Mamatkulova Saida Shukurjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz tilida so‘z va gaplarni qo‘llashda grammatik normadan chetga chiqishlar lingvistik muammo sifatida”, 10.00.11. – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1198.
Ilmiy rahbar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Rahimov G‘anisher Xudaykulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xolmurodova Leyla Eshquvvatovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz tili misolida poetik va og‘zaki so‘zlashuv nutqiga xos til birliklaridagi grammatik normadan chetga chiqishlar va ularning xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tili misolida grammatik normadan chetlashishlarning tipologik xususiyatlariga oid normalanmagan hodisalarning paydo bo‘lishi tilning kommunikativ funksiyasi va nutqiy unsurlarni tejash tamoyiliga asosan nostandart til vositalarini yaratish jarayonida normadan chetlashishlarni keltirib chiqarishi isbotlangan;
aniqlik/noaniqlik kategoriyasi doirasida otlarning predikativ pozisiyada postpozitiv, aniqlovchi enough tufayli o‘z xususiyatlarni yo‘qotishi umumkategorial predmetlik ma’nosining sifat xususiyatiga aylanishi predikatsiyaning ot orqali ifodalanishida harakat substantiv birikmaga o‘zgarishi isbotlangan;
sifat darajalarini hosil qilishda normadan ma’lum chetlashishlar mavjud sintetik qator o‘rniga kodifikatsiyalanmagan artiklli/artiklsiz shakllarining umumiste’molga kirib borishi analitik variantlarning qo‘llanishi, muallifning nostandart, original yondashuvi orqali okkazional ad’ektivlashish jarayonining yuzaga kelishi uslubiy jihatdan norma ekanligi aniqlangan;
normalanmagan yangi til birliklarining hosil bo‘lish usullari, ularning kelib chiqish sabablarini umumlashtiruvchi nogrammatiklik, asemantiklik va nomantiqiylik tamoyillariga amal qilishi tilning kommunikativ vazifasiga bog‘liq holda matnni (xabarni) idrok qilish va tushunish imkoniyatining majburiy sharti bilan belgilanishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilida so‘z va gaplarni qo‘llashda grammatik normadan chetga chiqishlar lingvistik muammo sifatida mavzusi yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
ingliz tili misolida grammatik normadan chetlashishlarning tipologik xususiyatlariga oid normalanmagan hodisalarning paydo bo‘lishi tilning kommunikativ funksiyasi va nutqiy unsurlarni tejash tamoyiliga asosan nostandart til vositalarini yaratish jarayonida normadan chetlashishlarni keltirib chiqarishga oid takliflar va ilmiy xulosalardan Farg‘ona davlat universitetining OT-201751462 “Yoshlarga til o‘rgatishda mavjud muammolarning fundamental echimlarini ishlab chiqish” fundamental loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligining 2021 yil 27 sentyabrdagi 02-15/5441-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu loyiha doirasida talabalarning fanga oid kompetensiyalarini rivojlantirishga mo‘ljallangan qo‘llanmalar tayyorlashda foydalanilgan;
aniqlik/noaniqlik kategoriyasi doirasida otlarning predikativ pozisiyada postpozitiv, aniqlovchi enough tufayli o‘z xususiyatlarni yo‘qotishi umumkategorial predmetlik ma’nosining sifat xususiyatiga aylanishi predikatsiyaning ot orqali ifodalanishida harakat substantiv birikmaga o‘zgarishi takliflar va ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi dasturda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligining 2021 yil 22 oktyabrdagi 05-12-10-4733-son ma’lumotnomasi). Natijada jamiyatda kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturining takomili bo‘yicha tavsifiy ma’lumotlar kengaygan;
sifat darajalarini hosil qilishda normadan ma’lum chetlashishlar mavjud sintetik qator o‘rniga kodifikatsiyalanmagan artiklli/artiklsiz shakllarining umumiste’molga kirib borishi analitik variantlarning qo‘llanishi, muallifning nostandart, original yondashuvi orqali okkazional ad’ektivlashish jarayonining yuzaga kelishi uslubiy jihatdan norma ekanligiga oid takliflar va ilmiy xulosalardan Farg‘ona davlat universitetining OT-201751462 “Yoshlarga til o‘rgatishda mavjud muammolarning fundamental echimlarini ishlab chiqish” fundamental loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligining 2021 yil 27 sentyabrdagi 02-15/5441-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu loyiha doirasida talabalarning leksik, grammatik, lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirishga mo‘ljallangan ilmiy dasturlar tuzishda foydalanilgan;
normalanmagan yangi til birliklarining hosil bo‘lish usullari, ularning kelib chiqish sabablarini umumlashtiruvchi nogrammatiklik, asemantiklik va nomantiqiylik tamoyillariga amal qilishi tilning kommunikativ vazifasiga bog‘liq holda matnni (xabarni) idrok qilish va tushunish imkoniyatining majburiy sharti bilan belgilanishiga oid xulosalaridan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zolari tariximiz va madaniyatimizni ask eytiruvchi badiiy asarlar, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini o‘tkazish chora-tadbirlarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2013 yil 12 dekabrdagi 01-03/3224-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh yozuvchilar uchun nazariy manbalar bo‘yicha tavsifiy ma’lumotlar kengayishiga xizmat qilgan.