Pulatov Sirojiddin Nuritdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “18-19 yoshdagi futbolchilarning harakat faolligini nazorat qilish asosida ularning maxsus chidamliligini takomillashtirish uslubiyati”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi  (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2635.
Ilmiy rahbar: Artikov Askar Akbarovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Kochkarov Atabek Axmatvaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Talipdjanov Asqar Imamjanovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 18-19 yoshli futbolchilarning harakat faolligini nazorat qilish asosida ularda maxsus chidamlilik darajasini baholash va uni takomillashtirish dasturlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nafas olish va funksional holatini innovatsion vositalari orqali hamda infarmatsion tahlili ko‘rsatkichlarini korreksiyalash hisobiga turli ampluadagi
18-19 yoshdagi futbolchilarning maxsus chidamlilik darajasini aniqlash imkoniyatlari kengaytirilgan;
standart yuklamaga reaksiyani oshirishga qaratilgan maxsus mashqlar (ixtisoslashgan va ixtisoslashmagan) amplualar bo‘yicha taqsimlash orqali
18-19 yoshdagi futbolchilarda tayyorgarlik davri mikrotsikllarida qayta tiklanish holati barqarorligini ta’minlash imkoniyatlari oshirilgan;
tiklanish mashqlarini shiddat zonalari xususiyatlari asosida tatbiq etish orqali
18-19 yoshdagi futbolchilarning texnik-taktik faolligini ta’minlovchi chidamlilik, kuch va tezkor kuch qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan yuklamalarni qo‘llash uslubiyati xaddan tashqari va uzoq muddatli zo‘riqishni kamaytirish hisobiga takomillashtirilgan;
18-19 yoshdagi futbolchilarning o‘quv mashg‘ulot jarayonida chidamlilikka yo‘naltirilgan mashqlar kompleksidan ustuvor foydalanish asosida, vositalarning ta’sir etish darajalariga ko‘ra aerob, aralash, anaerob–glikolitik, anaerob–alaktat rejimidagi mashg‘ulotlarni turli variantlarda qo‘llash orqali yuklamalarning hajm va me’yorlari optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 18-19 yoshdagi futbolchilarning harakat faolligini nazorat qilish asosida ularning maxsus chidamliligini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
yillik tayyorgarlik siklida futbolchilarning maxsus chidamlilik darajasini takomillashtirishga qaratilgan mashg‘ulot yuklamalari dasturlarining optimal variantlarini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar “Yillik tayyorgarlikda 18-19 yoshli futbolchilar uchun jismoniy sifatlarni rivojlantirish bo‘yicha yuklamalar taqsimlanishi” nomli dastur mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 23-maydagi 04-01/04/20/5037-son ma’lumotnomasi). Natijada maxsus chidamlilik va tiklanishlik test ko‘rsatkichlari 15,1% ga yaxshilangan;
18-19 yoshli futbolchilarning o‘yin vaqti va mashg‘ulotlar davomidagi 5 ta tezlik zonasi hamda 5 ta shiddat zonasida faol harakatlanishlari to‘g‘risida yangi daliliy ma’lumotlar olingan, bu maxsus chidamlilik darajasini baholash va nazorat qilish uslubiyati O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil qilishda tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 23-maydagi 04-01/04/20/5037-son ma’lumotnomasi). Natijada, tajriba guruhi futbolchilarni faol harakatlanish ko‘rsatkichlari 4,1% ga, tezlik zonasida 4,3% ga, tezlanishlar soni 28,1% ga, o‘yin usullarini bajarish samaradorligi 20,6% ga yaxshilangan;
innovatsion kompyuter texnologiyalardan foydalangan holda 18-19 yoshli futbolchilar maxsus chidamlilik darajasini pedagogik, tibbiy-biologik nazorat qilish metodlaridan foydalanish, o‘quv-mashg‘ulot jarayonini optimallashtirish va ishlab chiqish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil qilishda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 23-maydagi 04-01/04/20/5037-son ma’lumotnomasi). Natijada tajriba guruhi futbolchilari KMO‘ darajasi 11,3% ga, AAB 13,4 % ga oshirishga imkon bergan;
tayyorgarlik davrida koordinatsion qobiliyatlar, egiluvchanlik va umumiy chidamlilikni rivojlantirishga qaratilgan haftalik siklida olib borilgan mashg‘ulot yuklamalarining hajmi va yo‘nalishini takomillashtirish va optimallashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil qilishda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 23-maydagi 04-01/04/20/5037-son ma’lumotnomasi). Natijada tajriba guruhi futbolchilarini harakat faoliyatlarini tezlanishi va maydondagi harakatlari samaradorligi umumiy 14,2% ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish