Sharipova Mo‘tabarjon Kamolovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Zamonaviy rus va o‘zbek tillarida abbreviaturalarning shakllanishi va funksiyalari (OAV materiallari asosida)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2319.
Ilmiy rahbar: Malinovskiy Evgeniy Andreevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Fayzulla Abdullaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Cho‘ponov Otanazar Otojonovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy rus va o‘zbek tillarida abbreviaturalarning shakllanishi va funksiyalarining ommaviy axborot vositalari materiallari asosida mushtarak va o‘ziga xosliklarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy rus va o‘zbek tillarida qisqartmalarning kompleks tasnifi asosida ularning yuqori funksional potensialga va o‘zining pragmatik tabiatiga egaligi, kontekstual va kommunikativ shartlanganligi, paradigmatik va sintagmatik aktuallashuvi semantika-sintaktika-pragmatika bo‘linmas uchligida namoyon bo‘lishi isbotlangan;
har ikkala tilda qisqartmalarning tasvir va talqin asosini kommunikativ, ekspressiv xususiyatlar tashkil qilishi hamda matn yaxlitligi, uning mantiqiy-mazmuniy izchilligini ta’minlashdagi ishtiroki muloqot vaziyati bilan shartlanganligi asoslangan;
rus va o‘zbek tillari fonetik, leksik, grammatik, grafik sathlarida hosil bo‘ladigan qisqartmalarning kontekstual, okkazional, emotsional xususiyatlari muloqot jarayonining paradigmatik (til sathi) va sintagmatik (nutq sathi) munosabati hosilasi ekanligi dalillangan;
qiyoslanayotgan tillar OAV materiallarida abbreviaturalar, akronimlar va qo‘shma so‘zlar siyosiy partiyalar, sanoat korxonalari, tibbiyot preparatlari, harbiy bo‘linmalar, qurol nomlari, turli vazirliklar, idoralar, oliy o‘quv yurtlari va boshqa ta’lim muassasalari nomlarini hosil qilishda produktiv leksik hodisa sifatida namoyon bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy rus va o‘zbek tillarida abbreviaturalarning shakllanishi va funksiyalarining O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari materiallari asosida aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
zamonaviy rus va o‘zbek tillarida qisqartmalarning kompleks tasnifi asosida ularning yuqori funksional potensialga va o‘zining pragmatik tabiatiga egaligi, kontekstual va kommunikativ shartlanganligi, paradigmatik va sintagmatik aktuallashuvi semantika-sintaktika-pragmatika bo‘linmas uchligida namoyon bo‘lishiga oid nazariy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-GOO3 “Zamonaviy qoraqalpoq tilida xizmat so‘zlarining shakllanishi” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 1-dekabrdagi 18.01/44-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek qisqartmalariga rus qisqartmalarini shakllantirish an’analari hamda ushbu qisqartmalar hozirgi kunda ham rus, ham o‘zbek tillarining umumiy so‘z zaxirasining ajralmas qismi ekanligi borasida xulosalar chiqarilgan;
har ikkala tilda qisqartmalarning tasvir va talqin asosini kommunikativ, ekspressiv xususiyatlar tashkil qilishi hamda matn yaxlitligi, uning mantiqiy-mazmuniy izchilligini ta’minlashdagi ishtiroki muloqot vaziyati bilan shartlanganligiga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2016-2018 yillarda amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+ CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy talim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli xorijiy loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 30-martdagi 828/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada abbreviaturalar, akronimlar va qo‘shma so‘zlar ommaviy axborot vositalari tomonidan qo‘llanillanganligi va ma’lum vaqt o‘tishi bilan lug‘atlarning mulkiga aylanib ketishi, umumiy foydalanish lug‘atini yangi qisqartmalar bilan doimiy ravishda to‘ldirish borasida fikrlar xulosalangan;
rus va o‘zbek tillari fonetik, leksik, grammatik, grafik sathlarida hosil bo‘ladigan qisqartmalarning kontekstual, okkazional, emotsional xususiyatlari muloqot jarayonining paradigmatik (til sathi) va sintagmatik (nutq sathi) munosabati hosilasi ekanligi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali”ning "Bedorlik", "Ta’lim va taraqqiyot", "Ijod zavki", "Millat va ma’naviyat" radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston Teleradiokamali”ning 2022-yil 21-fevraldagi 04-36-287-son ma’lumotnomasi). Natijada radio dasturlarida keltirilgan ushbu ilmiy natijalar tinglovchilarda o‘zbek va rus tillarida gazeta, jurnal, byulleten va boshqa davriy nashrlarda ishlatiladigan qisqartmalarning paydo bo‘lishi va shakllanishi xususiyatlarini o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirishda xizmat qilgan.