Axmedova Mehrinigor Bahodirovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): « Ingliz va o‘zbek tillarida “ma’naviyat” semantik maydoni: tarkibi, munosabatlari, leksikografik talqini», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Fil571.
Ilmiy maslahatchi: Mengliev Baxtiyor Radjabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Oybek Saporbaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari doktori, professor; Chander Shekhar, filologiya fanlari doktori, professor (Dehli universiteti).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida “ma’naviyat” semantik maydoni birliklarining tarkibi, munosabatlari hamda leksikografik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek lisoniy tasvirida “ma’naviyat” semantik maydonini tashkil qiluvchi semantik birliklar mazmun chegarasi tildan foydalanuvchi millat madaniyati, mafkurasi bilan shartlanganligi mazkur lisoniy birliklarni o‘rganishda diaxronik (tarixiy taraqqiyot kesimida) usulning ustuvorligini belgilashi dalillangan;
har ikkala til kommunikativ jarayonida voqelanadigan aqliy (mental), hissiy (emotional), ahloqiy (moral) kabi “ma’naviyat” mazmuniy maydon munosabatlarini ifodalovchi birliklar shakl va mazmun chegaralarining funksional tizimida tayanch (ot), markaz (sifat) va chekka (fe’l) unsurlar negizida ifodalanishi va ularda qo‘llanish konteksti ta’sirida vazifa almashinuvi sodir bo‘lishi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi “ma’naviyat” semantik maydonida inson kognitiv va madaniy-lisoniy faoliyatining verballashuvi natijasida yuzaga keladigan ierarxik munosabat ma’noviy guruh – mavzuiy guruh – ma’noviy uyalar kabi murakkab tizimlar “ma’naviyat” semantik maydon paradigmasidagi semantik struktura va semantik kategoriya sistemasi doirasida mantiqiy qiymat kasb etishi aniqlangan;
qiyoslanayotgan tillarda “ma’naviyat” semantik maydonining grammatik, leksik va frazeologik xususiyatlari semantik, struktural va funksional maydon konstituentlarining tasnifiy omillari ekanligi va ularning dominant komponent (yadro) atrofida birlashuvchi ikkilamchi (periferik) elementlar qo‘llanishini voqelantiruvchi kuch ekanligi asoslangan;
ingliz tilidagi “spirituality” semantik maydoni shaxsiy takomillashuv (category of self-development), ma’rifat (enlightenment), mas’uliyat (responsibility), vijdon (conscience), e’tiqod (faith), axloq (ethics) kabi mikromaydonlar va ushbu maydonni boshqa maydonlar bilan bog‘lab turuvchi tayanch tushunchalar kamtarinlik (humility), sokinlik (serenity), saxiylik (generosity) ustivorligida, o‘zbek tilidagi “ma’naviyat” semantik maydoni ma’noviy va mavzuiy guruhlari “vertikal” semantik kengligida hamda uning tarkibiy qismlari ma’rifat, axloq, vijdon, farosat, sabr, samimiyat, nafs kabi mikromaydonlar “gorizontal” semantik munosabatlar negizida voqelanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida “ma’naviyat” semantik maydoni birliklarining tarkibi, munosabatlari hamda leksikografik xususiyatlarini tadqiq qilish jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
ingliz va o‘zbek lisoniy tasvirida “ma’naviyat” semantik maydonini tashkil qiluvchi semantik birliklar mazmun chegarasi tilni ishlatuvchi millat madaniyati, mafkurasi bilan shartlanganligi mazkur lisoniy birliklarni o‘rganishda diaxronik (tarixiy taraqqiyot kesimida) usulning ustuvorligini belgilashiga oid nazariy xulosalardan “Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘iboti markaziga ajratilgan 61–01/09-son “Milliy qadriyatlar - yoshlar ardog‘ida” nomli fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (“Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘iboti markazining 2023-yil 22-dekabrdagi ML01/01-58-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot natijalarini amaliy qo‘llash fundamental loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar va tezislarda ma’naviyatga bog‘liq atamalarning terminologik tahliliga bag‘ishlangan misollardan foydalanish ilmiy loyihaning amaliy dolzarbligini oshirishga xizmat qilgan;
har ikkala til kommunikativ jarayonida voqelanadigan aqliy (mental), hissiy (emotional), ahloqiy (moral) kabi “ma’naviyat” mazmuniy maydoni munosabatlarini ifodalovchi birliklar shakl va mazmun chegaralarining funksional tizimida tayanch (ot), markaz (sifat) va chekka (fe’l) unsurlar negizida ifodalanishi va ularda qo‘llanish konteksti ta’sirida vazifa almashinuvi sodir bo‘lishiga oid nazariy xulosalardan “Shijoatli Ayol” ijtimoiy-himoya va ekologiya markaziga ajratilgan 81–12/202-son “Ma’naviyat oilaning ko‘rkidir” nomli fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (“Shijoatli Ayol” ijtimoiy-himoya va ekologiya markazining 2023-yil 22-dekabrdagi 7-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar va tezislarda ma’naviyatga bog‘liq atamalarning terminologik tahliliga bag‘ishlangan misollardan foydalanish ilmiy loyihaning amaliy dolzarbligini oshirishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi “ma’naviyat” semantik maydonida inson kognitiv va madaniy-lisoniy faoliyatining verballashuvi natijasida yuzaga keladigan ierarxik munosabat ma’noviy guruh, mavzuiy guruh, ma’noviy uyalar kabi murakkab tizimlar “ma’naviyat” semantik maydoni paradigmasidagi semantik struktura va semantik kategoriya sistemasi doirasida mantiqiy qiymat kasb etishiga doir nazariy va amaliy materiallardan Buxoro davlat universitetida Germaniya akademik almashinuv xizmati DAAD tomonidan moliyalashtirilgan ID-57663348-son “European Perspectives in Dialogue: Central Asia and Western Research – Muloqotda Evropa istiqbollari: Markaziy Osiyo va G‘arb tadqiqotlari” mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2023-yil 23-dekabrdagi 06-01-0509-son ma’lumotnomasi). Natijada “ma’naviyat” semantik maydoni paradigmasidagi semantik strukturasi va semantik kategoriyaning sistemasini shakllantirishi ochib berilgan;
qiyoslanayotgan tillarda “ma’naviyat” semantik maydonining grammatik, leksik va frazeologik xususiyatlari semantik, struktural va funksional maydon konstituentlarining tasnifiy omillari ekanligi va ularning dominant komponent (yadro) atrofida birlashuvchi ikkilamchi (periferik) elementlar qo‘llanishini voqelantiruvchi kuch ekanligiga hamda ingliz tilidagi “spirituality” semantik maydoni category of self-development, enlightenment, responsibility, conscience, faith, development, ethics, emotion kabi mikromaydonlar va ushbu maydonini boshqa maydonlar bilan bog‘lab turuvchi tayanch tushunchalar vijdon (conscience), mas’uliyat (responsibility), kamtarinlik (humility), sokinlik (serenity), saxiylik (generosity) ustivorligida, o‘zbek tilidagi “ma’naviyat” semantik maydoni ma’noviy va mavzuiy guruhlari “vertikal” semantik kengligida hamda uning tarkibiy qismlari ma’rifat, axloq, vijdon, farosat, sabr, samimiyat, nafs kabi mikromaydonlar “gorizontal” semantik munosabatlar negizida voqelanishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali”ning “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston Teleradiokanali”ning 2023-yil 28-noyabrdagi 06-28-1785-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’naviyat konseptining semantik mohiyatini ochib berishga erishilgan, ushbu koʻrsatuvdagi suhbatda alohida ta’kidlangan “ma’naviyat” semantik maydonining lingvistik xususiyatlari haqidagi xulosalari teletomoshabinlarning ushbu masalalar yuzasidan ma’lumotlarni oshirishda muhim ahamiyat kasb etgan.