Achilov Telman Sa’dullaevichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Harbiy tarix fanini o‘qitish jarayonida talabalarda vatanparvarlik tuyg‘usini qaror toptirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7008.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xodjamqulov Umid Negmatovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Maxkamov Ulfat Ilhamovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Usmanxodjaev Tal’at Saidovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda harbiy tarix fanini o‘qitish orqali vatanparvarlik tuyg‘usini qaror toptirish metodikasini takomillashtirish hamda pedagogik imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda harbiy tarix fanini o‘qitish orqali vatanparvarlik tuyg‘usini qaror toptirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari murakkab pedagogik tizimda metod, vosita, shakl va mazmun komponentlarining o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligini retrospektiv davriyligiga ko‘ra ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarda harbiy tarix fanini o‘qitish orqali vatanparvarlik tuyg‘usini qaror toptirishning amaliy mexanizmlari jarayon samaradorligini aniqlashda ko‘rsatkichlar va baholash mezonlarini ta’lim komponentlarining gorizontal va vertikal ta’sir ko‘rsatish xususiyatlari va izchillik tamoyillariga ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlari orqali integratsiyalsh asosida takomillashtirilgan;
talabalarda harbiy tarix fanini o‘qitish orqali vatanparvarlik tuyg‘usini qaror toptirishning pedagogik modeli sub’ektlarning faoliyat algoritmi hamda motivatsion jarayonlar izchilligini ta’minlash mexanizmlarini vitagen ta’lim integratsiyasini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq joriy etish asosida takomillashtirilgan;
sub’eklar induvidual faoliyatini tizimlashtirish va uni texnologik jarayonlar tuzilmasi sifatida tashkiliy-metodik jihatdan takomillashtirish asosida talabalarda harbiy tarix fanini o‘qitish orqali vatanparvarlik tuyg‘usini qaror toptirishning amaliy-texnologik tizimini takomillashtirishga oid metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Harbiy tarix fanini o‘qitish jarayonida talabalarda vatanparvarlik tuyg‘usini qaror toptirish metodikasini takomillashtirish borasida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
murakkab pedagogik tizimda metod, vosita, shakl va mazmun komponentlarining o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligini retrospektiv davriyligiga ko‘ra ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish asosida aniqlashtirilgan talabalarda harbiy tarix fanini o‘qitish orqali vatanparvarlik tuyg‘usini qaror toptirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari, jarayon samaradorligini aniqlashda ko‘rsatkichlar va baholash mezonlarini ta’lim komponentlarining gorizontal va vertikal ta’sir ko‘rsatish xususiyatlari va izchillik tamoyillariga ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlari orqali integratsiyalsh asosida takomillashtirilgan talabalarda harbiy tarix fanini o‘qitish orqali vatanparvarlik tuyg‘usini qaror toptirishning amaliy mexanizmlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining A1-XT-0-91997-raqamli “Yoshlarni umuinsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023 yil 29 avgustdagi 449-son ma’lumotnomasi) Natijada, umumiy o‘rta ta’limda o‘quvchilarni vatanparvarlikka oid bilim va ko‘nikmalari rivojlantirilgan;
sub’ektlarning faoliyat algoritmi hamda motivatsion jarayonlar izchilligini ta’minlash mexanizmlarini vitagen ta’lim integratsiyasini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq joriy etish asosida takomillashtirilgan talabalarda harbiy tarix fanini o‘qitish orqali vatanparvarlik tuyg‘usini qaror toptirishning pedagogik modeliga doir takliflar “Kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-sonli buyrug‘i bilan berilgan №68-204-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, yuqori sinf o‘quvchilarida ta’lim jarayonida vatanparvarlikni rivojlantirish mazmuni aniqlashtirilgan;
sub’eklar induvidual faoliyatini tizimlashtirish va uni texnologik jarayonlar tuzilmasi sifatida tashkiliy-metodik jihatdan takomillashtirish asosida talabalarda harbiy tarix fanini o‘qitish orqali vatanparvarlik tuyg‘usini qaror toptirishning amaliy-texnologik tizimini takomillashtirishga oid metodik tavsiyalar “Kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi (milliy kurash)” nomli darslik mazmuniga singdidrilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2020-yil 14-avgustdagi 418-sonli buyrug‘i bilan berilgan 418-073-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, oliy ta’lim tizimida barkamol inson shaxsiyatini shakllantirishda harbiy vatanparvarlik sifatlariga qo‘yiladigan talablar va mezonlar to‘g‘risida uslubiy asos yaratildi.