari” AJ da RSR va COI shkalasi moliyaviy tanglik holatining aniq mezoniga ko‘ra RSR koeffisienti 1,5 dan 0,5 COI koeffisienti ko‘rsatkichlari moliyaviy holati-sog‘lom; moliyaviy inqiroz ehtimoli prognozi-judayam past kategoriyasida ekanligi aniqlangan;
korxonalarning moliyaviy holatiga makroiqtisodiy o‘zgarishlarning ta’sir darajasini aniqlash uslubi risklarning barcha turlari va ularning manbalarini bashorat qilish uchun “xavflar xaritasi”ni belgilash asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda “Jizzaxdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2023-yil 23-noyabrdagi 02/09-5-17/646-sonli, “Jizzaxdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining 2023 yil 26 oktyabrdagi 426-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2018-2021 yillarda jami 279 ta biznes sub’ektlari Financial Leverage ko‘rsatkichi o‘rtacha 42,1 foizni takil etgan va uzoq muddatli investisiyalar va sof foydaning 1 foizga oshishi tadbirkorlik sub’ektlarining to‘lov qobiliyati ko‘rsatkichini mos ravishda 0,802 va 0,101 foizga oshirish ehtimolligini ko‘rsatgan, soliq yuki va qarz olish foiz stavkasining bir foizga oshishi korxonalar moliyaviy barqarorligini mos ravishda 0,296 va 0,400 foizga yomonlashishiga olib kelishini ko‘rsatgan;
korxonalarning moliyaviy holatiga makroiqtisodiy o‘zgarishlar ta’siri samaradorligini oshirishning 2028 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda “Jizzaxdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2023-yil 23-noyabrdagi 02/09-5-17/646-sonli, “Jizzaxdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining 2023 yil 26 oktyabrdagi 426-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida biznes faoliyatining boshqa sohalarida faoliyat olib borayotgan korxonalarning moliyaviy ko‘rsatkichlarini amaliyotga joriy etilishi uning menejmentiga korxonalarning nochor iqtisodiy ahvolini oldini olish bo‘yicha operativ qarorlar qabul qilish imkoni yaratilganligi asoslanib, korxonalarning moliyaviy holatini yaxshilash, ularga o‘zlarining faoliyatini kengaytirish imkonini bergan.