Zokirov Faxriddin Zohidjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Ekspluatatsiya qilinayotgan avtoyo‘l temirbeton ko‘priklarining yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirish usullarini takomillashtirish”, 05.09.02 – “Geotexnika” (Ko‘priklar, transport tonnellari va metropolitenlar) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T1769.
Ilmiy rahbar: Salixanov Saidxon Salixanovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Sharafitdin Sayfitdinovich, texnika fanlari doktori, professor; Axmedov Sherzod Baxodirovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Respublikamizdagi ekspluatatsiya qilinayotgan avtoyo‘l temirbeton ko‘priklarining yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekspluatatsiya qilinayotgan avtoyo‘l temirbeton ko‘prik inshootlarning yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirish usullari oraliq qurilma ishchi balandliklarini oshirish orqali takomillashtirilgan;
takomillashtirilgan usulning ishlash samaradorligini aniqlash uchun birgalikda ishlaydigan “bosh to‘sin – beton qatlami” konstruksiyasining kuchlanganlik – deformatsiyalanganlik holatini hisoblash uslubi turli sathlardagi kuchlanishlarni umumlashtirish asosida ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan “bosh to‘sin – beton qatlami” konstruksiyasining hisoblash uslubi orqali aniqlangan unifikatsiyalashgan oraliq qurilmalar ishchi balandliklarining ratsional qiymatlari ularning qoldiq resurslari qiymatlariga bog'liqligi asoslangan;
zamonaviy (purkaladigan) gidroizolyasion materiallarning beton va asfalt qatlamlari orasida himoya qatlamisiz ishlay olishi hisobiga “bosh to‘sin – beton qatlami” konstruksiyasining doimiy yuklar miqdori ortishiga salbiy ta’sir qilmasligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ekspluatatsiya qilinayotgan avtoyo‘l temirbeton ko‘priklarining yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirish usullarini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot ishi natijalari asosida:
yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirishning takomillashtirilgan usuli Avtomobil yo‘llari qomitasiga qarashli “Farg‘ona yo‘llardan muntazam foydalanish” unitar korxonasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024-yil 03-maydagi, 4/3651-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy sharoitlarni inobatga olgan holda inshootlarning ishchi balandligini oshirish hisobiga ularning yuk ko‘tarish qobiliyati 16-18% gacha ortishiga erishilgan;
Avtomobil yoʻllari qo‘mitasiga qarashli korxonalar tomonidan, eski me’yoriy hujjatlar bilan loyihalangan ko‘priklarning yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirish jarayonida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi “Toshkent Metropoliteni” Davlat unitar korxonasining 2024-yil 17-apreldagi, NZS/2-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, inshootlarda zamonaviy gidroizolyasion materiallari qo‘llash orqali ko‘prik va yo‘lo‘tkazgich konstruksiyalarini nam va agressiv muhit ta’siridan samarali himoyalashga erishilgan;
Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi 4K-872A avtomobil yo‘lining 8+00 km qismidagi Farg‘ona kanali ustidan o‘tgan ko‘prikni rekonstruksiya qilish jarayonida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024-yil 03-maydagi, 4/3651-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu takomillashtirilgan usul yordamida inshootlarning yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirish uchun sarflanayotgan mablag‘larni 10-13% gacha iqtisod qilishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish