Rahmatov Erkin Tagaymuradovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alouddin Attorning naqshbandiya ta’limoti rivojidagi o‘rni”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2. PhD/Fal866
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Negmatova Shaxzoda Shuxratovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Sharipova Oygul Tursunovna, falsafa fanlari doktori, dotsent: Amonov Mehrojiddin Uzbekovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Alouddin Attorning naqshbandiylik ta’limoti rivojidagi rolini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xoja Muhammad Porsoning “Risolai qudsiya” asari asosida Alouddin Attor tomonidan Bahouddin Naqshbandning “Qudsiy kalimalari” jamlanib, naqshbandiya tariqatining tarbiya va poklanishga qaratilgan so‘fiyona tajribalari, inson kamolotining ruhiy-ma’naviy yuksalish yo‘llari, “irshod” va “irfon”, pok qalb bilan saodat topish tamoyillarini ilgari surganligi asoslab berilgan;
Alouddin Attorning shaxsiyati, geneologiyasi, asarlaridagi shajaraviy, muridlik, murshidlik aloqalari hamda yaxshilik va yomonlik, qalbni ogoh etish, nafsni tarbiya etish, halol mehnatga oid axloqiy g‘oyalari “Maqomoti Xoja Bahouddin Naqshband”, “Maqomoti Alouddin Attor”, “Nasoyim ul-muhabbat” va “Tuhfatul zoirin” kabi ilmiy-tasavvufiy manbalar asosida ochub berilgan;
Alouddin Attorning 27 banddan iborat Naqshbandiya ta’limotini yangi g‘oyalar bilan boyitgan irfoniy-falsafiy “rashha”lari (qoidalar) tariqatdagi “pir-murid”, “murshid-solik” an’analarining ma’rifiy jamiyatda “ustoz-shogird” tamoyili asosida yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatishda, insonni kamolga etkazishda muhim rol o‘ynashi va haqiqatni anglashning hayotbaxsh uslubi ekanligi aniqlashtirilgan;
Alouddin Attorning “ijtimoiy murosasozlik” konsepsiyasidagi jamiyat taraqqiyotini ta’minlash tamoyillari (maslahat, kelishish, sheriklik, hamkorlik, o‘zaro yaqin qo‘shnichilik, tinchliksevarlik) hamda inson ma’naviy olamini poklash, ratsional va irratsional bilish, intellektual, kreativ tafakkur, yuksak ma’rifat, mustahkam e’tiqod, adolat, bag‘rikenglik, hushyorlik va vaqtni qadrlash, rizo kabi g‘oyalarining Yangi O‘zbekistonda “ezgulik va insonparvarlik” tamoyiliga asoslangan ma’rifatli jamiyat barpo etish konsepsiyasiga adekvat ekanligi mantiqiy dallilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alouddin Attorning naqshbandiyik ta’limoti rivojidagi o‘rnini tadqiq etish natijalari asosida:
Xoja Muhammad Porsoning “Risolai qudsiya” asari asosida Alouddin Attor tomonidan Bahouddin Naqshbandning “Qudsiy kalimalari” jamlanib, naqshbandiya tariqatining tarbiya va poklanishga qaratilgan so‘fiyona tajribalari, inson kamolotining ruhiy-ma’naviy yuksalish yo‘llari, “irshod” va “irfon”, pok qalb bilan saodat topish tamoyillarini ilgari surganligiga oid nazariy umumlashmalar va xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom al-Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi faoliyatida, jumladan “Xoja Bahouddin Naqshband” risolasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom al-Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining 2023-yil 25-sentyabrdagi 02/452-son ma’lumotnomasi). Natijada, taklif va tavsiyalar aholi orasida tasavvuf allomalari merosidagi ma'naviy-axloqiy, tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
Alouddin Attorning shaxsiyati, geneologiyasi, asarlaridagi shajaraviy, muridlik, murshidlik aloqalari hamda yaxshilik va yomonlik, qalbni ogoh etish, nafsni tarbiya etish, halol mehnatga oid axloqiy g‘oyalari “Maqomoti Xoja Bahouddin Naqshband”, “Maqomoti Alouddin Attor”, “Nasoyim ul-muhabbat” va “Tuhfatul zoirin” kabi ilmiy-tasavvufiy manbalar asosida ochib berilganligiga doir ilmiy yangilik, metodologik tavsiyalari hamda amaliy takliflardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-11 raqamli “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlari kompleksining elektron-transdisiplinar platformasini yaratish”' mavzusidagi amaliy ilmiy- tadqiqot loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2023-yil 8-noyabrdagi 01/10-11-7489-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot toyihasini yanada takomillashtirishga hamda Alouddin Attorning yetakchilik (murshidlik) faoliyati, naqshbandiya ta’limotining rivojidagi mavqei, irfoniy-falsafiy qarashlari diniy va dunyoviy qadriyatlar integratsiyasini takomillashuviga xizmat qilgan;
Alouddin Attorning 27 banddan iborat Naqshbandiya ta’limotini yangi g‘oyalar bilan boyitgan irfoniy-falsafiy “rashha”lari (qoidalar) tariqatdagi “pir-murid”, “murshid-solik” an’analarining ma’rifiy jamiyatda “ustoz-shogird” tamoyili asosida yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatishda, insonni kamolga etkazishda muhim rol o‘ynashi va haqiqatni anglashning hayotbaxsh uslubi ekanligi aniqlashtirilganligiga oid xulosalardan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatida, jumladan buyurtma asosida tayorlangan “Xoja Alouddin Attor” nomli kitob tayyorlash va fond katalogini shakllantirishda foydalanilgan (Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023-yil 8-fevraldagi 01-07/25-son ma’lumotnomasi). Natijada, kitobxonlar alloma axloqiy qarashlarining qiyosiy tahliliga oid yangiliklar, ularning mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirilgan va bilimi oshishiga, islom falsafasi va tasavvufga oid ilmiy to‘plam va kitoblarni boyitishga xizmat qilgan;
Alouddin Attorning “ijtimoiy murosasozlik” konsepsiyasidagi jamiyat taraqqiyotini ta’minlash tamoyillari (maslahat, kelishish, sheriklik, hamkorlik, o‘zaro yaqin qo‘shnichilik, tinchliksevarlik) hamda inson ma’naviy olamini poklash, ratsional va irratsional bilish, intellektual, kreativ tafakkur, yuksak ma’rifat, mustahkam e’tiqod, adolat, bag‘rikenglik, hushyorlik va vaqtni qadrlash, rizo kabi g‘oyalarining Yangi O‘zbekistonda “ezgulik va insonparvarlik” tamoyiliga asoslangan ma’rifatli jamiyat barpo etish konsepsiyasiga adekvat ekanligiga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi faoliyatida, jumladan 2023-yil 28-iyul kuni efirga uzatilgan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining“Taqdimot” hamda “O‘zbekiston 24” telekanalining “Denov: kecha va bugun” teleko‘rsatuvlari dasturi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 20-sentyabrdagi 02-06-1423-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalqimiz, o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash zarurligi, yoshlarni sabrlilik, shukronalik ruhida tarbiyalashda eng samarali, maqbul usullari haqidagi xulosalar teletomoshabinlarga kerakli ma’lumotlarni olish imkoniyatini berib, ko‘rsatuvlarning ilmiyligi va ommabopligini ta’minlashga xizmat qilgan.