Narzulloeva Salomatbonu Sunnatulloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Hamshiralarda kasbiy kompetentlik omillari shakllanishining ijtimoiy-psixologik determinantlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/P796.
Ilmiy rahbar: Baratov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Latipov Ilyosbek Mustafoevich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hamshiralar faoliyatida kasbiy kompetentlik omillarining namoyon etilishi va rivojlanishini aniqlash orqali o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hamshiralarning kasbiy kompetentligini shakllanishida ijtimoiy refleksiyaning kreativlik funksiyasi bilan uyg‘un holda hissiy sohada funksional namoyon bo‘lishiga muvofiq intellektual va autopsixologik omillar integratsiyasi muhim omil ekanligi dalillangan;
hamshiralarning kasbiy faoliyat samaradorligiga psixologik omillarning ta’siri natijasida muloqotchanlik, hissiy barqarorlik, ishonchlilik xususiyatlarning integrativ namoyon bo‘lishi tufayli kasbiy kompetentlik mezonlari o‘rtasida differensial farqlar mavjudligi dalillangan;
hamshiralar faoliyatida kasbiy kompetentlikni shakllanishida psixologik to‘siqlarni engishga yo‘nalganlikning ijtimoiy refleksiya negizida kommunikativ kompetentlik bilan o‘yg‘un rivojlanganligi tufayli sotsial-psixologik konformizmga yo‘nalganlikning ustuvor xarakterga ega ekanligi isbotlangan;
hamshiralar kasbiy kompetentligini rivojlantirishda kognitiv, sotsial, shaxsiy xususiyatlarni muloqotmandlik, mustaqillik, emotsional sohalarga integratsiyalash muhimligiga ko‘ra kommunikativ kompetentlikni shakllantirish zarurligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hamshiralarda kasbiy kompetentlik omillari shakllanishining ijtimoiy-psixologik determinantlarini tadqiq etish asosida:
hamshiralarning kasbiy kompetentligini shakllanishida ijtimoiy refleksiyaning kreativlik funksiyasi bilan uyg‘un holda hissiy sohada funksional namoyon bo‘lishiga muvofiq intellektual va autopsixologik omillar integratsiyasi muhim omil ekanligi dalillanganligiga oid xulosa va takliflar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024 yil 3 maydagi PM-129 sonli buyrug‘iga asosan “Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 10 maydagi PM-129-a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarning kasbiy tayyorgarlik darajasi sifat jihatdan takomillashtirilgan va o‘quv jarayonlarini samaradorligini oshirishga erishilgan.
hamshiralarning kasbiy faoliyat samaradorligiga psixologik omillarning ta’siri natijasida muloqotchanlik, hissiy barqarorlik, ishonchlilik xususiyatlarning integrativ namoyon bo‘lishi tufayli kasbiy kompetentlik mezonlari o‘rtasida differensial farqlar mavjudligi dalillanganligini asoslovchi ilmiy xulosalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024 yil 3 maydagi PM-129 sonli buyrug‘iga asosan “Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya”moduliga kiritilgan Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 10 maydagi PM-129-a-son ma’lumotnomasi). Natijada tibbiyot hamshiralarining kasb psixologiyasi yo‘nalishini o‘qitishda nazariya hamda amaliyot uzviyligi ta’minlashga erishilgan.
hamshiralar faoliyatida kasbiy kompetentlikni shakllanishida psixologik to‘siqlarni engishga yo‘nalganlikning ijtimoiy refleksiya negizida kommunikativ kompetentlik bilan o‘yg‘un rivojlanganligi tufayli sotsial-psixologik konformizmga yo‘nalganlikning ustuvor xarakterga ega ekanligi isbotlangan xulosalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024 yil 3 maydagi PM-129 sonli buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 10 maydagi PM-129-a-son ma’lumotnomasi). Natijada tibbiyot hamshiralarini faoliyatga doir, bilim, malaka, ko‘nikma va kompetensiyalarini oshishiga xizmat qilgan.
hamshiralar kasbiy kompetentligini rivojlantirishda kognitiv, sotsial, shaxsiy xususiyatlarni muloqotmandlik, mustaqillik, emotsional sohalarga integratsiyalash muhimligiga ko‘ra kommunikativ kompetentlikni shakllantirish zarurligi dalillangan takliflar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024 yil 3 maydagi PM-129 sonli buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 10 maydagi PM-129-a-son ma’lumotnomasi). Natijada tibbiyot hamshiralarida kasbiy kompetentlikning rivojlanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy tasavvurlarni shakllantirish imkoniyati yaratilgan.