Akbarov Nodir Gafurovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxtani dastlabki qayta ishlash korxonalari raqobatbardoshligini oshirishning marketing strategiyalari», 08.00.11–Marketing (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Iqt51.

Ilmiy rahbar: Xodiev Bahodir Yunusovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.

Rasmiy opponentlar: Bekmurodov Adham Sharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoati instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: paxtani dastlabki qayta ishlash korxonalari raqobatbardoshligini oshirishning marketing strategiyalarini shakllantirish va uning samaradorligini baholash uslublarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

paxtani dastlabki qayta ishlash korxonalarining raqobatbardosh­ligini oshirishga qaratilgan «miks» va «o‘zaro munosabatlar» strategiyalari tavakkalchiliklarni bartaraf etish, axborotlar logistika tizimini tashkil qilish, paxta tolasining qadoqlanishini yaxshilash hisobiga olingan foyda omillarini (o‘zgaruvchilarni) aks ettirish orqali takomillashtirilgan;

paxtani dastlabki qayta ishlash korxonalarining raqobatli ustunligini ta’minlashda foydalaniladigan diversifikatsiya, differensiatsiya, nisbiy ustunlik va fokuslash strategiyalari «ko‘pburchakli model» usulini qo‘llash orqali takomillashtirilgan;

paxtani dastlabki qayta ishlash korxonalarining «bozor chuqurchasi»ni prognozlash va ishlab chiqarishni maqsadli tashkil etish asosida foydani oshirishga imkon beruvchi maydon va korxonalar faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning bozor segmentidagi darajasini baholash va xususiy mezonlar sifatida nofaol («mavqeini saqlab qolish», «aylanib o‘tish»)  hamda faol («kuchlarni birlashtirish», «yorib o‘tish») strategiyalari tavsiya etilgan;

paxtani dastlabki qayta ishlash korxonalarining raqobatbardosh­ligini baholashning standartlashtirish va jamlama guruh ko‘rsatkichlari reyting tizimini shartli-yetakchi usul orqali hisoblash modeli taklif etilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Paxtani dastlabki qayta ishlash korxonalari raqobatbardoshligini oshirishning marketing strategiyalarini ishlab chiqish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:

paxtani dastlabki qayta ishlash korxonalarining raqobatbardosh­ligini oshirishga qaratilgan «miks» va «o‘zaro munosabatlar» strategiyalari tavakkalchiliklarni bartaraf etish, axborotlar logistika tizimini tashkil qilish, paxta tolasining qadoqlanishini yaxshilash hisobiga olingan foyda omillarini (o‘zgaruvchilarni) aks ettirish orqali takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2018 yil 17 iyuldagi 01-22/4302-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida korxonalarning raqobat ustunligini ta’minlash darajasi 10-15 foizga oshgan va noishlab chiqarish xarajatlari 14-16 foizga kamaygan;

paxtani dastlabki qayta ishlash korxonalarining raqobatli ustunligini ta’minlashda foydalaniladigan diversifikatsiya, differensiatsiya, nisbiy ustunlik va fokuslash strategiyalarini «ko‘pburchakli model» usulini qo‘llash orqali takomillashtirish bo‘yicha berilgan tavsiyalar “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2018 yil 17 iyuldagi 01-22/4302-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarini amaliyotga tatbiq etish paxtani dastlabki qayta ishlash korxonalarida tola sifatini oshirish bo‘yicha tadbirlar tizimini optimallashtirish va korxona raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatini bergan;

paxtani dastlabki qayta ishlash korxonalarining «bozor chuqurchasi»ni prognozlash va ishlab chiqarishni maqsadli tashkil etish asosida foydani oshirishga imkon beruvchi maydon va korxonalar faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning bozor segmentidagi darajasini baholash va xususiy mezonlar sifatida nofaol («mavqeini saqlab qolish», «aylanib o‘tish») hamda faol («kuchlarni birlashtirish», «yorib o‘tish») strategiyalari “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2018 yil 17 iyuldagi 01-22/4302-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi korxona daromadining 8-12% ga oshishini ta’minlagan;

paxtani dastlabki qayta ishlash korxonalarining raqobatbardosh­ligini baholashning standartlashtirish va jamlama guruh ko‘rsatkichlari reyting tizimini shartli-yetakchi usul orqali hisoblash modeli “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2018 yil 17 iyuldagi 01-22/4302-son ma’lumotnomasi). Paxtani dastlabki qayta ishlash korxonalarining raqobatbardosh­ligini reyting tizimi asosida baholash modeli va paxtani dastlabki qayta ishlash korxonalarining raqobatbardosh­ligini oshirish bo‘yicha marketing strategiyalari samaradorligini baholash algoritmi korxona faoliyatiga joriy etilganda korxonaning sotish xarajatlari 10-12 % ga kamaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish