Abduraimov Dilshod Sultanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Ustrushona Markaziy Osiyo madaniy aloqalari tizimida (antik va ilk o‘rta asrlar davri)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Tar 388
Ilmiy rahbar: Mavlanov Uktam Maxmasabirovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat unversiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Akrom Mo‘minovich, tarix fanlari doktori, professor Pardaev Muxtor Hasanovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi antik davr va ilk o‘rta asrlarda Ustrushonadagi madaniy va ijtimoiy-siyosiy vaziyatni o‘rganish orqali qo‘shni mintaqalar bilan olib borilgan madaniy aloqalarning ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Ustrushonaning qo‘shni mintaqalar So‘g‘d, Farg‘ona hamda Choch bilan olib borgan madaniy aloqalarini o‘rganish asosida Markaziy Osiyo mintaqasidagi antik davr va ilk o‘rta asrlardagi viloyatlar va bularga tegishli mulklar yagona etno-madaniy makonda rivojlanganligi ilk bor maxsus tadqiqotlar asosida isbotlangan;
Ustrushona so‘nggi antik davr va ilk o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoning yirik tarixiy-madaniy o‘lkalaridan biri sifatida qayd etilib, o‘zining tarixiy geografik joylashuviga ko‘ra Buyuk ipak yo‘lining Xitoydan boshlanib Markaziy Osiyo mamlakatlari – Davan/Parkona (Farg‘ona vodiysi) hamda Choch (Toshkent) vohasi orqali Sug‘dga o‘tuvchi markaziy yo‘nalishida muhim o‘rin tutganligi, mintaqaviy va transmintaqaviy madaniy muloqot jarayonida tranzit hudud sifatida vositachi bo‘lganligi dalillangan;
Buyuk ipak yo‘li orqali olib borilgan madaniy aloqalar Ustrushona hududida joylashgan tarixiy-madaniy meros yodgorliklarida, o‘lka toponimikasi, etnonim va gidronimlarda o‘z aksini topganligi misollar asosida isbotlangan;
Ustrushona antik davr va ilk o‘rta asrlarda o‘zining tarixiy geografik joylashuviga ko‘ra tranzit hudud vazifasini bajarganligi siyosiy, iqtisodiy va yirik madaniy markazlar, dehqon va chorvador aholi manzilgohlari hamda moddiy va ma’naviy madaniyatida o‘z aksini topgani misollar asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ustrushonaning Markaziy Osiyo madaniy aloqalari tizimida (antik va ilk o‘rta asrlar misolida) tutgan o‘rni bo‘yicha bajarilgan tadqiqot yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Ustrushonaning qo‘shni mintaqalar So‘g‘d, Farg‘ona hamda Choch bilan olib borgan madaniy aloqalarini o‘rganish asosida Markaziy Osiyo mintaqasidagi antik davr va ilk o‘rta asrlardagi viloyatlar va bularga tegishli mulklar yagona etno-madaniy makonda rivojlanganligiga doir xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarixiy savol” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2022-yil 18-avgustdagi 485-23-4426-son ma’lumotnomasi). Natijada keltirilgan ma’lumotlar teletomoshabinlarda Ustrushonaning tarixiy geografiyasi, shaharlari tarixi, xalqaro madaniy aloqalarda tutgan o‘rni bo‘yicha tushunchalar shakllanishiga xizmat qilgan.
Ustrushona so‘nggi antik davr va ilk o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoning yirik tarixiy-madaniy o‘lkalaridan biri sifatida qayd etilib, o‘zining tarixiy geografik joylashuviga ko‘ra Buyuk ipak yo‘lining Xitoydan boshlanib Markaziy Osiyo mamlakatlari – Davan/Parkona (Farg‘ona vodiysi) hamda Choch (Toshkent) vohasi orqali Sug‘dga o‘tuvchi markaziy yo‘nalishida muhim o‘rin tutganligi, mintaqaviy va transmintaqaviy madaniy muloqot jarayonida tranzit hudud sifatida vositachi bo‘lganligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarixiy savol” ko‘rsatuvining “Ustrushona Markaziy Osiyoning madaniy aloqalari tizimida (antik va ilk o‘rta asrlar misolida)” mavzusidagi sonini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2022-yil 18-avgustdagi 485-23-4426-son ma’lumotnomasi). Natijada Markaziy Osiyoning yirik tarixiy-madaniy o‘lkalaridan biri sifatida Ustrushona qayd etilib, o‘zining tarixiy geografik joylashuviga ko‘ra Buyuk ipak yo‘lining Xitoydan boshlanib Markaziy Osiyo mamlakatlari – Davan/Parkona (Farg‘ona vodiysi) hamda Choch (Toshkent) vohasi orqali Sug‘dga o‘tuvchi markaziy yo‘nalishida muhim o‘rin tutganligi, mintaqaviy va transmintaqaviy madaniy muloqot jarayonida tranzit hudud bo‘lganligi haqidagi ma’lumotlarni etkazish orqali ko‘rsatuv saviyasini yanada oshishiga xizmat qilgan.
Buyuk ipak yo‘li orqali olib borilgan madaniy aloqalar Ustrushona hududidagi joylashgan tarixiy-madaniy meros yodgorliklarida, o‘lka toponimikasi, etnonim va gidronimlarda o‘z aksini topganligiga doir ma’lumotlardan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining dasturlarini bajarishda foydalanildi (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2023-yil 23-maydagi №01-34-23/05-23-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Ustrushona o‘lkasining antik va ilk o‘rta asrlarga oid yodgorliklarini, tarixiy-madaniy meros yodgorliklarida aks etgan o‘lka toponomikasi, etnonimlarini keng miqyosda o‘rganish, Ustrushona hududida joylashgan Buyuk ipak yo‘li merosi saqlab qolish asosida O‘zbekistonda, xususan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ichki va tashqi turizmni rivojlantirish, yangi sayyohlik yo‘nalishlari tashkil etish imkoniyati oshgan.
Ustrushona antik davr va ilk o‘rta asrlarda o‘zining tarixiy geografik joylashuviga ko‘ra tranzit hudud vazifasini bajarganligi siyosiy, iqtisodiy va yirik madaniy markazlar, dehqon va chorvador aholi manzilgohlari hamda moddiy va ma’naviy madaniyatida o‘z aksini topgani Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining Jizzax va Sirdaryo viloyatlari bo‘limlari dasturlarini bajarishda foydalanildi (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2023-yil 23-maydagi №01-34-23/05-23-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Ustrushona antik davr va ilk o‘rta asrlarda o‘zining tarixiy geografik joylashuviga ko‘ra tranzit hudud vazifasini bajarganligi siyosiy, iqtisodiy va yirik madaniy markazlar, dehqon va chorvador aholi manzilgohlari hamda moddiy va ma’naviy madaniyati bilan bog‘liq haqidagi bilimlarni boyitishga  xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish