Musinova Nozira Mirzadjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oilada o‘smirlarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/P762.
Ilmiy rahbar: Qosimov Ubaydullo Axrorovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Akramova Feruza Akmalovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Ismatova Dilafruz To‘ymuratovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oilada o‘smirlarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlash asosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oilaviy qadriyatlarning transformatsiyalanishi natijasida o‘smirning tengdoshlari bilan munosabatlarida kimgadir bog‘lanib qolish, o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatda raqobatdan qochishga moyillikni shaxs hayotiy qarashlari tizimida kuchayishi tufayli uning guruhdagi xulq-atvorida «qaramlik» va «kurashdan qochish» motivlarining ustuvor namoyon bo‘lishi dalillangan;
oilaviy qadriyatlar bilan bog‘liq tarbiyaviy munosabatlar bolada o‘ziga xos kommunikativ ustanovkalarni, ijtimoiy persepsiya jarayonlarida «Men»ni «Biz»ga uyg‘unlashtirib guruhiy favoritizmni milliy kontekstda tushunishdagi individuallikni shakllantirishidagi differensial farqlar tufayli o‘smirlarda guruhni idrok etish tipi (individualistik, kollektivistik, pragmatik tip)ni belgilashi va shu orqali uning ijtimoiylashuviga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi dalillangan;
o‘smirlarning guruhdagi xulq-atvor motivatsiyasi oilaviy qadriyatlarga bog‘liq ravishda ijtimoiy nufuzga intilish, muloqotchanlik, affilyasiya, raqobatga intilish kurashga tayyorlik, agressiya, maqsadga erishishga intilish mustaqillik, namoyishkoronalik, chidamlilik sifatlari bilan o‘zaro ta’sirga ega bo‘lganligi tufayli ijtimoiy ma’qullanishning integral sifatlariga bog‘liq namoyon bo‘lishi dalillangan;
o‘smirlarda oilaviy qadriyatlarga bog‘liq bo‘lgan milliy xususiyatlarni shakllanishida ota-ona-bola munosabatlaridagi getereostereotip va avtostereotip qarashlarning o‘zaro integrativ rivojlanishi boladagi guruhiy xulq-atvor motivini konstruktiv namoyon bo‘lishiga olib kelganligi tufayli xulq-atvorni nazorat qilish, hissiy, kognitiv, sog‘lom sotsializatsiya mezonlari muhim ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oilada o‘smirlarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yisha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
oilaviy qadriyatlarning transformatsiyalanishi natijasida o‘smirning tengdoshlari bilan munosabatlarida kimgadir bog‘lanib qolish, o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatda raqobatdan qochishga moyillikni shaxs hayotiy qarashlari tizimida kuchayishi tufayli uning guruhdagi xulq-atvorida “qaramlik” va “kurashdan qochish” motivlarining ustuvor namoyon bo‘lishi dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 20-maydagi PM-140-son buyrug‘i bilan «Muloqot psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 25-maydagi PM-140a-son ma’lumotnomasi). Natijada oilaviy qadriyatlarning o‘smirning guruhdagi xulq-atvor motivlariga ta’sirini aniqlangan;
oilaviy qadriyatlar bilan bog‘liq tarbiyaviy munosabatlar bolada o‘ziga xos kommunikativ ustanovkalarni, ijtimoiy persepsiya jarayonlarida “Men”ni “Biz”ga uyg‘unlashtirib guruhiy favoritizmni milliy kontekstda tushunishdagi individuallikni shakllantirishidagi differensial farqlar tufayli o‘smirlarda guruhni idrok etish tipi (individualistik, kollektivistik, pragmatik tip) ni belgilashi va shu orqali uning ijtimoiylashuviga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 20-maydagi PM-140-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 25-maydagi PM-140a-son ma’lumotnomasi). Natijada oilaviy qadriyatlar bilan bog‘liq tarbiyaviy munosabatlarning o‘smirdagi guruhni idrok qilish darajasiga ta’sirini ochib berilgan;
o‘smirlarning guruhdagi xulq-atvor motivatsiyasi oilaviy qadriyatlarga bog‘liq ravishda ijtimoiy nufuzga intilish muloqotchanlik, affilyasiya, raqobatga intilish kurashga tayyorlik, agressiya, maqsadga erishishga intilish mustaqillik, namoyishkoronalik, chidamlilik sifatlari bilan o‘zaro ta’sirga ega bo‘lganligi tufayli ijtimoiy ma’qullanishning integral sifatlariga bog‘liq namoyon bo‘lishi dalillanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 20-maydagi PM-140-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 25-maydagi PM-140a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarning guruhdagi xulq-atvor motivatsiyasini ijtimoiy ma’qullanishning xususiyatlari bog‘liq namoyon bo‘lishi yoritib berilgan;
o‘smirlarda oilaviy qadriyatlarga bog‘liq bo‘lgan milliy xususiyatlarni shakllanishida ota-ona-bola munosabatlaridagi getereostereotip va avtostereotip qarashlarning o‘zaro integrativ rivojlanishi boladagi guruhiy xulq-atvor motivini konstruktiv namoyon bo‘lishiga olib kelganligi tufayli xulq-atvorni nazorat qilish, hissiy, kognitiv, sog‘lom sotsializatsiya mezonlari muhim ekanligi isbotlanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 20-maydagi PM-140-son buyrug‘i bilan «Muloqot psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 25-maydagi PM-140a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda milliy qadriyatlarni tarbiyalashning ijtimoiy-psixologik mezonlarini taklif etish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.