Nazarova Zilola Xayrullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bokschi yoshlarning sport muvaffaqiyatiga erishishida motivatsiyaning o‘rni (ilk o‘spirin va o‘spirinlar)», 19.00.06. – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/P262.
Ilmiy rahbar: Shoumarov G‘ayrat Bahromovich, psixologiya fanlar doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Nodira G‘ayratovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Arziqulov Dilshod Ne’matovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bokschi yoshlarning sport muvaffaqiyatiga erishishida motivatsiyaning ahamiyatliligini ochib berish va zarur amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bokschi yoshlarning sport muvaffaqiyatiga erishishida maqsadga intilishning qadriyatlarga uyg‘unlashuvi, iroda kuchi hamda faoliyatdan emotsional zavqlanish, raqib bilan to‘qnash kelganda hissiy holatni engib o‘ta olish ko‘nikmasining darajaviy ifodalanishidagi tafovutlar tufayli mag‘lubiyatdan qochish motivatsiyasining namoyon bo‘lishidagi gender farqlarning mavjudligi dalillangan;
bokschi yoshlarning sport faoliyati bilan shug‘ullanishidagi motivatsiyaning yoshga oid xususiyatlariga ko‘ra erishilgan ko‘rsatkichlarning shaxs motivatsion tuzilmasiga “tasodifiylik” tamoyili, vaziyatga, shaxsiy imkoniyatlariga bog‘liq holda integratsiyasi tufayli ilk o‘spirinlarda “natija qonuniyati” motivining ustuvor harakterga ega ekanligi asoslangan;
bokschi yoshlarning sportda erishgan yutuqlarini darajasiga ko‘ra muvaffaqiyatga intilish motivatsiyasi, ichki, o‘zini qadrlash va musobaqalashuv motivlarining xalqaro toifadagi sport ustalarida, qochish motivi birinchi toifadagi, bilish motivi ikkinchi toifadagi sport ustasining faoliyatida ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli sportchilarda frustratsiya holatini ifodalanishida differensial farqlarning mavjudligi isbotlangan;
shaxsning motivatsion sohasi strukturasining maqsadli, kognitiv, emotsional, xulq-atvor komponentlariga korreksion-adaptiv ta’sir etish natijasida o‘ziga ishonch, maqsadga yo‘nalganlik, omadga intilish motivini faoliyatdan zavqlanishni ifodalovchi praksik hislarga bog‘liq ravishda ustuvor rivojlanishi tufayli sportchilardagi mag‘lubiyatdan qochish hamda frustratsiya holatining pasayishi mumkinligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bokschi yoshlarning sport muvaffaqiyatiga erishishida motivatsiyaning o‘rni (ilk o‘spirin va o‘spirinlar) tadqiq etish asosida:
bokschi yoshlarning sport muvaffaqiyatiga erishishida maqsadga intilishning qadriyatlarga uyg‘unlashuvi, iroda kuchi hamda faoliyatdan emotsional zavqlanish, raqib bilan to‘qnash kelganda hissiy holatni engib o‘ta olish ko‘nikmasining darajaviy ifodalanishidagi tafovutlar tufayli mag‘lubiyatdan qochish motivatsiyasining namoyon bo‘lishidagi gender farqlarning mavjudligini dalillashga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 22-dekabrdagi PM-100 son buyrug‘i asosida “Umumiy psixologiya” va “Ontogenez psixologiyasi” modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quy-ilmiy markazining 2023-yil 28-dekabrdagi PM 100-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘spirin yoshidagi sportchilarda maqsadga erishishga qaratilgan motivlar shakllanganlik darajasini aniqlash imkoniyati aniqlangan;
bokschi yoshlarning sport faoliyati bilan shug‘ullanishidagi motivatsiyaning yoshga oid xususiyatariga ko‘ra erishilgan ko‘rsatkichlaring shaxs motivatsion tuzilmasiga “tasodifiylik tamoyili, vaziyatga, shaxsiy imkoniyatlariga bog‘liq holda integratsiyasi tufayli ilk o‘spirinlarda “natija qonuniyati” motivining ustuvor harakterga ega ekanligi asoslashga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 22-dekabrdagi PM-100 son buyrug‘i asosida “Umumiy psixologiya” va “Ontogenez psixologiyasi” modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quy-ilmiy markazining 2023-yil 28-dekabrdagi PM 100-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, bokschi yoshlarning qaysi yoshda yetakchi motivining ustunlik qilishi, muvaffaqiyatga erishishida taʼsir etuvchi psixologik omil sifatida hizmat qilish samaradorligi ortgan;
bokschi yoshlarning sportda erishgan yutuqlarini darajasiga ko‘ra muvaffaqiyatga intilish motivatsiyasi, ichki, o‘zini qadrlash va musobaqalashuv motivlarining xalqaro toifadagi sport ustalarida, qochish motivi birinchi toifadagi, bilish motivi ikkinchi toifadagi sport ustasining faoliyatida ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli sportchilarda frustratsiya holatini ifodalanishida differensial farqlarning mavjudligini isbotlashga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 22-dekabrdagi PM-100-son buyrug‘i asosida “Umumiy psixologiya” va “Ontogenez psixologiyasi” modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quy-ilmiy markazining 2023-yil 28-dekabrdagi PM 100-a son ma’lumotnomasi). Natijada, sportchilarning bir pog‘onadan ikkinchi pog‘onaga chiqishida motivlar kuchining muhim ekanligi isbotlangan;
shaxsning motivatsion sohasi strukturasining maqsadli, kognitiv, emotsional, xulq-atvor komponentlariga korreksion-adaptiv ta’sir etish natijasida o‘ziga ishonch, maqsadga yo‘nalganlik, omadga intilish motivini faoliyatdan zavqlanishni ifodalovchi praksik hislarga bog‘liq ravishda ustuvor rivojlanishi tufayli sportchilardagi mag‘lubiyatdan qochish hamda frustratsiya holatining pasayishi mumkinligi dalillashga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 22-dekabrdagi PM-100-son buyrug‘i asosida “Umumiy psixologiya” va “Ontogenez psixologiyasi” modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quy-ilmiy markazining 2023-yil 28-dekabrdagi PM 100-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, inson ruhiy holatidagi bir psixik jarayonning ikkinchi psixologik hislarga ta’siri natijasida muvaffaqiyatga erishish mumkinligi yoritilgan.