Karimov Yunus Tolib o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sug'oriladigan hududlarda sho‘rlanishni landshaftlarga ta’sirini GAT orqali baholash va kartalashtirish (Sirdaryo viloyati misolida)», 11.00.01-Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Gr264.
Ilmiy rahbar: Yarashev Quvondiq Safarovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Alimkulov Nusratilla Raxmonkulovich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Qo‘ziboeva Ozodxon Maxmudovna, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sirdaryo viloyatida sug‘oriladigan agrolandshaftlarda tuproqlarning sho‘rlanish jarayonlarini GAT qo‘llagan holda masofadan zondlash orqali baholash va kartalashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqlim o‘zgarishi sharoitida suv resurslarining miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini ko‘p yillik o‘zgarish dinamikasi hamda sug‘orishning tuproq sho‘rlanishiga ta’siri masofadan zondlash texnologiyalarini qo‘llagan holda baholangan va ulardan oqilona foydalanish hamda muhofaza qilishning yangi usullari aniqlangan;
dala ma’lumotlari, GAT va masofadan zondlash texnologiyalarini integratsiyalash asosida tuproqning agrofizik buzilishlari jarayonlariga xavfi bor sug‘oriladigan maydonlarning tuproq sho‘rlanish holatlari aniqlangan va Sirdaryo viloyati sug‘oriladigan erlarining tuproq sho‘rlanishi darajalarining vaqt va masofada o‘zgarish dinamikasi (viloyat va tumanlar kesimida) baholangan;
GAT va masofadan zondlash uslublarini qo‘llagan holda sug‘oriladigan agrolandshaftlar tuproqlarining sho‘rlanishini baholash usullari takomillashtirilgan hamda ko‘p yillik ma’lumotlar, Java Script dasturlash tili va sun’iy yo‘ldosh termografiyasi asosida viloyat sug‘oriladigan tuproqlarining sho‘rlanish kartalari yaratilgan;
NDVI profilini tahlil qilish hamda Java Script algoritmlari orqali sho‘rlangan maydonlarni aniqlashning paxta va bug‘doy ekiniga kalibratsiyalashgan usuli yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sug‘oriladigan hududlarda sho‘rlanishni landshaftlarga ta’sirini GAT orqali baholash va kartalashtirishga doir olib borilgan tadqiqotlar, ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
iqlim o‘zgarishi sharoitida suv resurslarining miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini ko‘p yillik o‘zgarishi dinamikasining sug‘oriladigan erlarni tuproq sho‘rlanishiga ta’siri GAT va masofadan zondlash texnikalaridan foydalanib baholash va ulardan oqilona foydalanish hamda muxofaza qilish usullari O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 13 martdagi 03/17-908-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, GAT va masofadan zondlash orqali agrolandshaftlardan oqilona foydalanishning zamonaviy usullarini qo‘llash imkon bergan;
masofaviy va birlamchi dala ma’lumotlariga zamonaviy GAT va masofadan zondlash texnikalarini integratsiyalash asosida tuproqning agrofizik buzilishlari jarayonlariga xavfi bor sug‘oriladigan maydonlarning tuproq sho‘rlanishi va ularning o‘zgarish dinamikasini baholashlaridan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 13 martdagi 03/17-908-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, GAT dan foydalanib tuproq o‘zgarishlari kartalari yaratishga imkon bergan;
GAT va masofadan zondlash uslub va modellarini qo‘llagan holda tuproqlar sho‘rlanishini baholash usullari qiyosiy tahlil qilishi hamda ko‘p yillik ma’lumotlar Java Script dasturlash tili, sun’iy yo‘ldosh termografiyasida viloyatni sug‘oriladigan tuproqlarini sho‘rlanish kartalaridan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 13 martdagi 03/17-908-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, GAT va masofadan zondlash texnikalariga integratsiyalash asosida yaratilgan metodologiya orqari aniqlangan tuproqlarning agroekologik buzilishi va sho‘rlanish jarayonlari dinamikasini kuzatish imkonini beruvchi usullarni viloyatda qo‘llash imkoniyati yaratilgan;
NDVI profilini tahlil qilish hamda Java Script algoritmlari orqali sho‘rlangan maydonlarni aniqlashning paxta va bug‘doy ekiniga kalibratsiyalashgan usuli O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 13 martdagi 03/17-908-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tuproqni agroekologik o‘zgarishi dinamikasini baholashga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish