Shirinov Maxsud Kuvandikovichnining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yukori lab va tanglay tug‘ma kemtigi mavjud bolalarda neyrostomatologik yordam kompleksini optimallashtirish”,14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga  olingan raqam: № B2021.3. PhD/Tib.2145.
Ilmiy rahbar: Po‘latova Barno Juraxonovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarkand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Yusupov Ruslan Dokkaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kubaev Aziz Saidolimovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Asfendiyarov nomli Kozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Kozog‘iston Respublikasi) .
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yukori lab va tanglay tug‘ma kemtigligi bulgan bemorlarda til xolatini lingval bar`er yordamida korreksiya kilib, davolash usulini ishlab chikish orkali neyrostomatologik yordamni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yuqori lab va tanglay tug‘ma  kemtikligi va nevrologik buzilishlarning o‘zaro bog‘liqlik diagnostik mohiyati aniqlandi, bu bolalarda analitik sintetik fikrlash qobiliyatining kuchsiz shakllanganligi bilan namoyon bo‘lgan va intelekt ko‘rsatkichining o‘rta darajadan pastligi aniqlangan;
yuqori lab va tanglay tug‘ma  kemtikligi bo‘lgan bemorlarda nevrologik buzilishlarni erta aniqlash hamda o‘z vaqtida davolash, komorbid buzilishlarni oldini olish imkonini berganligi asoslangan;
tilning patologik ta’siri va yuqori jag‘ning xarakterli deformatsiyasi o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtikligi bo‘lgan bemorlarda nutq jarayonida yuzning kompensatsiya elementlarini bartaraf etishda apparatlar yordamida tilning ortodontik korreksiyasining ahamiyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy kilinishi.
Samarkand davlat tibbiyot universiteti muvofiqlashtiruvchi Ekspertlar kengashining 2024 yil 26  apreldagi №04-x/28-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: yukori lab va tanglay tug‘ma  kemtikligi va nevrologik buzilishlarning o‘zaro bog‘liqlik diagnostik mohiyati aniqlandi. Bu bolalarda analitik sintetik fikrlash qobiliyatining kuchsiz shakllanganligi bilan namoyon bo‘ldi. Bunda intelekt ko‘rsatkichining o‘rta darajadan pastligi aniqlandi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtigi  va nevrologik kasalliklar  o‘rtasidagi diagnostik aloqani o‘rnatish, bolalarda analitik va sintetik aqliy faoliyatning yomon rivojlanishida, intellekt ko‘rsatkichlari o‘rta darajadan past bo‘lishida namoyon bo‘ldi, bu kasallikning patogenezini haqidagi tushunchani sezilarli darajada kengaytirdi hamda yangi kompleks davolash usulini ishlab chiqish uchun asos bo‘ldi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Yukori lab va tanglay tug‘ma kemtigi mavjud bolalarda neyrostomatologik yordam kompleksini optimallashtirish usuli bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (22.02.2022yildagi № 274-son buyruq) va Jizzax viloyat ixtisoslashtirilgan bolalar stomatologiya poliklinikasi (28.02.2022 yildagi № 11-K son buyruq) buyrug‘i bo‘yicha amaliy faoliyatga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: terapevtik va reabilitatsiya tadbirlarining davo kompleksiga kiritilishi davolanish vaqtini qisqartirishga, bolalarda yumshoq va qattiq tanglayning anatomik xamda funksional yaxlitligini tiklashga, ovqatlanish, nafas olish va bolaning nutqini barqaror tiklanishi, hayot sifatini yaxshilash, ijtimoiy hayotga erta reabilitatsiya, ijtimoiy moslashish, nogironlikni kamaytirish. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi Yukori lab va tanglay tug‘ma kemtigi va nevrologik buzilishlarning o‘zaro bog‘liqligini aniqlash natijasida bemorning davolash samaradorligini oshirishga qaratilgan chora tadbirlarni ishlab chiqarilishi natijasida 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun; bemorning shifoxonada qolish muddatini 9,2 kundan 5,3 kunga (4 kunga dori-darmon va oziq-ovqat) qisqartirib shifoxonada qolish to‘lov miqdori 276000 so‘m iqtisod qilindi. Demak bir nafar bemordan 276000 so‘m iqtisod qilinsa iqtisodiy ko‘rsatkich  22080000 so‘mni (80 nafar bemor uchun) tashkil etadi. Xulosa: Ushbu xolatda aytib o‘tilgan davolash taktikasining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini  276000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Yukori lab va tanglay tug‘ma kemtigi mavjud bolalarda neyrostomatologik yordam kompleksini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2022 yil 5-apreldagi 152-sonli xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: yukori lab va tanglay tug‘ma  kemtikligi bo‘lgan bemorlarda nevrologik buzilishlarni erta aniqlash hamda o‘z vaqtida davolash, komorbid buzilishlarni oldini olish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtikligi bilan og‘rigan bemorlarda asab tizimidagi funksional o‘zgarishlar to‘g‘risida olingan ma’lumotlar ko‘p bosqichli jarrohlik davolashni boshlashdan oldin ular orasida nevrologik asoratlarni rivojlanish xavfi yuqori bo‘lganlarni aniqlashga imkon berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Yukori lab va tanglay tug‘ma kemtigi mavjud bolalarda neyrostomatologik yordam kompleksini optimallashtirish usuli bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (22.02.2022yildagi № 274-son buyruq) va Jizzax viloyat ixtisoslashtirilgan bolalar stomatologiya poliklinikasi (28.02.2022 yildagi № 11-K son buyruq) buyrug‘i bo‘yicha amaliy faoliyatga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: davolash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xatolar sonini minimallashtiradi, an’anaviy jarrohlik usullariga xos bo‘lgan asoratlarni oldi olinadi, qo‘shimcha jarrohlik aralashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan stress va noqulayliklar bartaraf etiladi, asoratlarning chastotasini kamaytirish orqali davolashdan keyingi bemorlar reabilitatsiya davri qisqarib, faol ijtimoiy faoliyatiga qaytaradi, ushbu kasallikka chalingan bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: kasallikni keltirib chiqaruvchi omillarning aniqlanishiga ko‘ra 1 nafar bemor uchun sarflanadigan 930000so‘m iqtisod qilindi (ko‘p bosqichli jarrohlik amaliyotidan oldin bemorlarni ambulator davolash orqali). Xulosa: ushbu xolatning amaliyotga joriy qilinishi bir nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 930000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Yukori lab va tanglay tug‘ma kemtigi mavjud bolalarda neyrostomatologik yordam kompleksini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2022 yil 5-apreldagi 152-sonli xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik:  tilning patologik ta’siri va yuqori jag‘ning xarakterli deformatsiyasi o‘zaro bog‘liqligi aniqlandi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: til to‘sig‘idan foydalanish til va pastki jag‘ oldingi tishlar guruhini ajratishga yordam beradi, tilning uch qismini tanglay bilan kontakt qilish uchun sharoit yaratadi, bu til funksiyasini normallashtirishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Yukori lab va tanglay tug‘ma kemtigi mavjud bolalarda neyrostomatologik yordam kompleksini optimallashtirish usuli bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (22.02.2022yildagi № 274-son buyruq) va Jizzax viloyat ixtisoslashtirilgan bolalar stomatologiya poliklinikasi (28.02.2022 yildagi № 11-K son buyruq) buyrug‘i bo‘yicha amaliy faoliyatga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kasallikdan keyingi asoratlar rivojlanishining oldini olish choralarini belgilaydi, yuqori jag‘ ikkilamchi deformatsiyasini bartaraf etish usullarini optimallashtiradi, ushbu davolanishdan keyin bemorlarning hayot sifati yaxshilanib ijtimoiy muxitga moslashishini osonlashtirdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:  1 nafar bemor uchun ushbu keltirilgan tekshiruv amaliyoti bemorlarning davolanishdan keyingi kasalxonadan tashqari reabilitatsiyasi va davlolash xarajatlarining kuyidagicha iqtisod bulishiga olib keldi: maxsus massaj elementlari bilan shakllantirilgan olib qo‘yiladigan ortodontik kappa o‘rtacha narxi 700000 so‘m (yuqori jag‘ xarakterli deformatsiyasini oldini olish uchun) yuqori jag‘ni ortodontik davolash (olib qo‘yilmaydigan kengaytiruvchi apparat hamda Face mask) narxi o‘rtacha 30000000 so‘m. Xulosa: ushbu davolash usulining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga 2300000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Yukori lab va tanglay tug‘ma kemtigi mavjud bolalarda neyrostomatologik yordam kompleksini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2022 yil 5-apreldagi 152-sonli xat yuborilgan.
turtinchi ilmiy yangilik: yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtikligi bo‘lgan bemorlarda nutq jarayonida yuzning kompensatsiya elementlarini bartaraf etishda apparatlar yordamida tilning ortodontik korreksiyasining ahamiyati isbotlandi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtikligi bo‘lgan bemorlarda logoped mashg‘ulotlariga parallel ravishda tilning holati va funksiyasini apparat yordamida tuzatish nutqni normallashtirishga yordam beradi va kompensatsion artikulyasiyani yo‘q qiladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Yukori lab va tanglay tug‘ma kemtigi mavjud bolalarda neyrostomatologik yordam kompleksini optimallashtirish usuli bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (22.02.2022yildagi № 274-son buyruq) va Jizzax viloyat ixtisoslashtirilgan bolalar stomatologiya poliklinikasi (28.02.2022 yildagi № 11-K son buyruq) buyrug‘i bo‘yicha amaliy faoliyatga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: davo muolajalarini individual tanlab berish bemorlarda kuzatiladigan asoratlarni oldini  olishga va davo samarasini oshirish,  davolash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xatolar sonini minimallashtiradi, asoratlarning chastotasini kamaytirish orqali bemorlar davolashdan keyingi reabilitatsiya tez amalga oshadi, ushbu kasallikka chalingan bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi, tatbiq natijasida davolanish muddati qisqardi, an’anaviy jarrohlik usullariga xos bo‘lgan asoratlarni oldi olindi, qo‘shimcha jarrohlik aralashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan stress va noqulayliklar bartaraf etildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi 1 nafar bemorning tilning kompensator artikulyasiyasini (olib qo‘yilmaydigan lingual bar`er yordamida 1100000 so‘m )  bartaraf etish orqali reablitatsiya davrini o‘rtacha  1 yil 6 oy muddatga qisqartirish orqali 2800000 so‘m mablag‘ iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: taklif qilingan davo algoritmining amaliyotga joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga 2800000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Yukori lab va tanglay tug‘ma kemtigi mavjud bolalarda neyrostomatologik yordam kompleksini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2022 yil 5-apreldagi 152-sonli xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish