Kuchkarov Ulug‘bek Kobilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Neft-gaz sanoatining neft-gaz quvurlari tizimlaridagi mashina va mexanizmlarini himoya qilish uchun korroziyaga chidamli kompozision materiallar va qoplamalarni olish texnologiyasi», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4801.
Ilmiy rahbar: Negmatova Komila Sayibjanova, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Yulchieva Surayyo Baxramovna, texnika fanlari doktori; Muxtorov Nuriddin Shamshidinovich. texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neft-gaz sanoatining neft-gaz quvurlari tizimlaridagi mashina va mexanizmlarini himoya qilish uchun korroziyaga chidamli kompozision materiallar va qoplamalarni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korroziyaga chidamli kompozision materiallar va qoplamalarning yanada samarali tarkiblarini ishlab chiqishni hisobga olgan xolda agressiv muhit ta’sirida kompozision polimer materiallar va qoplamalarni strukturasini o‘zgarishida sodir bo‘ladigan fizik-kimyoviy jarayonlar aniqlangan;
sinergetik ta’sirning namoyon bo‘lishiga va shunga mos ravishda korroziyaga chidamli qoplamalarning yopishqoq va fizik-mexanik xususiyatlarini oshishiga olib keladigan organomineral komponentlar va polimer bog‘lovchilar orasidagi o‘zaro ta’sir jarayonida yuzaga keladigan fizik-kimyoviy jarayonlarning mexanizmlari aniqlangan;
ishlab chiqilgan korroziyaga chidamli kompozision polimer materiallar va qoplamalarning yuqori fizik-mexanik va ekspluatatsion xususiyatlarini ta’minlaydigan to‘ldiruvchilarning tabiati, tuzilishi, tarkibi, miqdori va nisbatiga qarab polimer qoplamalarining eng muhim xususiyatlarining o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi asosiy texnologik omillar aniqlangan;
yuqori fizik-kimyoviy, fizik-mexanik va korroziyaga chidamli xossalarga ega bo‘lgan korroziyaga chidamli kompozision polimer materiallar va qoplamalar ishlab chiqarishning samarali tarkibi va texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Neft-gaz sanoatida neft va gaz quvurlari tizimlarida foydalaniladigan mashina va mexanizmlari uchun korroziyaga chidamli kompozision polimer materiallar va ular asosida qoplamalar yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
korroziyaga chidamli kompozision polimer materiallar va ular asosidagi qoplamalar “Xududgazta’minot” AJda nasos parraklari va korpuslarining sirt yuzasiga qoplash uchun joriy etilgan (“Xududgazta’minot” AJning 2024 yil 3 iyuldagi 03-10/95-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, neft va gaz mahsulotlarining ishlab chiqarish unumdorligini 50-60%ga oshirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan antikorrozion kompozision polimer materiallar va ular asosidagi qoplamalar nasos va quvurlarning ishchi qismlarida, shuningdek, asbob-uskunalar va metall konstruksiyalarda “Xududgazta’minot” AJda amaliyotga joriy etilgan (“Xududgazta’minot” AJning 2024 yil 3 iyuldagi 03-10/95-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, nasoslar, quvurlar va boshqa ishchi qismlarning ishlash qobiliyati va xizmat muddatini 2,5-3,0 barobar oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish