Ro‘ziev Yarash Bozorovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Noqardosh tillarda o‘zlashtirmalik va uning funksional-semantik xususiyati», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro'yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Fil463.
Ilmiy maslahatchi: Zikrillaev G‘ani Nasrullaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko'rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Malohat Muhammadovna, filologiya fanlari doktori, professor; Yaxshiev Ashur Abdievich, filologiya fanlari doktori, professor, Susanne Günthner, filologiya fanlari doktori, professor (Myunster universiteti, Germaniya).
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi noqardosh tillarda o‘zga nutq turlarining funksional-semantik xususiyatini aniqlash orqali ularning til va nutqdagi o'rnini, lisoniy, milliy-madaniy, sistem-struktur, pragmatik, kognitiv hamda kommunikologik tabiatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chog‘ishtirilayotgan tillardan nemis va o‘zbek tillariga o‘zlashtirmalikning sintaktik va morfologik turi ustivorligi, rus tilida esa o‘zlashtirmalikning faqat sintaktik turi mavjudligi bois morfologik o‘zlashtirmalik lug‘aviy vosita orqali namoyon bo‘lishi aniqlangan;
noqardosh tillardagi o‘zlashtirmalik hodisasining qiyosiy tahliliga asoslanib o‘zbek adabiy tili qurilishining bosh xususiyati tejamkorlik tamoyili bilan belgilanishi, mazkur hodisaning voqelanishi funksional-potensial va pragmatik, kontekstual va kommunikativ belgilar orqali shartlanganligi isbotlangan;
qiyoslanayotgan tillarda o‘zlashtirmalik shakllanishining leksik-semantik hamda mantiqiy-grammatik qatlamlari o‘zaro munosabati fikr yoki propozisiyaning kommunikativ markazi va konseptual-kognitiv manzarasini tasvirlashi, noqardosh tillarda o‘zga nutq turlarining asosini leksik-grammatik vositalar tashkil qilishi mikromatn yaxlitligi, mundarijaviy kogerentligini ta’minlashdagi ishtiroki muloqot vaziyati bilan shartlanganligi asoslangan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda mikromatnning kommunikativ yaxlitligi, tarkibiy qismlarining ketma-ket zanjirsimon aloqadan iborat ekanligi, har bir keyingi gap kommunikativ jihatdan o‘zidan oldingi gapga tayanib axborotni davom ettirgan holda tema-rematik zanjir hosil qilishi va mikromatn chegarasini belgilab kelishi dalillangan;
o‘zbek adabiy tilida o‘zlashtirmalik fe’l + -(i)bdi, -adi (-ydi), -gan, -gan ekan, -gan emish, -(a)r ekan, -(a)r emish, -(a)yotgan ekan, -(a)yotgan emish, -adigan (-digan) ekan, -adigan (-ydigan) emish, -moqchi ekan, -moqchi emish, -sin ekan, -sin emish kabi morfologik vositalar; nemis tilida esa sintaktik-analitik usullar (modal fe’llar, shart mayli shakllari kabi) ustivorligida ifodalanishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Noqardosh tillarda (nemis, rus va o‘zbek tillari) o‘zlashtirmalikning funksional-semantik xususiyatining voqelanishi tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
noqardosh tillardagi o‘zlashtirmalik hodisasining qiyosiy tahliliga asoslanib o‘zbek adabiy tili qurilishining bosh xususiyati tejamkorlik ekanligi, ularning yuqori funksional potensialga va pragmatik tabiatiga egaligi, kontekstual va kommunikativ shartlanganligiga oid nazariy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 29-noyabrdagi 464/1-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zlashtirmalik hodisasining funksional-semantik xususiyatlari aniqlanib uning amalda qo‘llanilish holatlarini umumlashtirishda hamda natijalaridan adabiyotshunoslik, qiyosiy adabiyotshunosllik, nazariy grammatika, stilistika, tarjimashunoslik, qiyosiy tipologiya fanlari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish, umumiy tilshunoslik, matn tilshunosligi va kognitiv tarjimashunoslik sohalarni yangi nazariy qarashlar bilan boyitishga erishildi;
chog‘ishtirilayotgan tillardan nemis va o‘zbek tillariga o‘zlashtirmalikning sintaktik va morfologik turi ustivorligi, rus tilida esa o‘zlashtirmalikning faqat sintaktik turi mavjudligi bois morfologik o‘zlashtirmalik lug‘aviy vosita orqali namoyon bo‘lishiga oid nazariy va amaliy materiallardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2016-2018 yillarda amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 25-yanvardagi 127/30.02.01- son maʼlumotnomasi). Natijada oliy ta’lim tizimida o‘qituvchi va talabalarning tilshunoslik, badiiy va lingvistik tarjimashunoslik borasidagi bilimlarini oshirish hamda ta’lim tizimi jarayonini mustahkamlash va xalqarolashtirish maqsadida yaratilgan uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishda yangi yondashuvlar sifatida tilning ruhiy-ijtimoiy hodisa ekanligi va o‘zbek tilining xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilgan;
qiyoslanayotgan tillarda o‘zlashtirmalik shakllanishining leksik-semantik hamda mantiqiy-grammatik qatlamlari o‘zaro munosabati fikr yoki propozisiyaning kommunikativ markazi va konseptual-kognitiv manzarasini tasvirlashiga doir nazariy va amaliy materiallardan Samarqand davlat chet tillar institutida I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 25-yanvardagi 128/30.02.01-son maʼlumotnomasi). Natijada o‘zlashtirmalikni ifodalovchi morfologik vositalarning mazmunini, aniqrog‘i lisoniy xususiyatining voqelanishi hamda bu xususiyatning matn ta’sirida o‘zgarishini gap va mikromatn doirasida ochib berish kabi tadqiqot xulosalaridan mutaxassislik fanlardan axborot-kommunikatsion texnologiyalari yordamida virtual resurslar yaratishda foydalanilpft;
chog‘ishtirilayotgan tillarda mikromatnning kommunikativ yaxlitligi, tarkibiy qismlarining ketma-ket zanjirsimon aloqadan iborat ekanligi, har bir keyingi gap kommunikativ jihatdan o‘zidan oldingi gapga tayanib axborotni davom etib tema-rematik zanjir hosil qilib mikromatn chegarasini belgilab kelishiga doir xulosalardan O‘zbekiston teleradiokanali DM tarkibidagi “Foreign language” telekanali Dialog ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 27-yanvardagi 02-05-134-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ilmiy-tadqiqot xulosalari teleko‘rsatuvning mazmunan mukammallashuvi, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi, ko‘rsatuvning ommabopligini ta’minlagan.