Kurbanova Sevara Asanbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jadidlarning jamiyat taraqqiyotida ta’limning o‘rniga oid falsafiy qarashlari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2023.4.PhD/Fal1158
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Amridinova Dilrabo Tursunovna, falsafa fanlari doktori, dotsent
 Rasmiy opponentlar: Nazarov Qiyom Normerzaevich, falsafa fanlari doktori, professor; Abdivohidov Sunatillo Abdinabievich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy Universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi jadid mutafakkirlarining ta’limga oid qarashlarining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rnini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Tarbiyai atfol” jamiyati ilmni xalqqa targ‘ib qilish maqsadida intiluvchan, ilm olishga chanqoq yoshlarning xorijda ta’lim olishida ma’naviy, iqtisodiy imkoniyatlarni yaratganligi, matbuot namunalari bilan buxoroliklarni muntazam tanishtirib borganligi, jamiyat a’zolarini farzandlar tarbiyasiga investisiya kiritishga da’vat etgani jamiyat taraqqiyotida ta’limning pozitivistik xususiyatini, metodologiyasi va amaliy faoliyat sifatida yangi jamiyatni rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish yo‘li ekanligi asoslab berilgan;
jadidlarning ta’lim va jamiyat taraqqiyotiga oid dasturlarining gumanistik (mehnatsevarlik, tolerantlik, adolat, tashabbuskorlik) tamoyillari asosida milliy ongda mustaqillik, vatanparvarlik, o‘zlik, ma’rifat g‘oyalarini singdirish, ijtimoiy-tarixiy tajribalarni umumlashtirish va yagona g‘oya atrofida birlashtirishdan iborat milliy davlatni barpo etishning o‘ziga xos konsepsiyasini va jamiyat hayotini yangilashning demokratik mexanizmlarini ishlab chiqqani ochib berilgan;
jadidlarning milliy ta’lim tizimini modernizatsiyalashga oid dunyoviy tafakkur, milliy axloq, insonparvarlik kabi gʼoyalari mamlakatimizda yangi ta’lim konsepsiyasining ta’limning uzlyuksizligi, uning mazmunini sifat jihatdan yangilash, metodlarini takomillashtirish, innovatsion loyihalarga urg‘u berish, yoshlar bandligini ta’minlashda ta’limning zamonaviy usullari va yo‘nalishlarini joriy etish kabi funksional xususiyatlari bilan adekvat ekanligi mantiqiy dalillangan;
jadidlarning ta’lim konsepsiyasidagi fan, ta’lim va amaliyot birligini ta’minlash, innovatsion ta’lim muhitini yaratish kabi mexanizmlari ilmiy bilishning kategorial apparati ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-madaniy vaziyat bilan dialektik aloqador ekanligi hamda zamonaviy ta’lim tizimining ratsional, liberal, konstruktiv xususiyatlari bilan uyg‘unligi aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jadid ma’rifatparvarlarining ta’lim jarayoniga oid falsafiy qarashlari va ularning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Tarbiyai atfol” jamiyati ilmni xalqqa targ‘ib qilish maqsadida intiluvchan, ilm olishga chanqoq yoshlarning xorijda ta’lim olishida ma’naviy, iqtisodiy imkoniyatlarni yaratganligi, matbuot namunalari bilan buxoroliklarni muntazam tanishtirib borganligi, jamiyat a’zolarini farzandlar tarbiyasiga investisiya kiritishga da’vat etgani jamiyat taraqqiyotida ta’limning pozitivistik xususiyatini, metodologiyasi va amaliy faoliyat sifatida yangi jamiyatni rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish yo‘li ekanligiga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan IL-402104474-raqamli “Bolalar adabiyoti.uz multimediali elektron platform va uning mobil ilovasini yaratish” (2021-2022 yy) mavzusidagi innovatsion loyihada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 29-yanvardagi 04/1-218-son ma’lumotnomasi). Natijada, jadid namyondalarining ma’naviy merosida jamiyat taraqqiyoti uchun milliy tarbiya, yangi o‘quv dasturlari, darsliklar asosidagi innovatsion va zamonaviy ta’limga oid yangi g‘oyalar va transformatsion o‘zgarishlarga oid qarashlardan loyihaning ilmiy-nazariy konsepsiyasini yangi fikr-mulohazalar bilan boyishiga xizmat qilgan;
jadidlarning ta’lim va jamiyat taraqqiyotiga oid dasturlarining gumanistik (mehnatsevarlik, tolerantlik, adolat, tashabbuskorlik) tamoyillari asosida milliy ongda mustaqillik, vatanparvarlik, o‘zlik, ma’rifat g‘oyalarini singdirish, ijtimoiy-tarixiy tajribalarni umumlashtirish va yagona g‘oya atrofida birlashtirishdan iborat milliy davlatni barpo etishning o‘ziga xos konsepsiyasi va jamiyat hayotini yangilashning demokratik mexanizmlariga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida, jumladan “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi to‘g‘risidagi Nizom” asosida yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish chora-tadbirlarni amalga oshirishda, iqtidorli yoshlarni yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga ta’lim olish uchun yuborish, xalqaro tanlovlarda ishtirok etishini ta’minlash, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda, targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanilgan (O O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 16-yanvardagi 2-13-21-121-son ma’lumotnomasi) Natijada, jadidlarning jamiyat taraqqiyotida milliy ta’lim tizimini modernizatsiyalashtirish va uning sifatini oshirishda o‘z davrining innovatsion g‘oyalari asosida yoshlarni zamonaviy ilmlarni egallashga jalb qilish, ta’limni maqsadli kasbga yo‘naltirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar jadidchilik harakati, ta’limni tubdan isloh qilish, xotin-qizlar masalalari, oilada farzand tarbiyasi, yoshlar tolerantligi, ma’rifatparvarlik g‘oyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
jadidlarning milliy ta’lim tizimini modernizatsiyalashga oid dunyoviy tafakkur, milliy axloq, insonparvarlik kabi gʼoyalari mamlakatimizda yangi ta’lim konsepsiyasining ta’limning uzlyuksizligi, uning mazmunini sifat jihatdan yangilash, metodlarini takomillashtirish, innovatsion loyihalarga urg‘u berish, yoshlar bandligini ta’minlashda ta’limning zamonaviy usullari va yo‘nalishlarini joriy etish kabi funksional xususiyatlari bilan adekvat ekanligiga oid nazariy umumlashmalar va ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, jumladan, 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” 16-bandi “Buyuk alloma va mutafakkirlarimiz hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganish, boy ma’naviy va madaniy meroslarini asrab avaylash, ilmiy-ijodiy asarlarini keng targ‘ib qilish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 5-yanvardagi 5-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlarda inson manfaatlari himoyasini ta’minlanishi ijtimoiy ongning o‘zgarishi, fuqarolarda daxldorlik tuyg‘usini shakllantirishi bo‘yicha o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy sohadagi tadbirlar samaradorligini oshirishga, jadidlarning jamiyat taraqqiyotida ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan islohotchilik harakatlarini ijtimoiy-falsafiy asoslarini ilmiy tadqiq etishga xizmat qilgan;
jadidlarning ta’lim konsepsiyasidagi fan, ta’lim va amaliyot birligini ta’minlash, innovatsion ta’lim muhitini yaratish kabi mexanizmlari ilmiy bilishning kategorial apparati ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-madaniy vaziyat bilan dialektik aloqador ekanligi hamda zamonaviy ta’lim tizimining ratsional, liberal, konstruktiv xususiyatlari bilan uyg‘unligiga oid xulosalar va yangiliklardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali faoliyatida, jumladan 2023-yilda efirga uzatilgan “Mavzu” teleko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2023-yil 8-noyabrdagi 02-31-1675-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar tarbiyasi va ta’limida jadidlarning ma’naviy merosining konstruktiv ahamiyatini keng jamoatchilikka etkazishga, ko‘rsatuvlarning ilmiyligi va ommabopligini ta’minlashga, tomoshabinlarning ushbu masalalar yuzasidan kerakli ma’lumotlarni olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish