Umedova Mehriniso Ergash qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Markerlarga asoslangan seleksiya usulidan foydalanib g‘o‘zaning Tetranychus urticae ga bardoshli boshlang‘ich manbalarini yaratish”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Qx1256
Ilmiy rahbar: Raxmankulov Murod Said-Akbarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/08.05.2024.Qx.42.02
Rasmiy opponentlar: Nabiev Saidg‘ani Muxtorovich, biologiya fanlari doktori, professor; Yakubov Mirakbar Doniyorovich, biologiya fanlari doktori, kata ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi markerlarga asoslangan seleksiya usulidan foydalanib o‘rgimchakkana bilan zararlanishga chidamli va chidamsiz namunalar bilan o‘zaro polimorfizm namoyon qilgan namunalarni aniqlash hamda ularni duragaylash asosida g‘o‘zaning Tetranychus urticae ga bardoshli, qimmatli xo‘jalik belgilari uyg‘unlashgan boshlang‘ich manbalarini yaratish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonda o‘rgimchakkana bilan zararlanishga chidamlilik allellariga ega namunalar DNK markerlari yordamida tanlab olingan;
g‘o‘zaning so‘ruvchi zararkunandasi bo‘lgan sikadkaga chidamlilik geniga birikkan NAU922, BNL1705 SSR markerlari o‘rgimchakkanaga chidamlilik geniga ham birikkanligi aniqlangan;
o‘rgimchakkanaga bardoshli namunalarning o‘zaro duragay kombinatsiyalarida DNK markerlari yordamida yakka tanlovlar olib borilganda o‘rgimchakkanaga chidamlilik belgisi bo‘yicha gomozigota holatdagi genotiplar ajratib olish mumkinligi aniqlangan;
olib borilgan PZR tahlillari asosida F2(Upland × Omad) va F2(Omad × Fibre Verte) kombinatsiyalarida so‘ruvchi zararkunanda sikadaga chidamlilik geniga birikkan BNL1705 SSR markeri, F2(New Impr × Namangan 77) kombinatsiyasida esa NAU922 SSR markeri o‘rgimchakkanaga chidamlilik geniga ham birikkanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Markerlarga asoslangan seleksiya usulidan foydalanib g‘o‘zaning Tetranychus urticae ga bardoshli boshlang‘ich manbalarini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
g‘o‘zaning hosildor, bitta ko‘sakdagi paxta vazni, tola uzunligi va chiqimi yuqori ko‘rsatkichlarini o‘zida mujassamlashtirgan, T. urticae ga bardoshli bo‘lgan, MAS usulida tanlab olingan, qimmatli-xo‘jalik belgilari uyg‘unlashgan shakllar ajratib olingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 29 dekabrdagi 07/21-06/1552-son maʼlumotnomasi). Natijada, ushbu namunalardan “Qishloq xo‘jaligi, biotexnologiya, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” ustuvor yoʻnalishidagi fundamental va amaliy loyihalarda boshlangʻich manba sifatida foydalanish imkonini bergan;
Upland × Omad, Ryad 548 №6/33 × H-17, Omad x Namangan 77, New Impr × Fibre Verte duragay kombinatsiyalarining urugʻlik materiallari (chigit) Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti qoshidagi Gʻo‘za kolleksiyasiga hamda O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining Milliy genbankiga taqdim etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishoq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 29 dekabrdagi 07/21-06/1552-son maʼlumotnomasi). Natijada, respublikamiz gʻo‘za genofondi hosildor, bitta ko‘sakdagi paxta vazni, tola uzunligi va chiqimi yuqori bo‘lgan, T. urticae ga bardoshli manbalar bilan boyitilgan;
Upland x Omad, Ryad 548 №6/33 x C-76, Omad x Namangan 77, New Impr × Fibre Verte, New Impr × Namangan 77 kombinatsiyalaridan olingan duragaylar, Omad × Fibre Verte duragay kombinatsiyasidan MAS usuli asosida yaratilgan 46 ta oilalar Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot institutining Sirdaryo ilmiy-tajriba stansiyasining 0,5 ga tajriba maydonida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishoq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 29 dekabrdagi 4/1255-888-son maʼlumotnomasi). Natijada, tezpisharligi 115-119 kunni, bir dona ko‘sakdagi paxta vazni 5,5-6,5 g, tola chiqimi 34,8-36,8 %, tola sifati IV sanoat tipini, hosildorlik 41,2 s/gani tashkil etgan holda nazorat (C-6524) navga nisbatan qo‘shimcha 2,0-3,0 sentner yuqori hosil olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish