Ravshanov Golibjon Xamrakulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Atletik gimnastika vositalari orqali chaqiriqgacha yoshlarning jismoniy tayyorgarligi”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped841.
Ilmiy rahbar: Raximov Vladimir Shavkatovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Ishtaev Dilshod Ravshanbekovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tayyorgarlik bosqichida 16-18 yoshli chaqiriqqacha yoshdagi o‘quvchilarning harakat tayyorgarligini takomillashtirish uchun atletik gimnastika vositalarini oqilona taqsimlash asosida jismoniy tayyorgarligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
murakkab texnik harakatlarni bajarishda 16-18 yoshli o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishga yo‘naltirilgan uslubiyat asosida ishlab chiqilgan mashqlar majmuasi orqali qo‘llarda tik turib oldinga umboloq oshish, uzunasiga qo‘yilgan “gimnastik ot” da oyoqlarni kerib sakrash va arqonga tirmashib chiqish mashqlarini bajarish samaradorligi oshirilgan;
chaqiriqgacha yoshdagi o‘quvchilarning individual jismoniy va harakat tayyorgarligi bosqichida bazaviy jismoniy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan atletik gimnastika vositalari orqali mashqlar majmuasi uskuna, erkin vaznlar va o‘z vaznida bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar o‘quvchilarning individual jismoniy va harakat tayyorgarligi darajasini oshirish imkoniyati kengaytirilgan;
chaqiriqgacha yoshdagi o‘quvchilarning (ko‘prik hosil qilish, oldinga va orqaga umboloq oshish, uzunasiga qo‘yilgan “gimnastik ot” da oyoqlarni kerib sakrash, qaldirg‘och turish va o‘zlashtirilgan mashqlardan kombinatsiyalarini) bajarish uslubiyatlari bilan ta’lim muassasalarida asosiy gimnastika vositalarini ketma-ket taqsimlash va mashg‘ulot soati hajmini oshirish orqali takomillashtirilgan;
gimnastika test me’yorlarini bajarishda harakat tayyorgarligini oshirish imkonini beruvchi jismoniy harakat tayyorgarligining yangi model (mashqlar hajmi va intensivligi) tuzulmasi maktab yuqori sinf o‘quvchilarini harakat tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha maxsus tanlangan bruss va gimnastika to‘shagida bajariladigan yuqori murakkablikdagi o‘zlashtirilgan mashqlar kombinatsiya majmuasini (qo‘llarga tayanib tebranish, orqaga tebranib tayanishga ko‘tarilish, oldinga tebranib oyoqlarni kerib o‘tirish, tebranib chapga (o‘nga) qo‘nish, shuningdek yugurib kelib gimnastik ko‘prikdan ikki oyoqda depsinib to‘shak ustiga umboloq oshish) o‘quv jarayoniga kiritish hisobiga takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 16-18 yoshli o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar asosida:
atletik gimnastika vositalarining ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati ulkan ekanligi hamda o‘quvchilar jismoniy tayyorgarligiga yuqori samarali ta’siri, o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda kuzatildi, ishlab chiqilgan uslubiyat sport mashg‘ulotlari mazmuniga singdirilgan, (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022-yil 29-apreldagi 06-13/1334-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘spirinlarning jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari 15%ga va harakat tayyorgarligi 16,5%ga oshgan;
chaqiriqgacha yoshdagi o‘quvchilarning individual jismoniy va harakat tayyorgarligi jismoniy tarbiya darslarida rivojlantirish gimnastika jihozlarida bajarilgan mashqlarning optimal parametrlari dars mashg‘ulotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining 2022-yil 29-apreldagi 06 - 13/1334-son ma’lumotnomasi). Natijada testlarni topshirish ko‘rsatkichlari turnikda tortilish mashqida 11,8%ga, arqonga tirmashib chiqishda 14,9%ga, tayanib yotib qo‘llarni bukib yozish mashqida 14,8%ga oshgan;
gimnastika bo‘yicha murakkab-koordinatsion elementlarni bajarishdagi ko‘nikma va malakalarini amaliy mashg‘ulotlarda tashkil etish hamda gimnastika harakatlarini o‘zlashtirish bo‘yicha mashg‘ulot soati hajmini oshirish orqali atletik gimnastika mashg‘ulotlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining 2022-yil 29-apreldagi 06-13/1334-son ma’lumotnomasi). Natijada “Qo‘llarda tik turib, shu holatdan oldinga umbaloq oshish” mashqida ko‘rsatgichlar 20%ga, “O‘zlashtirilgan mashqlardan kombinatsiya” majmuasini bajarishda 17,5%ga, “Qo‘llarga tayanib tebranish, orqaga tebranib tayanishga ko‘tarilish, oldinga tebranib oyoqlarni kerib o‘tirish, tebranib chapga (o‘nga) tushish (bruss)” mashqida 18,2%ga oshgan;
atletik gimnastika vositalaridan foydalanish ijtimoiy voqelik, pedagogik amaliyot va nazariyaning rivojiga ta’sir qiladi. Keng omma orasida paydo bo‘lib, rivojlanyotgan xalq pedagogikasining eng yaxshi yutuqlarini samarali qo‘llash imkonini beradi, xalq pedagogikasi g‘oyalariga asoslangan tafakkur, tarbiyaviy ishlar muvaffaqiyatni ta’minlash uchun asos bo‘ladi (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 17-martdagi №106-son buyrug‘i asosida 106-023 raqamli guvohnoma).