O‘ralov Lazizbek Sayibnazar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Yangi tuzilishdagi ikki qatlamli g‘ovakli naqshli trikotaj to‘qimalarini ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish” 05.06.02- “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyosiga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3719   
Ilmiy rahbar: Xoliqov Qurbonali Madaminovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan to‘qimachilik sanoati
Instituti.
    IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01
    Rasmiy opponentlar: Jumaniyozov Qadam Jumaniyozovich, texnika fanlari doktori, professor; Xanxadjaeva Nilufar Raximovna, texnika fanlari doktori, professor.
    Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
    Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ikki aylana ignadonli trikotaj to‘quv mashinasining imkoniyatlaridan keng foydalanib, ikki qatlamli g‘ovakli naqshli trikotaj to‘qimalarni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Ikki aylana ignadonli trikotaj to‘quv mashinasida yigirilgan paxta hamda polester ipidan yangi assortimentdagi ikki qatlamli trikotaj to‘qimasini olish usuli  ishlab chiqilgan;
ikki aylana ignadonli trikotaj to‘quv mashinasida olingan ikki qatlamli g‘ovakli naqshli trikotaj to‘qimalarining havo o‘tkazuvchanlik xossasini ifodalovchi halqa qadami, halqa qator balandligi va hajmiy zichliklarini hisobga olib matematik modeli ishlab chiqilgan;
fizik-mexanik xususiyatlari hamda texnologik ko‘rsatgichlari yuqori bo‘lgan  yangi tuzilishdagi ikki qatlamli g‘ovakli naqshli trikotaj to‘qimalarini elementlarini o‘zgartirish hisobiga tuzilishi va ularni olish usuli ishlab chiqilgan;
ichki trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqishda xomashyo sarfini kamaytirish uchun ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini olish rapportlarni o‘zgartirish hisobiga yangi assortimentdagi to‘qima olish usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ikki qatlamli g‘ovakli naqshli trikotaj to‘qimalarini ishlab chiqarish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
Yangi tuzilishdagi ikki qatlamli g‘ovakli naqshli trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasini “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufidagi “Degrez teks LTD“, “Porloq chust brendi” va “SEDAT TRIKO TAShKENT”  MChJ korxonalarida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachilik sanoati” uyushmasining 03.05.2024 yil №03/25-930 ma’lumotnomasi). Natijada, trikotaj to‘qimasining elementlari tarkibini o‘zgartirish hisobiga hajmiy zichlik ko‘rsatkichini asos to‘qimasiga nisbatan 14% dan 39% gacha kamaytirishga erishilgan hamda 1 tonna mahsulot ishlab chiqarish uchun iqtisodiy samaradorlik 11 052 505 (O‘n bir million ellik ikki ming besh yuz besh) so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish