Ziyatov Muxammad Namazovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiya mashg‘ulatlari asosida egiluvchanlik sifatlarini rivojlantirishni optimallashtirish texnalogiyalari”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2022.
Ilmiy rahbar: Haydarov Baxtiyor Tojievish, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratulla Inoyatovich, biologiya fanlari doktori, professor; Xurramov Jasur Kuylievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi differensial statik-stretching maxsus jismoniy mashqlar vositalari yordamida maktabgacha yoshdagi bolalarning egiluvchanlik sifatini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
6-7 yosh bolalarning egiluvchanlik sifatlarini oshirish uchun yoshga mos izoton egiluvchanlikni shakllantirishga qaratilgan konsentratsiyali (harakat va diqqat), differensial (farqli uslub), autorefleks (o‘z-o‘ziga refleks ta’sir qilish) maxsus jismoniy mashqlarini kiritish hisobiga gavda tuzilishini maqsadli rivojlantirish imkoniyati oshirilgan;
maktabgacha yosh bolalarning morfologik rivojlanganlik darajasidan kelib chiqib, “sektion” (bo‘limlarga ajratib) yondashuv orqali mushaklar egiluvchanligi bir paytda bajartirilganda mayda motorikani rivojlantiruvchi ritmorlastik mashqlarda ritm va rlastika bir xil ritmda bajartirish natijasida “bolalar stretching” (egiluvchanlik dasturi) mashg‘ulotlari individullashtirilgan;
6-7 yosh bolalar organizmining morfofunksional va adartiv (moslashish) “manirulyasion” ta’siri doirasida umurtqa rog‘onasi mushak egiluvchanligini (uyg‘un rivojlanishi uchun) regressiv (teng) rivojlantirishga qaratilgan “flexibility kids” nomli (maxsus usul) bolalar sheyringini ishlab chiqish bilan “warmering” (mushak qizdirish) diagnostikasi takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni suyak mustahkamligini oshirish uchun “Strong bone” mashqlar orasida yoshga mos bo‘g‘im harakatchanligi darajasiga ko‘ra yo‘nalishli-ko‘makchi “Bolalar atletik gimnastikasi” (tayanch-harakat tizmini stimullovchi) mashqlarida oyoq va qo‘llar harakati bir xil rivojlantiruvchi asinxron va atsiklik (o‘ng va chap tomon mutanosibligi) yo‘nalishini qo‘llagan holda egiluvchanlik sifatini oshirish imkoniyati kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni egiluvchanlik sifatlarini oshirish vositalari va uslublarini takomillashtirish vositalari va dasturi amalda joriy etilgan, maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalashda funksional rivojlanishi, jismoniy rivojlanishi, jismoniy tayyorgarlik natijalarini qiyosiy tahlil qilish asosida:
6-7 yosh bolalarning egiluvchanlik sifatlarini oshirish uchun yoshga mos izoton egiluvchanlikni shakllantirishga qaratilgan konsentratsiyali (harakat, diqqat), differensial (farqli uslub), autorefleks (o‘z-o‘ziga refleks ta’sir qilish) maxsus jismoniy mashqlarini kiritish hisobiga gavda tuzilishi xususiyatlari bo‘yicha takliflar “Maktabgacha ta'limda jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Samarqand davlat universiteti kengashining 2020-yil 29-fevraldagi 7-son qaroriga asosan 140-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada 3-7 yoshli bolalarning mushak egiluvchanligi ko‘rsatkichlari 11% ga ortganligi aniqlangan;
maktabgacha yosh bolalarning morfologik rivojlanganlik darajasidan kelib chiqib, “sektion” (bo‘limlarga ajratib) yondashuv orqali mushaklar egiluvchanligi bir paytda bajartirilganda mayda matorikani rivojlantiruvchi ritmorlastik mashqlarda ritm va rlastika bir xil ritmda bajartirish natijasida “bolalar stretching” (egiluvchanlik dasturi) mashg‘ulotlari bo‘yicha takliflar “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida dastlabki gimnastika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Samarqand davlat universiteti kengashining 2020-yil 29-sentyabrdagi 2-son qaroriga asosan 217-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bolalarning jismoniy sifatlari 12-14% ga yaxshilangan;
6-7 yosh bolalar organizmining morfofunksional va adartiv (moslashish) “manirulyasion” ta’siri doirasida umurtqa rog‘onasi mushak egiluvchankigini regressiv (teng) rivojlantirishga qaratilgan “flexibility kids” nomli (maxsus usul) bolalar sheyringini ishlab chiqish bilan “warmering” (mushak qizdirish) diagnostikasi takomillashtirish qo‘llash bo‘yicha takliflar “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya nazariyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Samarqand davlat universiteti kengashining 2020-yil 29-fevraldagi 7-son qaroriga asosan 140-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bolalarning egiluvchanlik imkoniyatlari 16% ga yaxshilanganligi aniqlangan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni suyak mustahkamligini oshirish uchun “Strong bone” mashqlar orasida yoshga mos bo‘g‘im harakatchanligi darajasiga ko‘ra yo‘nalishli-ko‘makchi “Bolalar atletik gimnastikasi” (tayanch-harakat tizmini stimullovchi) mashqlarida oyoq va qo‘llar harakatlarini bir hil rivojlantiruvchi asinxron va atsiklik (o‘ng va chap tomon mutanosibligi) yo‘nalishini qo‘llagan holda maktabgacha yoshdagi bolalar uchun “Maktabgacha ta’limda dastlabki gimnastika mashg‘ulotlarini tashkil etish” jismoniy tarbiya va srort yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv qo‘llanmasi va fani amaliyotga joriy etilgan (Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish institutining 2022-yil 13-sentabrdagi 03/1-6-405-son ma’lumotnomasi). Natijada, 6-7 yoshli bolalarda funksional ko‘rsatkichlar 5,32% ga rivojlanganligi kuzatilgan.