Xojanov Baxadir Keunimjaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida yuqori sinf o‘quvchilarini ekologik targ‘ibotchilik faoliyatiga tayyorlashning pedagogik mexanizmini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2401.
Ilmiy rahbar: Pazilova Meruert Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Rahmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor;  Utemuratova Gulshirin Najimatdinovna, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarni ekologik targ‘ibotchilik faoliyatiga tayyorlashning pedagogik mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni ekologik targ‘ibotchilik faoliyatiga tayyorlashning pedagogik-psixologik xususiyatlari ekologik madaniyatni rivojlantirish tamoyillari bilan “inson, tabiyat va jamiyat” tizimining koevolyusion konsepsiyasining birligi asosida  “ekologik ong - ekologik xulq - ekologik faoliyat”ning implisitligini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarni ekologik targ‘ibotchilik faoliyatga tayyorlash mazmuni va didaktik yo‘nalishlari targ‘ibotchilik ta’sirga (ma’qul va noma’qul) ega bo‘lgan darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida ekoblogerlik va ekovolontyorlik faoliyatga yo‘naltiruvchi “Yosh ekolog-targ‘ibotchilar” to‘garagi faoliyatini tashkil etish texnologiyasini loyihalash va uning produktivlik darajasini baholash orqali takomillashtirilgan;
darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonini tashkil etish orqali o‘quvchilarni ekologik targ‘ibotchilik faoliyatiga tayyorlash modeli ekologik targ‘ibotchilikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan maqsadli, metodologik, mazmunli va natijaviy bloklarning yaxlitligini xolizm tamoyili asosida o‘quvchilarda ekologik-targ‘ibotchilikga doir bilim, mas’uliyat va faoliyatni tarkib toptirishga yo‘naltirish orqali takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarini ekologik targ‘ibotchilik faoliyatiga tayyorlash texnologiyasi ekologik bilimlar tizimi asosida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning darsdan, sinfdan va  maktabdan tashqari shakllarini ekologik targ‘ibotchilik faoliyatiga tayyorlash yo‘nalishlari (ilmiy, ma’naviy, amaliy) bilan uzviy bog‘liqligini dinamik ta’minlash hamda diagnostik bazani tizimli qo‘llash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarni ekologik targ‘ibotchilik faoliyatiga tayyorlashning pedagogik mexanizmini takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni ekologik targ‘ibotchilik faoliyatiga tayyorlashning pedagogik-psixologik xususiyatlarini ekologik madaniyatni rivojlantirish tamoyillari bilan “inson, tabiyat va jamiyat” tizimining koevolyusion  konsepsiyasining  birligi  asosida  “ekologik ong - ekologik xulq - ekologik faoliyat”ning implisitligini ta’minlash orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida olib borilgan I1-XT-0-17222 - raqamli “Qoraqalpog‘iston milliy mentalitetini o‘quvchi yoshlarga singdirishda xalq pedagogikasi imkoniyatlaridan foydalanish” mavzusidagi fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 29-fevraldagi 11-05-951/04-son dalolatnomasi). Natijada o‘quvchilarni ekologik targ‘ibotchilik faoliyatiga tayyorlashning nazariy asoslarini takomillashtirishga erishilgan;
o‘quvchilarni ekologik targ‘ibotchilik faoliyatga tayyorlash mazmuni va didaktik yo‘nalishlarini targ‘ibotchilik ta’sirga (ma’qul va noma’qul) ega bo‘lgan darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida ekoblogerlik va ekovolontyorlik faoliyatga yo‘naltiruvchi “Yosh ekolog-targ‘ibotchilar” to‘garagi faoliyatini tashkil etish texnologiyasini loyihalash va uning produktivlik darajasini hisobga olgan holda baholash orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida  amalga oshirilgan A1-XT-0-92997- raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 29-fevraldagi 11-05-951/04-son dalolatnomasi). Natijada o‘quvchilarda ekologik-targ‘ibotchilikka oid motivatsiyalarning shakllanishi va kreativ fikrlashning rivojlanishiga erishilgan;
darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonini tashkil etish orqali o‘quvchilarni ekologik targ‘ibotchilik faoliyatiga tayyorlash modelini ekologik targ‘ibotchilikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan maqsadli, metodologik, mazmunli va natijaviy bloklarning yaxlitligini xolizm tamoyili asosida takomillashtirish hamda umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarini ekologik targ‘ibotchilik faoliyatiga tayyorlash texnologiyasini ekologik bilimlar tizimi asosida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning darsdan, sinfdan va  maktabdan tashqari shakllarini ekologik targ‘ibotchilik faoliyatiga tayyorlash yo‘nalishlari (ilmiy, ma’naviy, amaliy) bilan uzviy bog‘liqligini dinamik ta’minlash hamda diagnostik bazani tizimli qo‘llash orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Pedagogika nazaryýeti we taryhy”  nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-son buyrug‘i, 212682-raqamli guvohnomasi). Natijada ta’lim-tarbiya jarayonlarini o‘quvchilarda ekologik-targ‘ibotchilik faoliyatiga tayyorlash mexanizmini takomillashtirishga doir didaktik materiallar bilan ta’minlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish