Tugalov Boburjon Baxodir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Ustrushonaning qadimgi davr tarixi va madaniyati (qabrlarda o‘rganilgan manbalar asosida)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  2022.3. PhD/Tar.1198
Ilmiy rahbar: Toshboev Furqat Eshboevich Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
    Rasmiy opponentlar: Bo‘riev Achil, tarix fanlari nomzodi, professor; Xushvaqov Nabi Olimovich, tarix fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi  Ustrushonaning qadimgi davr tarixi va madaniyatini qabrlarda o‘rganilgan manbalar asosida ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Ustrushonaning O‘zbekiston hududida joylashgan qabr inshootlari Tojikiston hududidagi yodgorliklar bilan yagona konteksda o’rganilib, ulardagi arxeologik materiallar qiyosiy tahlil qilingan, natijada Ustrushona qabr inshootlarining vujudga kelishi, konstruksiyasi va moddiy manbalardagi bir-biriga o’xshash – o‘ra, katakomba va ayvonli lahad tipidagi qabr manbalari tarixga yo‘naltirilib,ularning Ustrushona tarixi va madaniyatida tutgan o‘rni ochib berilgan;
Ustrushonada o‘rganilgan tosh quti, o‘ra, katakomba, ayvonli lahad va yorma qabrlarning Evroosiyo dashtlaridan kirib kelgan qabilalarga mansubligi, jasadni yoqish, qabrga hayvon suyaklarini qo‘yish, mayitni g‘ujanak holda dafn etish, boshini shimol va janubga qaratib qo‘yish an’analari orqali aniqlanib, bularning barchasi bronza, ilk temir, antik va ilk o’rta asrlardagi migratsiyalar bilan bog‘liq ekanligi isbotlangan;
antik davrda Ustrushonaning shimoli-sharqidagi tog‘ daryolarining quyi vohalarida ko‘chmanchilarining yodgorliklari vujudga kelganligi, ilk o‘rta asrlarda mintaqaning dasht va tog‘ etaklarida chorvadorlar keng yoyila boshlashganligi, asta-sekin kirib kelgan aholi bilan mahalliy aholi o‘rtasida ayirboshlash va savdo-sotiq aloqalari mustahkamlanib, ijtimoiy iqtisodiy va madaniy hayotga katta ta’sir ko‘rsatganligi dafn marosimlari va moddiy ashyolar orqali ochib berilgan;
qabrlarda o‘rganilgan dafn buyumlari va marosimlardagi o‘zgarishlar orqali mil. avv. III asrdan Ustrushona sarmat, yuechji, xun va toxarlar migratsiyalarining oraliq markaziga aylanganligi, ilk o‘rta asrlarda bu jarayonlar yanada faollashib, uning tarixida qo‘shni mintaqalardagi kabi turlicha madaniy yangilik bosqichlarining namoyon bo‘lishi manbalarning Qovunchi madaniyati birinchi, ikkinchi va uchinchi bosqichlariga mos kelishi asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ustrushonaning qadimgi davr tarixi va madaniyati (qabrlarda o‘rganilgan manbalar asosida) bo‘yicha ishlab chiqilgan  ilmiy xulosalar va tavsiyalar asosida:
antik davrda Ustrushonaning shimoli-sharqidagi tog‘ daryolarining quyi vohalarida ko‘chmanchilarining yodgorliklari vujudga kelganligi, ilk o‘rta asrlarda mintaqaning dasht va tog‘ etaklarida chorvadorlar keng yoyila boshlashganligi, asta-sekin kirib kelgan aholi bilan mahalliy aholi o‘rtasida ayirboshlash va savdo-sotiq aloqalari mustahkamlanib, ijtimoiy iqtisodiy va madaniy hayotga katta ta’sir ko‘rsatganligi bilan bog‘liq materiallardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tashkil etilgan tadbirlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va marifat markazining 2024-yil 17-aprelda berilgan 01/11-517-son ma’lumotnoma). Natijada tadbir ishtirokchilarida yurtimizda kechgan murakkab taraqqiyot bosqichlari, xalqlar o’rtasidagi o’zaro aloqalar haqidagi bilimlarni boyitishga  xizmat qilgan;
qabrlarda o‘rganilgan dafn buyumlari va marosimlardagi o‘zgarishlar orqali mil. avv. III asrdan Ustrushona sarmat, yuechji, xun va toxarlar migratsiyalarining oraliq markaziga aylanganligi, ilk o‘rta asrlarda bu jarayonlar yanada faollashib, uning tarixida qo‘shni mintaqalardagi kabi turlicha madaniy yangilik bosqichlarining namoyon bo‘lishi manbalarning Qovunchi madaniyati birinchi, ikkinchi va uchinchi bosqichlariga mos kelishi aniqlangan. Ular orqali antik davrda Ustrushonaning shimoli-sharqidagi tog‘ daryolarining quyi vohalarida aholi yodgorliklari vujudga kelganligi, ilk o‘rta asrlarda mintaqaning dasht va tog‘ etaklarida chorvadorlar keng yoyila boshlashganligi ularning barchasi ijtimoiy iqtisodiy va madaniy hayotga katta ta’sir ko‘rsatganligi kabi ma’lumotlardan Jizzax viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024-yil 22-aprelda berilgan 04-05/1493-sonli ma’lumotnomasi). Natijada muzeyga tashrif buyuruvchilarda Qadimgi Ustrushona xalqlari tarixi va madaniyatiga oid bilimlarni oshirish va xalqimizning boy moddiy va ma’naviy merosiga hurmat tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qilgan.  
Ustrushonaning O‘zbekiston hududida joylashgan qabr inshootlari Tojikiston hududidagi yodgorliklar bilan yagona konteksda o’rganilib, ulardagi arxeologik materiallar qiyosiy tahlil qilingan, natijada Ustrushona qabr inshootlarining vujudga kelishi, konstruksiyasi va moddiy manbalardagi bir-biriga o’xshash – o‘ra, katakomba va ayvonli lahad tipidagi qabr manbalari tarixga yo‘naltirilib, ularning Ustrushona tarixi va madaniyatida tutgan o‘rni haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston tarixi telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston tarixi telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvining 2023-yil 16-iyunda berilgan 02-31-975-son ma’lumotnoma). Natijada teletomoshabinlar ko‘rsatuv orqali yurtimizda yashagan qadimgi aholi ma’naviy hayotidan guvohlik beruvchi dafn marosimlari haqida tasavvurga ega bo‘lishgan.
Ustrushonada o‘rganilgan tosh quti, o‘ra, katakomba, ayvonli lahad va yorma qabrlarning Evroosiyo dashtlaridan kirib kelgan qabilalarga mansubligi, jasadni yoqish, qabrga hayvon suyaklarini qo‘yish, mayitni g‘ujanak holda dafn etish, boshini shimol va janubga qaratib qo‘yish an’analari orqali aniqlanib, bularning barchasi bronza, ilk temir, antik va ilk o‘rta asrlardagi migratsiyalar bilan bog‘liq ekanligiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston tarixi telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston tarixi telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvining 2023-yil 16-iyunda berilgan 02-31-975-son ma’lumotnoma). Natijada ko‘rsatuvda yurtimizda yashagan qadimgi aholi ma’naviy hayotidan guvohlik beruvchi dafn marosimlari haqida ma’lumot berilishi fuqorolarimizda milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismi bo‘lgan, ajdodlar ruhiga hurmat tuyg‘ularini oshirish va Buyuk ajdodlarimizga munosib avlod bo‘lish hislarini kuchaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish