Xoshimov Shaxrom Mansurjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qizilmiya chiqindisi asosidagi uglerodli materiallarning tuzilishi va adsorbsion xossalariga kaliy gidroksid bilan faollashning ta’siri», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/K739.
Ilmiy rahbarlar: Eshmetov Izzat Do‘simbatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Yoʻldosh Yusupboevich, kimyo fanlari doktori, professor; Ismoilov Ravshan Isroilovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qizilmiya chiqindisi asosidagi uglerod materiallarining strukturasi va adsorbsion xususiyatlariga kaliy gidroksidi bilan faollashtirishning ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘mirlarning termik ishlov berish haroratini oshirish ularning benzol bo‘yicha adsorbsion sig‘imining ortishiga va maksimal sig‘im 800°C da ishlov berilganda 1,668 mmol/g ni, shu bilan birga KOH eritmasi bilan ko‘mirlarni kimyoviy faollashtirish ularning yod bo‘yicha adsorbsion faolligini, faollashtirilmagan ko‘mir uchun 80,645 mg/g, faollashtirilgan namunalar uchun 1117,6 mg/g gacha oshirishi aniqlangan;
haroratning oshishi bilan ko‘mirlarda azot boyicha solishtirma yuzaning oshib borishi va eng yuqori solishtirma yuzaga 169,8 m²/g (800-850°C) da erishildi, haroratni yanada oshirilishi solishtirma yuzaning 77,5 m²/g gacha pasayishiga, bu g‘ovaklarning birlashishi yoki yo‘qolishi kabi strukturaviy o‘zgarishlar hisobiga bo‘lishi aniqlandi;
KOHning karbonizatga nisbati 1:1 (AK1-800) va 1:5 (AK5-800) bo‘lganida solishtirma yuza 698,93 dan 1451,16 m²/g gacha hamda g‘ovaklarning umumiy hajmi 0,2543 dan 0,5167 sm³/g gacha ortishi, karbonizat:KOH (AK7-800) nisbatini yanada oshirish bu ko‘rsatkichlarning pasayishiga, yani g‘ovaklarning qisman to‘silishi va ularning adsorbsiya samaradorligini kamaytirishiga olib kelishi asoslangan;
karbonizatning kimyoviy faollashtirilishida KOH ning (20%) modifikator sifatida yuqori samaradorligi 120°C haroratda va 4 soat davomida borishi, g‘ovaklik va adsorbsiya samaradorligining sezilarli ko‘tarilishiga, bunda g‘ovaklikning ortishi va kul miqdorining 17,9%dan 4,35% gacha kamayishi aniqlangan;
rentgenofazoviy tahlil asosida KOH bilan kimyoviy faollashtirish amorf uglerodga xos bo‘lgan cho‘qqilarning kamayishiga va grafitga o‘xshash tuzilmalarni ko‘rsatuvchi cho‘qqilarning ko‘payishiga olib kelishi, bunda KOHning 20% eritmasi va karbonizatning 1:5 nisbatida eng past kul miqdori hamda eng yuqori uglerod miqdoriga ega ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qizilmiya chiqindilari asosida g‘ovakli materiallar olish va ularning kolloid-kimyoviy xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olngan ilmiy natijalar asosida:
qizilmiya ildizpoyasi chiqindilarining termik va kimyoviy faollashtirilishi natijasida olingan uglerod adsorbentlaridan foydalanib soya moyini erkin yog‘ kislotalari va bo‘yoq moddalardan adsorbsion tozalash usuli “Namangan tola tekstil” MChJ ning «2026-2030-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati» ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati birlashmasining 2024 yil 6 martdagi KC/3-62-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yog‘ning kislotalik darajasi 10,09-5,83 mg KOH/g ga teng bo‘lgan va qizil hamda ko‘k birliklar mos ravishda 1,8 dan 1,0 gacha va 1,2 dan 0,0 gacha kamayish imkonini beradi;
gliserinni AK5-800 uglerod adsorbentidan foydalanib adsorbsion tozalash usuli “URGANCh YoG‘-MOY” MChJning «2026-2030-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati» ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati uyushmasining 2024 yil 6 martdagi KC/3-62-sonli ma’lumotnomasi). Natijada AK5-800 uglerod adsorbenti gliserinning rangini va kul miqdorini kamaytirish hisobiga import qilingan uglerod adsorbentni almashtirish imkonini beradi.