To‘xtaev Feruz Sadulloevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Kompozision polimer sorbentlarning yangi tarkiblarini yaratish va ularni sanoat oqava suvlar tarkibidagi metall ionlarini ajratib olishda qo‘llash», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi; 02.00.06 – Yuqori molekulyar birikmalar (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/K185.
Ilmiy maslahatchilar: Negmatov Sayibjan Sadikovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Negmatova Komila Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Kattaev Nuritdin Turaevich, kimyo fanlari doktori, professor; Abed Nodira Soyibjonovna, texnika fanlari doktori, professor; Ixtiyarova Gulnora Akmalovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kompozision polimer sorbentlarning yangi tarkiblarini yaratish va ularni sanoat oqava suvlar tarkibidagi metall ionlarini ajratib olishda qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Navbahor” ishqoriy bentoniti, aylant daraxti qipiqlari hamda polianilin-poliakril kislota asosidagi polimer-polimer komplekslardan iborat kompozision polimer sorbentlarning samarali tarkiblari ishlab chiqilgan;
kompozision polimer sorbentlarning termik va kimyoviy barqarorligi, bo‘kish xususiyatlari, mustahkamlik darajalari va kapillyar-g‘ovaklik ko‘rsatkichlari isbotlangan;
kompozision polimer sorbentlarning funksional guruhlarning tabiati, fizik-mexanik va sorbsion xossalari aniqlangan;
kompozision polimer sorbentlarning metall kationlari (Su2+, Ag+, Fe3+, Ca2+, Mg2+, Pb2+) va bixromat anionlari bilan hosil qilgan kompleks birikmalarning optimal strukturalari, ulardagi elektron va potensial taqsimoti, bog‘larning geometrik ko‘rsatkichlari va tabiati zamonaviy kvant-kimyoviy hisoblash usullari yordamida asoslangan;
kompozision polimer sorbentlarda suv bug‘lari adsorbsiyasi asosida ularning kapillyar-g‘ovaksimon ko‘rsatkichlari hamda polimer–erituvchi ta’sirlarni aniqlash orqali interpolimer komplekslardagi polimerlararo ta’sirlashuv xususiyatlari va gidrofil`-gidrofob markazlar tabiati isbotlangan;
kompozision polimer sorbentlar sanoat oqava suvlari tarkibidagi metall kationlari (Su2+, Ag+, Fe3+, Ca2+, Mg2+, Pb2+) va bixromat anionlarini sorbsiyalash izotermalari olingan hamda jarayonning kinetik va termodinamik parametrlari aniqlangan;
kimyo va metallurgiya sanoati korxonalarining oqava suvlar tarkibidagi rangli, og‘ir va qimmatbaho metall ionlarini sorbsiyalash uchun kompozision polimer sorbentlar olish texnologiyasi takomillashtirilgan;
yangi tarkibli kompozision polimer sorbenti “Elektrokimyozavod” QK AJning markaziy laboratoriyasida sinovdan o‘tkazilgan, sanoat miqyosida sorbent ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kompozision polimer sorbentlarning yangi tarkiblarini yaratish va ularni sanoat oqava suvlar tarkibidagi metall ionlarini ajratib olishda qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kompozision polimer sorbentlarning samarali tarkiblari “Elektrokimyozavod” QK Ajda amaliyotga joriy etilgan (“Elektrokimyozavod” AJ QKning 2023 yil 21 sentyabrdagi 15-son ma’lumotnomasi). Natijada, qimmatbaho, og‘ir va rangli metallarni minimal konsentratsiyasigacha sorbsiyalaydigan va optimal statik almashinuv sig‘imi 4,7 mg-ekv/g ga teng bo‘lgan sorbentlarni ishlab chiqarish imkonini bergan;
kompozision polimer sorbentni ishlab chiqarishning texnologik parametrlari va olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK Ajda amaliyotga joriy etilgan (“Elektrokimyozavod” AJ QKning 2023 yil 21 sentyabrdagi 15-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xom ashyolar asosida fizik-kimyoviy va texnologik xossalarga ega bo‘lgan kompozision polimer sorbentlarni ishlab chiqarish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan kompozision polimer sorbent “Elektrokimyozavod” QK AJning oqava suvlari tarkibidan turli zararli kationlarni sorbsiyalash jarayoniga joriy etilgan (“Elektrokimyozavod” AJ QKning 2023 yil 21 sentyabrdagi 15-son ma’lumotnomasi). Natijada, va suvlarning turli xil metall ionlaridan 96-99% samaradorlik bilan tozalash imkonini bergan.