Ismailov Farrux Isroil o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchi-regbichilarning boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida harakat tezkorligini rivojlantirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1846.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy rahbar: Gapparov Xafiz Zaxidovich, pedagogika fanlar nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Ishtaev Javlon Mavlonboevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Tulyaganov Shuxrat Furkatovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi regbichilarni harakat tezkorligini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
regbi sport turini ommaviylashtirish uchun tezkorlik qobiliyatini rivojlantirush maqsadida ishlab chiqilgan (qarovch, paen va set kabi) mashqlar kompleksini regbichilarning umumiy jismoniy tayyorgarligini rivonlantirishga qaratilgan mashg‘ulot kunlariga kiritish hisobiga regbichilar harakatini bevosita amalga oshirish samaradorligi bog'liq bo'lgan maxsus (bajarilishning vaqtinchalik, fazoviy va vaqt tamoyillariga qo'yiladigan talablarni bajarish kabi) fazilatlar va qobiliyatlar samaradorligi oshirilgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik guruhiga regbichilarni saralash uchun morfofunksional ko‘rsatkichlarini inobatga olib, yosh xususiyati va fiziologik tizim (prepubertat, jismoniy rivojlanish hamda postpubertat) fazalarini aniqlash hisobiga istiqbolli sportchilarni tayyorlash imkoniyati oshirilgan;
raqib jamoasi xato harakatlari yo‘l qo‘yilgani aniqlangan vaqtda vaziyatni tez va to'g'ri baholash, muayyan o'yin vaziyati (taktika jihati) uchun saralangan hujum yoki himoya harakatini tanlash samarali qo'llash qobiliyati regbi sport turida texnik tayyorgarlik xususiyatlarini o‘yin jarayonida namoyon etish imkoniyalari kengaytirilgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi o‘quvchi-regbichilarning maxsus tayyorgarligini takomillashtirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulot jarayonida beldan va oyoqdan ushlash holati kabi turli uslublarni bajarish yordamida murakkab-taktik harakatlarni o‘zlashtirish bilan hujum harakatlarini rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchi-regbichilarning boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida harakat tezkorligini rivojlantirish yuzasidan o‘tkazilgan tajribalar asosida:
regbi sport turini ommaviylashtirish uchun tezkorlik qobiliyatini rivojlantirush maqsadida ishlab chiqilgan (qarovch, paen va set kabi) mashqlar kompleksi Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida taxsil olayotgan o‘quvchilarning regbi mashg‘uotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021-yil 2-dekabrdagi 03-17-02/11252-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchi-regbichilarda o‘yin davomidagi tezkorlik sifati 8% ga oshgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik guruhiga regbichilarni saralash uchun morfofunksional ko‘rsatkichlarini inobatga olib, yosh xususiyati va fiziologik tizim (prepubertat, jismoniy rivojlanish hamda postpubertat) fazalarini aniqlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Urganch shahar “Yoshlik sport majmuasi”da sport o‘yinlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabining o‘quv va ilmiy jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021-yil 2-dekabrdagi 03-17-02/11252-son ma’lumotnomasi). Natijada tezkorlikni oshirish bo‘yicha kompleks mashqlarni qo‘llagan holda tezkorlik bo‘yicha o‘quvchi-regbichilarning malakasi 12% ga, regbining qadriyatlaridan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalari 10 % ga hamda o‘quvchi-regbichilarning jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari va tezkorlik ko‘rsatkichlari 12 % ga oshgan;
raqib jamoasi xato harakatlari yo‘l qo‘yilgani aniqlangan vaqtda vaziyatni tez va to'g'ri baholash, muayyan o'yin vaziyati (taktika jihati) uchun saralangan hujum yoki himoya harakatini tanlash samarali qo'llash qobiliyati regbi sport turida texnik tayyorgarlik xususiyatlarini o‘yin jarayonida namoyon etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Urganch shahar “Olimpiya va milliy sport turlariga” ixtisoslashtirilgan davlat maktab internati o‘quv va ilmiy jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021-yil 2-dekabrdagi 03-17-02/11252-son ma’lumotnomasi). Natijada Urganch shahar “Olimpiya va milliy sport turlariga” ixtisoslashtirilgan davlat maktab internati o‘quvchi-regbichilar hamda murabbiylarining regbini yanada ommalashtirish bo‘yicha va harakat tezkorlikni oshirish bo‘yicha bilimlari 8 % ga, o‘quvchi-regbichilarning kreativ fikrlash ko‘nikmalari 5% ga hamda jamoaviy texnik-taktik tayyorgarlik ko‘rsatkichlari 3 % ga rivojlangan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi o‘quvchi-regbichilarning maxsus tayyorgarligini takomillashtirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulot jarayonida beldan va oyoqdan ushlash holati kabi turli uslublarni bajarish bo‘yicha taklif va tavsiyalar nazariy va amaliy jihatdan “Regbi nazariyasi va uslubiyati” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi “429”-son buyrug‘i asosida taqdim etilgan guvohnomasi). Natijada regbi sport turiga qiziqishi bor yoshlarning umumiy soni 5% ga oshgan.