Matqurbonov Omon Odilbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Ilk o‘rta asrlar davrida Xorazmning Buyuk ipak yo‘lida tutgan o‘rni, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tar1030.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdullaev Utkir Ismailovich, tarix fanlari doktori(DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Koshanov Baxitbay Abdikerimovich, tarix fanlari doktori, professor; Vaisova Nodirabegim Avazovna tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ilk o‘rta asrlar davrida Xorazmning Buyuk ipak yoʻlida tutgan o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
IV-V asrlarda Amudaryo suv oqimining o‘zgarishi va bu bilan bog‘liq holda chap qirg‘oq Xorazm hamda shimoli-g‘arbiy Turkmaniston erlarining qurib qolishi natijasida Eronga yo‘nalgan savdo yo‘lining faoliyati IV-VIII asrlar davomida deyarli to‘xtab qolishi Xorazm vohasi shaharlari sonining keskin kamayib ketishiga olib kelib, faqatgina ilk o‘rta asrning so‘nggi davrlariga kelib, markazlashgan davlat mavqeining mustahkamlanishi, harbiy-siyosiy omillar sabab bu yo‘llar faoliyati yana tiklanganligi aniqlangan;
Turk xoqonligining vujudga kelishi va Eron sosoniylari bilan xalqaro savdo munosabatlaridagi raqobati natijasida Buyuk ipak yo‘lining Eron shaharlaridan o‘tadigan qismidan Vizantiya bilan aloqalar olib borishning imkoni yo‘qolgach, savdogarlar Xorazm, Kaspiy dengizining shimoliy sohillari, Kavkaz tog‘lari va Qora dengiz bo‘ylari orqali Vizantiyaga borishlari Xorazmning asosiy savdo yo‘lagi sifatidagi rolining ortishiga turtki bo‘lganligi ochib berilgan;
IX-X asrlar davomida Buyuk ipak yo‘lining janubiy tarmog‘i orqali olib borilgan savdo va diplomatik aloqalar bevosita Xorazm jamiyati rivojiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatib, jumladan, aholi uchun zarur bo‘lgan xomashyo va mahsulotlar ishchi kuchiga bo‘lgan talabni qondirish, shaharlar rivoji, mamlakat iqtisodiyoti taraqqiyoti, yangi hunarmandchilik texnologiyalarini vujudga kelishiga, shuningdek, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari bilan xalqaro savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etganligi asoslangan;
Antik davrda Xorazm vohasining ko‘chmanchi chorvadorlar bilan qalin iqtisodiy-xo‘jalik aloqalarida Amudaryoning eski o‘zani bo‘yidagi mil. avv. II-I – milodiy II-III asrlarga oid Nurum makonlari xo‘jaligi ko‘chmanchi chorvador qabilalarga hunarmandchilik, dehqonchilik va uzumchilik mahsulotlarini sotishga va o‘zaro ayirboshlashga ixtisoslashganligi qo‘shni ko‘chmanchi chorvadorlarni dehqonchilik va hunarmandchilik (kulolchilik) mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda muhim o‘rin tutganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. . Ilk o‘rta asrlar davrida Xorazmning Buyuk ipak yo‘lida tutgan o‘rni mavzusi bo‘yicha chiqarilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
IV asrda boshlangan “xalqlarning buyuk ko‘chishi” va ijtimoiy tuzumdagi inqiroziy holatlar, IV-V asrlarda Amudaryo suv oqimining o‘zgarishi va bu bilan bog‘liq holda chap qirg‘oq Xorazm hamda shimoli-g‘arbiy Turkmaniston erlarining qurib qolishi Eronga yo‘nalgan savdo yo‘lining faoliyati IV – VIII asrlar davomida deyarli to‘xtab qolishi bilan birga, Xorazm vohasi shaharlari sonining keskin kamayib ketishiga olib kelib, faqatgina ilk o‘rta asrning so‘nggi davrlariga kelib, bu yo‘llar faoliyati yana tiklanganligi bo‘yicha natijalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida “Ochiq dars” ko‘rsatuvining ssenariysini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 26-iyuldagi 06-47-994-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi teletomoshabinlarga ilk o‘rta asrlarda Xorazmning savdo aloqalari holati bo‘yicha ma’lumotlarini kengaytirishga imkon bergan;
Turk xoqonligining vujudga kelishi natijasida Xorazmning Volgabo‘yi va Sharqiy Evropa bilan savdoni rivojlantirishga intilishi, sosoniylar Eroni bilan munosabatlarning buzilishiga olib kelib, Buyuk ipak yo‘lining Eron shaharlaridan o‘tadigan qismidan Vizantiya bilan aloqalar olib borishning imkoni yo‘qolgach, savdogarlar Xorazm, Kaspiy dengizining shimoliy sohillari, Kavkaz tog‘lari va Qora dengiz bo‘ylari orqali Vizantiyaga borishlari Xorazmning asosiy savdo yo‘lagi sifatidagi rolining ortishiga turtki bo‘lganligiga oid natijalardan Xalqaro “Oltin me’ros” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyat bo‘limi qoshidagi “Avesto” muzeyida ko‘rgazmalar tashkil qilishda foydalanilgan (Xalqaro “Oltin me’ros” xayriya jamoat fondining 2023-yil 20-iyuldagi 01-40-20/07-23-son ma’lumotnomasi). Natijalar muzeyga tashrif buyuruvchilarning Xorazmning Volgabo‘yi va Sharqiy Evropa bilan savdo aloqalariga oid tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
IX-X asrlar davomida Buyuk ipak yo‘lining janubiy tarmog‘i orqali olib borilgan savdo va diplomatik aloqalar bevosita Xorazm jamiyati rivojiga ta’sir ko‘rsatib, aholi uchun zarur bo‘lgan xomashyo va mahsulotlar, ishchi kuchiga bo‘lgan talabni qondirish, shaharlar rivoji, mamlakat iqtisodiyoti taraqqiyoti, yangi hunarmandchilik texnologiyalarini vujudga kelishiga, shuningdek, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari bilan xalqaro savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yisga oid xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida “Ochiq dars” ko‘rsatuvining ssenariysini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 26-iyuldagi 06-47-994-son ma’lumotnomasi). Natijada Xorazm vohasining karvon yo‘llaridagi yirik shahar va qishloqlari ijmimoiy-iqtisodiy va madaniy aloqalarda muhum ahamiyt kasb etganligi to‘g‘risidagi qarashlarni yanada boyitishga xizmat qilgan;
Antik davrda Xorazm vohasining ko‘chmanchi chorvadorlar bilan qalin iqtisodiy-xo‘jalik aloqalarida Amudaryoning eski o‘zani bo‘yidagi mil. avv. II-I – milodiy II-III asrlarga oid Nurum makonlari xo‘jaligi ko‘chmanchi chorvador qabilalarga hunarmandchilik, dehqonchilik va uzumchilik mahsulotlarini sotishga va o‘zaro ayirboshlashga ixtisoslashganligi Xorazmga qo‘shni bo‘lgan ko‘chmanchi chorvadorlarning dehqonchilik va hunarmandchilik (kulolchilik) mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda muhim o‘rin tutganligiga oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari akademiyasida 2021-2022-yillarda bajarilgan fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023-yil 18-iyuldagi 10/1188-son ma’lumotnomasi). Natijalar loyiha doirasida tayyorlangan dastur, monografiya va elektron resurslarni mazmunan boyitish imkonini bergan.