Ibodova Dilnoza Ibodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Mintaqani rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning raqobatbardoshligini oshirish yo‘llari (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt1647.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05
Rasmiy opponentlar: Qodirov Abdurashid Madjitovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Valiev Bobur Batirovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyatini rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni mazkur yo‘nalishdagi asosiy chora-tadbirlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik raqobatbardoshligini oshirish strategiyasining konseptual asoslari, iqtisodiy tizimlar rivojlanishining yangi an’analari, jumladan, intellektual mulk, innovatsiyalar va raqamlashtirishni hisobga olgan holda mintaqaviy strategiyalarni amalga oshirish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
Qashqadaryo viloyati iqtisodiyotining soha va tarmoqlarida innovatsion va raqamlashtirish yo‘nalishini rivojlantirish orqali kichik biznes va xususiy tadbirkorlik raqobatbardoshligini oshirishga yirik biznes faoliyati bilan o‘zaro bog‘liqlikning maqbul nisbatlari (Ninn=45÷55; Nraq=32÷68)ni ta’minlash orqali erishish asoslangan;
Qashqadaryo viloyati iqtisodiyoti tarkibiy tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida xizmatlar sohasi va sanoat tarmog‘ini salmog‘i o‘rtasidagi (X=70,4; S=22,4) mutanosiblikni (X=65,0; S=35,0) nisbatga etkazish orqali jadal rivojlantirishni ta’minlash asoslangan;
Qashqadaryo viloyati iqtisodiyotining ichki va tashqi imkoniyatlari, resurslar ta’minoti, xizmatlar sohasi va sanoati rivojlanganligiga ko‘ra mintaqaning ixtisoslashuvi, raqobat ustunliklari va rivojlanish dinamikasi asosida o‘sish nuqtalarini amalga oshirishning 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qashqadaryo viloyatini rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish” tushunchasining iqtisodiy mazmunini mazkur yo‘nalishdagi asosiy chora-tadbirlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik raqobatbardoshligini oshirish strategiyasining konseptual asoslari, iqtisodiy tizimlar rivojlanishining yangi an’analari, jumladan, intellektual mulk, innovatsiyalar va raqamlashtirishni hisobga olgan holda mintaqaviy strategiyalarni amalga oshirish nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Mintaqaviy boshqaruv va hududiy rejalashtirish” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2022-yil 24- oktyabrdagi 328-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda asosiy chora-tadbirlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik raqobatbardoshligini oshirish strategiyasining konseptual asoslari, iqtisodiy tizimlar rivojlanishining yangi an’analarini hisobga olgan holda mintaqaviy strategiyalarni amalga oshirish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tushunchasining iqtisodiy mazmuni yuzasidan nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
Qashqadaryo viloyati iqtisodiyotining soha va tarmoqlarida innovatsion va raqamlashtirish yo‘nalishini rivojlantirish orqali kichik biznes va xususiy tadbirkorlik raqobatbardoshligini oshirishga yirik biznes faoliyati bilan o‘zaro bog‘liqlikning maqbul nisbatlari (Ninn=45÷55; Nraq=32÷68)ni ta’minlash orqali erishish taklifi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 26 martdagi 08/30-1-6566-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida viloyatda ilmiy tadqiqot doirasida mintaqada tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va startaplarni qo‘llab-quvvatlash hamda yirik biznes bilan kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishning yangi instrumentlarini amaliyotga joriy etish imkoni yaratilgan;
Qashqadaryo viloyati iqtisodiyoti tarkibiy tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida xizmatlar sohasi va sanoat tarmog‘ini salmog‘i o‘rtasidagi (X=70,4; S=22,4) mutanosiblikni (X=65,0; S=35,0) nisbatga etkazish orqali jadal rivojlantirishni ta’minlash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 apreldagi 201-son qarori loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 26 martdagi 08/30-1-6566-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida xizmatlar sohasi va sanoat tarmog‘ini salmog‘i o‘rtasidagi maqbul mutanosiblikni ta’minlash orqali rivojlantirish imkoni yaratilgan;
Qashqadaryo viloyati iqtisodiyotining ichki va tashqi imkoniyatlari, resurslar ta’minoti, xizmatlar sohasi va sanoati rivojlanganligiga ko‘ra mintaqaning ixtisoslashuvi, raqobat ustunliklari va rivojlanish dinamikasi asosida o‘sish nuqtalarini amalga oshirishning 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 26 martdagi 08/30-1-6566-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlarni kompleks rivojlantirish, o‘sish nuqtalari va raqobat ustunliklarini aniqlash, tadbirkorlikka qulay shart-sharoitlar yaratish borasida normativ-huquqiy hujjatlar, chora-tadbirlar va yo‘l xaritalari ishlab chiqish imkoni yaratilgan.