Nurmatov Panji Abdimurotovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Suv chiqarish inshootlari b`eflar tutashishiga energiya so‘ndirgichlar ta’sirini baholash”, 05.09.07-“Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3779.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Bazarov Dilshod Rayimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.04/30.04.2021.T.111.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Maxmudov Ernazar Jumaevich; texnika fanlari doktori, dotsent Raxmatov Norqobul.
Yetakchi tashkilot–Toshkent arxitektura qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi suv chiqarish inshootlari b`eflar tutashishiga energiya so‘ndirgichlarning ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
konusli zatvorlar bilan jihozlangan suv chiqarish inshootlaridagi suv oqimi dinamikasini zatvorlarning ochilish darajasi, suv sarfi koeffisienti qiymatlarini inobatga olgan holda baholash uslubiyati takomillashtirilgan;
suv chiqarish inshootlarida konusli zatvorlarning ochilish darajasini rostlash asosida oqim energiyasini so‘ndirish miqdor jihatdan qiyosiy baholangan;
suv chiqarish inshootlarida konusli zatvorlarning ochilish burchagini manyovrlash orqali mahalliy yuvilishlarni oldini olish usuli bilan takomillashtirilgan;
suv chiqarish inshootlarida oqimning gidravlik parametrlarini inobatga olib konstruksiyali energiya so‘ndirgichlarning old qarshilik koeffisientini hisoblash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Konusli zatvorli suv chiqarish inshootlari b`eflar tutashishida energiya so‘ndirgichlarning ta’sirini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
konusli zatvorlar bilan jihozlangan suv chiqarish inshootlarida energiya so‘ndirgichlarni joylashtirish sxemalari va konstruktiv echimlarini inobatga olib, oqim dinamikasini baholash usuli “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli To‘polang suv omborida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 8 maydagi 03/37-1377-sonli ma’lumotnomasi). Natijada To‘polang suv ombori pastki b`efi mustahkamlash sohasini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
konusli zatvorlar bilan jihozlangan suv chiqarish inshootlarida optimal energiya so‘ndirgichlarni joylashtirish “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli To‘polang suv omborida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 8 maydagi 03/37-1377-sonli ma’lumotnomasi). Natijada To‘polang suv ombori mahalliy yuvilishlarni bashorat qilish imkoniyati yaratilgan;
suv chiqarish inshootlarida oqimning gidravlik rejimini inobatga olib, turli konstruksiyali energiya so‘ndirgichlarning old qarshilik koeffisientini hisoblash usuli “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli To‘polang suv omborida joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 8 maydagi 03/37-1377-sonli ma’lumotnomasi). Natijada so‘ndirish kamerasida va pastki b`efda yuvilishlarni oldini olish imkoniyati yaratilgan.