Ryabova Marina Sergeevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Er-xotinlarda normativ inqirozlarni engishning tizimli oilaviy omillari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/P117.
Ilmiy rahbar: Karamyan Marietta Xachaturovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01 (bir martalik ilmiy kengash)
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Shoira Xomidovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Xrulnova Gelena Vyachaslavovna, psixologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi er-xotinlar tomonidan normativ inqirozlarni engishda tizimli tavsiflar rolini nazariy-metodologik va empirik jihatdan asoslash hamda er-xotinlarda samarali koping-strategiyalarni shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Normativ inqirozning er-xotinlarga stressli ta’sirini baholash» mualliflik so‘rovnomasidan foydalanish natijasida, oilaviy hayot siklining har bir bosqichida stressni boshdan kechirish, «Oila tarixi va oilaviy an’analar diagnostikasi» mualliflik so‘rovnomasi aprobatsiyasi tufayli oila tarixining xususiyatlari «oila tarixini bilish», «oilaviy chegaralarning o‘tkazuvchanligi», «qarindoshlar bilan hamjihatlik» va «oilaviy axloqiy», mehnat, professional, maishiy, madaniy-hordiq chiqarish, milliy-diniy an’analar, oilaviy bayramlar tipologiyasi differensial tarzda namoyon bo‘lishi isbotlangan;
oilaviy hayot siklining bosqichiga ko‘ra, bolalar tug‘ilguncha bo‘lgan bosqichda jipslikning kuchayishi, kichik yoshdagi va o‘smirlik davridagi bolali oilalar bilan oilaviy hayot siklining turli bosqichlarida er-xotinlarning maishiy-xo‘jalik ro‘lini bajarilishi, mehnat an’analari, muloqotning psixoterapevtikligiga doir kutuvlar, oilaviy hayot siklining kechki bosqichlarida oila chegaralari o‘tkazuvchanligi, turmush o‘rtog‘i bilan identifikatsiya qilish, moslashuvchanlik va egalitarlikning ortishida ifodalanadigan tizimli oilaviy omillarning spesifik ro‘li aniqlangan;
oilaviy xususiyatlarning konstruktiv ifodalanganligiga ta’sir qiladigan oilaviy topografiya – oilaning jipslik darajasining oshishi bilan o‘zini olib qochish koping strategiyasining pasayishi; oilaviy mikrodinamika – ishonch, o‘zaro tushunish, er-xotinlik muloqotining psixoterapevtikligining oshishi bilan diadik kopingni kuchayishi; oilaviy makrodinamika – ayollarda otaning qarindoshlari bilan identifikatsiya qilishi, erkaklarda onaning figurasi bilan identifikatsiya qilishi umumiy diadik darajasining oshishi; oilaviy ideologiya – oilaviy an’anlar juftining faolligini kutib o‘tirmasdan turmush o‘rtoqlarning o‘zi hamkorlikda qiyinchiliklarni engib o‘tishga tayyorligining oshishiga yordam berishi tufayli er-xotinlik va diadik engish omillari sifatida tizimli oilaviy xususiyatlar empirik jihatdan asoslangan;
er-xotinlarda oilaviy inqirozlarni engish determinansiyasini modeli obektiv (jins va oilaviy hayot siklining bosqichi) va subektiv (hamjihatlik, moslashish, er-xotinlar muloqoti, oiladagi rollarni taqsimlash, oila tarixi va oilaviy an’analar, normativ inqirozning stress darajasini baholash) omillar asosida takomillashtirilib, normativ inqirozlarni engish bo‘yicha oilada umumiy qiziqishlar va qadriyatlarni shakllantirish, kasbiy va ota-onalik vazifalarini uyg‘unlashtirish hamda konsturktiv er-xotinlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Normativ inqirozlarni engishning tizimli oilaviy xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Normativ inqirozning er-xotinlarga stressli ta’sirini baholash» mualliflik so‘rovnomasidan foydalanish natijasida, oilaviy hayot siklining har bir bosqichida stressni boshdan kechirish, «Oila tarixi va oilaviy an’analar diagnostikasi» mualliflik so‘rovnomasi aprobatsiyasi tufayli oila tarixining xususiyatlari «oila tarixini bilish», «oilaviy chegaralarning o‘tkazuvchanligi», «qarindoshlar bilan hamjihatlik» va «oilaviy axloqiy», mehnat, professional, maishiy, madaniy-hordiq chiqarish, milliy-diniy an’analar, oilaviy bayramlar tipologiyasi differensial tarzda namoyon bo‘lishi isbotlanganligiga doir takliflar «Oila va gender» Ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatida oilalarga psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatish amaliyotiga kiritilgan («Oila va xotin-qizlar» Ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 19 sentyabrdagi 01-09/1617/1-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliy psixologlar faoliyatida oila faoliyatining differensial diagnostikasini olib borish imkoni yaratilgan;
bolalar tug‘ilguncha bo‘lgan bosqichda jipslikning kuchayishi, kichik yoshdagi va o‘smirlik davridagi bolali oilalar bilan oilaviy hayot siklining turli bosqichlarida er-xotinlarning maishiy-xo‘jalik ro‘lini bajarilishi, mehnat an’analari, muloqotning psixoterapevtikligiga doir kutuvlar, oilaviy hayot siklining kechki bosqichlarida oila chegaralari o‘tkazuvchanligi, turmush o‘rtog‘i bilan identifikatsiya qilish, moslashuvchanlik va egalitarlikning ortishida ifodalanadigan tizimli oilaviy omillarning spesifik ro‘li aniqlanganligiga oid takliflar «Oila va gender» Ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatida oilalarga maqsadli psixologik va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish amaliyotida qo‘llaniladi («Oila va xotin-qizlar» Ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 19 sentyabrdagi 01-09/1617/1-son ma’lumotnomasi). Natijada oila bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislarning hayot siklining turli bosqichlarida oila faoliyatida tizimli oilaviy omillarning roli to‘g‘risida xabardorligini oshirishga yordam bergan;
oilaviy xususiyatlarning konstruktiv ifodalanganligiga ta’sir qiladigan oilaviy topografiya – oilaning jipslik darajasining oshishi bilan o‘zini olib qochish koping strategiyasining pasayishi, oilaviy mikrodinamika – ishonch, o‘zaro tushunish, er-xotinlik muloqotining psixoterapevtikligining oshishi bilan diadik kopingni kuchayishi, oilaviy makrodinamika – ayollarda otaning qarindoshlari bilan identifikatsiya qilishi, erkaklarda onaning figurasi bilan identifikatsiya qilishi umumiy diadik darajasining oshishi, oilaviy ideologiya – oilaviy an’anlar juftining faolligini kutib o‘tirmasdan turmush o‘rtoqlarning o‘zi hamkorlikda qiyinchiliklarni engib o‘tishga tayyorligining oshishiga yordam berishi tufayli er-xotinlik va diadik engish omillari sifatida tizimli oilaviy xususiyatlar empirik jihatdan asoslanganligiga oid ma’lumotlar «Oila va gender» Ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatida oilalarga qiyin hayotiy vaziyatlarda yordam ko‘rsatish jarayoniga kiritilgan («Oila va xotin-qizlar» Ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 19 sentyabrdagi 01-09/1617/1-son ma’lumotnomasi). Natijada oila bilan psixologik va ijtimoiy ishlash jarayonida konstruktiv oilaviy va diadik koping strategiyalari ko‘rinishida maqsadlarni aniq belgilash imkoni yaratilgan;
er-xotinlarda oilaviy inqirozlarni engish determinansiyasini modeli obektiv (jins va oilaviy hayot siklining bsqichi) va subektiv (hamjihatlik, moslashish, er-xotinlar muloqoti, oiladagi rollarni taqsimlash, oila tarixi va oilaviy an’analar, normativ inqirozning stress darajasini baholash) omillar asosida takomillashtirilgani holda, normativ inqirozlarni engish bo‘yicha oilada umumiy qiziqishlar va qadriyatlarni shakllantirish, professional va ota-onalik balansini ta’minlash hamda konsturktiv er-xotinlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha tizimli tavsiyalar ishlab chiqilganligiga doir takliflar «Oila va gender» Ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatida qo‘llaniladi («Oila va xotin-qizla» Ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 19 sentyabrdagi 01-09/1617/1-son ma’lumotnomasi). Bu mutaxassislar tomonidan er-xotinlarga taqdim etiladigan oilaviy normativ inqirozlarini engib o‘tish bo‘yicha tavsiyalar samaradorligini oshirishga yordam bergan.