Xatamova Dilshoda Narmuratovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Resurs tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqish asosida burg‘ilash uskunalarining samarali ekspluatatsiyasining ilmiy asoslari», 04.00.16 – Konchilik mashinalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/T661.
Ilmiy maslahatchi: Abduazizov Nabijon Azamatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.02.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Ilhom Pulatovich, texnika fanlari doktori, professor; Toshov Javoxir Burievich, texnika fanlari doktori, professor; Xo‘jaev Ismatulla Kushaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: resurs tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqish asosida burg‘ilash uskunalarining ekspluatatsiya samaradorligini oshirish va yoqilg‘i-energiya sarflarini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
skvajinalarni havo bilan tozalab burg‘ilashda texnologik, konstruktiv va termofizik omillarning majmuini hisobga olib uch sharoshkali burg‘ilash dolotosining tishi va matrisasini qizish haroratini aniqlash imkonini beruvchi matematik model ishlab chiqilgan;
tozalovchi havoni ikki bosqichli sovutish qurilmasini qo‘llaganda dolota chidamliligini va burg‘ilashning mexanik tezligini oshirish imkonini beruvchi burg‘ilash rejimining optimal parametrlari asoslangan;
skvajina tubida shlam zarrachalari harakatining matematik modeli ishlab chiqilgan bo‘lib, uyurma hosil qilgichning konstruktiv parametrlari isbotlangan;
dolotoning chidamliligini va burg‘ilashning mexanik tezligini oshirish, hamda burg‘ilash aylantirgichini va nasosning energiya sarflarini kamaytirish imkonini beruvchi uch sharli dolotoning panja qismining va skvajina zaboyida uyurma hosil qilgichning vintli chiziq bo‘ylab egiltiirishning optimal burchaklari aniqlangan;
skvajinalarni havo bilan tozalab burg‘ilashda burg‘ilash uskunasining issiqligini utilizatsiya qilish moslamasida ejeksiyali soplodan foydalanish ichki yonuv dvigatelining tutun quvurida tutun gazlar oqimiga qarshilikni va sovutish radiatorining ventilyatoriga yuklamalarni kamaytirish hisobiga dvigatel yoqilg‘i sarfini 12 % gacha kamaytirilganligi asoslangan;
burg‘ilash uskunasining avtonom elektr stansiyasining ichki yonuv dvigatelidan ajraluvchi issiqlikni foydali utilizatsiya qilish uchun ishlab chiqilgan qurilmada issiqlik oqimini quvvatining va ishlab chiqarilgan elektr energiyasining kattaligi generatorga tushadigan yuklamaga bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Resurs tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqish asosida burg‘ilash uskunalarining samarali ekspluatatsiyasining ilmiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uyurmali sovutkichli burg‘ilash snaryadi «Regionalgeologiya» davlat unitar korxonasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston respublikasi «Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi»ning 2023 yil 28 iyuldagi 08-2172-son ma’lumotnomasi). Natijada, skvajinani burg‘ilash tezligini 8% ga, tog‘ jinsini parchalovchi asbobning chidamliligini 6% ga oshirish imkonini bergan;
skvajina zaboyini gidravlik tozalash samaradorligini oshiruvchi burg‘ilash snaryadi «Regionalgeologiya» davlat unitar korxonasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston respublikasi «Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi»ning 2023 yil 28 iyuldagi 08-2172-son ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘llanilib kelinayotgan tog‘ jinsini parchalovchi asboblarga nisbatan skvajinani burg‘ilash qobiliyatini 8% ga, tog‘ jinsini parchalovchi asbobning chidamliligini 5% ga va burg‘ilashning mexanik tezligini 7% ga oshirish imkonini bergan;
burg‘ilash uskunalarining ichki yonuv dvigatelli yuritmalaridan ajraladigan issiqlikni utilizatsiya qilish qurilmasi «Regionalgeologiya» davlat unitar korxonasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston respublikasi «Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi»ning 2023 yil 28 iyuldagi 08-2172-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnologik ehtiyojlarga ishlatish mumkin bo‘lgan 162 MDj (45 kVt) miqdorida issiqlik oqimini olish imkonini bergan;
ichki yonuv dvigateli tutun gazlari quvurida qarshilikni kamaytiruvchi soplo «Regionalgeologiya» davlat unitar korxonasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston respublikasi «Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi»ning 2023 yil 28 iyuldagi 08-2172-son ma’lumotnomasi). Natijada, tutun gazlari qarshiligini kamaytirish evaziga yoqilg‘i sarfini 12% gacha tejash imkonini bergan;
ichki yonuv dvigateli yuritmalaridan ajraladigan issiqlikdan elektr energiyasi olish qurilmasi «Regionalgeologiya» davlat unitar korxonasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston respublikasi «Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi»ning 2023 yil 28 iyuldagi 08-2172-son ma’lumotnomasi). Natijada, kuchlanishi 36 V ga teng bo‘lgan 1,2 kVt/soat elektr energiyasini olish imkonini bergan.