Sayidolimov Javoxirbek Baxtiyorjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Agiografik asarlarning badiiy xususiyatlari va g‘oyaviy-falsafiy talqinlar (“Qisasi Rabg‘uziy” va “Tarixi anbiyo va hukamo” asarlari misolida)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3355.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Habibulla Abdusalomovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Qobilova Zeboxon Bakirivna, filologiya fanlari doktori, professor; Abdullaeva Dildoraxon Zumratbekovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek adabiyotida yaratilgan agiografik manbalarni o‘rganish, mazkur turdagi asarlarning umumiy va farqli jihatlarini ko‘rsatish, hamda bu tipdagi adabiyot namunalarining janr va shakliy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mumtoz adabiyotning salmoqli qismini tashkil etgan agiografik asarlarning genezisi, atama atrofidagi nazariy qarashlar, mazkur asarlarning rivojlanish tarixini tekshirish keyinchalik, ijtimoiy-siyosiy hodisalar natijasida islomiy qadriyatlarning hududlari kengayishiga ham xizmat qilganligi, turli davrlarda yaratilgan asarlarda tafovutlar bilan birga mushtarak jihatlar ham mavjud bo‘lganligi, ular, eng avvalo, inson qadr-qimmati va sha’nini himoya qilish, ulug‘lash, ezgulikka targ‘ib qilish vositasiga ham aylanganligi aniqlangan;
jahon adabiyotshunosligida mazkur asarlar ko‘p hollarda makro (sof) va mikro agiografik asarlar sifatida e’tirof etilgan bo‘lsa, mumtoz adabiyotimizda yaratilgan mazkur turdagi asarlarni katta, o‘rta va kichik agiografik asarlar sifatida uch guruhga bo‘linishi, shakl, mazmun hamda kompozision jihatdan farqlanishi dalillangan;
turli hudud va ijtimoiy vaziyatlarda yuzaga kelgan agiografik asarlar dastlabki davrlarda diniy tushunchalarni katta hududlarga yoyishga xizmat qilganligi, ijtimoiy-siyosiy hayotga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatganligi, diniy tushunchalar inson qalbi va ongiga ta’sir o‘tkaza boshlaganligi, adabiyotning badiiy-estetik kuchi yordamida ma’naviy-ma’rifiy tarbiya vositasiga aylanganligi isbotlangan;
turkiy adabiyotda yaratilgan agiografik asarlarning dastlabki namunasi bo‘lgan “Qisasi Rabg‘uziy” diniy-ma’rifiy, tarixiy-badiiy, axloqiy-tarbiyaviy xususiyatlari bilan adabiyotimiz tarixida alohida o‘ringa ega ekanligi, asar kompozision qurilishida qissa, hikoyat, latifa, munojot, hikmat va boshqa qator adabiy janrlar va shakllarning dastlabki go‘zal namunalarining keltirilishi, xalq og‘zaki ijodiga xos xususiyatlari asarning ta’sirchanligini yanada oshirganligi, ijodkor tomonidan qissa hamda hikoyatlarni mahorat bilan yagona syujet atrofida birlashtirilganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. agiografik asarning badiiy xususiyatlari va g‘oyaviy-falsafiy talqinlar bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalaridan:
mumtoz adabiyotning salmoqli qismini tashkil etgan agiografik asarlarning genezisi, atama atrofidagi nazariy qarashlar, mazkur asarlarning rivojlanish tarixini tekshirish keyinchalik, ijtimoiy-siyosiy hodisalar natijasida islomiy qadriyatlarning hududlari kengayishiga ham xizmat qilganligi, turli davrlarda yaratilgan asarlarda tafovutlar bilan birga mushtarak jihatlar ham mavjud bo‘lganligi, ular, eng avvalo, inson qadr-qimmati va sha’nini himoya qilish, ulug‘lash, ezgulikka targ‘ib qilish vositasiga ham aylanganligiga oid natija va xulosalardan “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy-ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi” №OT–F-1-100 fundamental loyihasida foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2023-yil 30-iyundagi 01-2327-son ma’lumotnomasi). Natijada imkoniyati cheklangan yoshlarning sog‘lom estetik didini va badiiy ijodkorligini rivojlantirish hamda ma’naviy-axloqiy sifatlarni, insoniy tuyg‘ularni shakllantirishga erishilgan;
turkiy adabiyotda yaratilgan agiografik asarlarning dastlabki namunasi bo‘lgan “Qisasi Rabg‘uziy” diniy-ma’rifiy, tarixiy-badiiy, axloqiy-tarbiyaviy xususiyatlari bilan adabiyotimiz tarixida alohida o‘ringa ega ekanligi, asar kompozision qurilishida qissa, hikoyat, latifa, munojot, hikmat va boshqa qator adabiy janrlar va shakllarning dastlabki go‘zal namunalarining keltirilishi, xalq og‘zaki ijodiga xos xususiyatlari asarning ta’sirchanligini yanada oshirganligi, ijodkor tomonidan qissa hamda hikoyatlarni mahorat bilan yagona syujet atrofida birlashtirilganligi xususidagi xulosa va materiallaridan 2023-yilda Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining “Xayrli kun”, “Jondan aziz”, “Ma’naviyat sarchashmasi” ko‘rsatuvlari hamda “Yoshlar kundaligi” radioeshittirishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 12-iyundagi 01-02/126-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv hamda radioeshittirishlarda berilgan ilmiy natijalar tomoshabin va tinglovchilarning agiografik asarlar bo‘yicha bilimlarining oshishiga xizmat qilgan;
turli hudud va ijtimoiy vaziyatlarda yuzaga kelgan agiografik asarlar dastlabki davrlarda diniy tushunchalarni katta hududlarga yoyishga xizmat qilganligi, ijtimoiy-siyosiy hayotga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatganligi, diniy tushunchalar inson qalbi va ongiga ta’sir o‘tkaza boshlaganligi, adabiyotning badiiy-estetik kuchi yordamida ma’naviy-ma’rifiy tarbiya vositasiga aylanganligiga oid natija va xulosalardan 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona viloyat bo‘limi faoliyatida yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari uchun ma’ruzalar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining 2023-yil 12-iyundagi 02-22/385-son ma’lumotnomasi). Natijada chora-tadbirlar rejasi va targ‘ibot ma’ruzalari ilmiy asoslar, yoshlar ruhiyatiga oid tahliliy materiallar bilan boyitilgan.