Xidirov Ibroxim Yusup o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “So‘nggi bronza, ilk temir va antik davr Sug‘d vohasi tarixi va madaniyati”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2020.4.PhD/Tar774
Ilmiy rahbar: Eshov Boxodir Juraevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat unversiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Raimqulov Abdusabur Azzamovich, tarix fanlari doktori, professor, Xushvaqov Nabi Olimovich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi so‘nggi bronza ilk temir va antik davr So‘g‘d hududlaridagi migratsiya jarayonlari, o‘zaro ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy ta’sirlar, etnomadaniy va diniy e’tiqodlar munosabatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
So‘nggi bronza, ilk temir va antik davrda O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida kechgan tarixiy-madaniy hamda siyosiy jarayonlar Sug‘d misolida tahlil qilinib, migratsiya va etnomadaniy aloqalar tufayli Sug‘dning tarixiy geografiyasi, uning tarixiy chegaralari muqim bo‘lmasdan, doimiy ravishda o‘zgarib turganligi dalillangan;
Sug‘d hamda mintaqadagi boshqa tarixiy-madaniy viloyatlar (Toxariston, Ustrushona)  o‘rtasidagi migratsiya va etnomadaniy munosabatlar voha aholisining etnik assimilyasiyasiga ham ta’sir etganligi, shuningdek, bu jarayon ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar hamda madaniy almashinuvga namoyon bo‘lganligi ko‘rsatib berilgan;
Qadimgi davrlardagi migratsiya, etnomadaniy hamda ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarni Sug‘ddagi davlatchilik va boshqaruvga, shaharlar (Afrosiyob, Ko‘ktepa, Erqo‘rg‘on, Uzunqir misolida) rivojlanishiga, umuman, vohada kechgan ko‘plab tarixiy-madaniy jarayonlar taraqqiyotiga bo‘lgan sezilarli ta’siri dalillar natijasida asoslangan;
Sug‘d hududlarida bugungi kunga qadar olib borilgan arxeologik tadqiqotlarning natijalari hamda xulosalari, bu yo‘nalishdagi ilmiy qarashlar hamda nazariyalar davrga oid kam sonli yozma manbalar bilan qiyosiy o‘rganishlar asosida arxeologiya ma’lumotlari tarixiy voqeilikka yo‘naltirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qadimgi davr Sug‘d vohasi tarixi va madaniyatini tadqiq etishga doir ilmiy natijalari asosida:
Bronza, ilk temir va antik davrda O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida kechgan tarixiy-madaniy hamda siyosiy jarayonlar Sug‘d misolida taxlil qilinib, migratsiya va etnomadaniy aloqalar tufayli Sug‘dning tarixiy geografiyasi, uning tarixiy chegaralari muqim bo‘lmasdan, harbiy siyosiy va tabiiy sharoitlar tufayli doimiy ravishda o‘zgarib turganligi haqidagi ma’lumotlardan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi dasturlarini ishlab chiqishda foydalanildi (Xalqaro “Oltin Meros” xayriya jamoat fondining 2022-yil 27-oktyabrdagi 01-39-son ma’lumotnomasi). Natijada bronza, ilk temir va antik davrda O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida kechgan tarixiy-madaniy hamda siyosiy jarayonlar Sug‘d misolida tahlil qilinib, migratsiya va etnomadaniy aloqalar haqidagi ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qilgan.
Sug‘d hamda mintaqadagi boshqa tarixiy-madaniy viloyatlar (Toxariston, Ustrushona) o‘rtasidagi migratsiya va etnomadaniy munosabatlar voha aholisining etnik assimilyasiyasiga ham ta’sir etganligi, shuningdek, bu jarayon ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar hamda madaniy almashinuvga namoyon bo‘lganligi haqidagi ma’lumotlar Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi dasturlarini bajarishda foydalanildi (Xalqaro “Oltin Meros” xayriya fondining 2022-yil 27-oktyabrdagi 01-39-son ma’lumotnomasi). Natijada Sug‘d hamda mintaqadagi boshqa tarixiy-madaniy viloyatlar (Toxariston, Ustrushona) o‘rtasidagi migratsiya va etnomadaniy munosabatlar voha aholisining etnik assimilyasiyasiga ham ta’sir etganligi, shuningdek, bu jarayon ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar hamda madaniy almashinuviga oid ma’lumotlarni o‘rganishga hissa qo‘shgan.
Qadimgi davrlardagi migratsiya, etnomadaniy hamda ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarni Sug‘ddagi davlatchilik va boshqaruvga, shaharlar (Afrosiyob, Ko‘ktepa, Erqo‘rg‘on, Uzunqir misolida) rivojlanishiga, umuman, vohada kechgan ko‘plab tarixiy-madaniy jarayonlar taraqqiyotiga bo‘lgan sezilarli ta’siri dalillar natijasida asoslangan hamda So‘g‘ddagi ilk shaharlar rivojlanishi jadvali ishlab chiqilganligi, Sug‘d hududlarida bugungi kunga qadar olib borilgan arxeologik tadqiqotlarning natijalari hamda xulosalari, bu yo‘nalishdagi ilmiy qarashlar hamda nazariyalar davrga oid kam sonli yozma manbalar bilan qiyosiy o‘rganishlar asosida arxeologiya ma’lumotlari tarixiy voqeilikka yo‘naltirilganligiga oid ilmiy-tarixiy ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini yozishda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2023-yil 3-martdagi 02-31-350-son ma’lumotnomasi). Natijada qadimgi davrlardagi migratsiya, etnomadaniy hamda ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarni Sug‘ddagi davlatchilik va boshqaruvga, shaharlar (Afrosiyob, Ko‘ktepa, Erqo‘rg‘on, Uzunqir misolida) rivojlanishiga, umuman, vohada kechgan ko‘plab tarixiy-madaniy jarayonlar taraqqiyotiga bo‘lgan sezilarli ta’siri ko‘rsatuv mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
Sug‘d hududlarida bugungi kunga qadar olib borilgan arxeologik tadqiqotlarning natijalari hamda xulosalari, bu yo‘nalishdagi ilmiy qarashlar hamda nazariyalar davrga oid kam sonli yozma manbalar bilan qiyosiy o‘rganishlar asosida arxeologiya ma’lumotlari tarixiy voqeilikka yo‘naltirilganligi bilan bog‘liq ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini yozishda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2023-yil 3-martdagi 02-31-350-son ma’lumotnomasi). Natijada Sug‘d hududlarida bugungi kunga qadar olib borilgan arxeologik tadqiqotlarning natijalari hamda xulosalari, bu yo‘nalishdagi ilmiy qarashlar hamda nazariyalar davrga oid kam sonli yozma manbalar bilan qiyosiy o‘rganishlar asosida etkazish orqali ko‘rsatuv saviyasini yanada oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish