Saydullaeva Fotima Jozilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Tomorqa xo‘jaliklarida mahsulotlar ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashning aholi ovqatlanishiga ta’siri (Samarqand viloyati misolida)”, 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt2888
Ilmiy rahbar: Hasanov Shavkat Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti, PhD.05/15.12.2022.I.155.01
Rasmiy opponentlar: Akramov Kamiljon Tagaevich, iqtisodiyot fanlari doktori; Mustafaqulov Sherzod Igamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tomorqa xo‘jaligi mahsulotlarini diversifikatsiyalashning uy xo‘jaliklarida ovqatlanish diversifikatsiyasiga ta’sirini baholash hamda uni oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tomorqa xo‘jaliklarida o‘simlikchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish diversifikatsiyasi “quyi” (1<HHI≤0,7), “o‘rta” (0,7≤HHI<0,4) va “yuqori” (0,4≤HHI<0) mezonlar bo‘yicha tomorqa xo‘jaligi boshqaruvini maqbullashtirish taklif etilgan;
oziq-ovqat xavfsizligiga davlat yordamini kuchaytirishda (barqaror qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish, suv va energiya ta’minotidan barqaror foydalanish, iqlimdan oqilona foydalanish, qayta ishlash va saqlash uchun maqbul ishlab chiqarish amaliyotlari hamda hosildan keyingi yo‘qotishlarni kamaytirishga qaratilgan) subsidiyalar ajratish bo‘yicha yagona siyosat olib borilishining maqsadga muvofiqligi asoslangan;
tomorqa xo‘jaliklarida 12 guruh (dukkaklilar, meva-sabzavot, go‘sht, sut, asal)dagi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning 2028-yilgacha prognoz parametrlari hisoblab chiqilgan;
qishloq joylarida uy xo‘jaliklariga “o‘z-o‘zini ta’minlash-zahira-realizatsiya” bo‘yicha tartibga solingan raqamli dasturlash ta’minotini joriy qilish markazini mahallalarda tashkil qilish orqali barqaror oziq-ovqat ta’minotiga erishishga qaratilgan rejali-iqtisodiy mexanizm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tomorqa xo‘jaliklarida mahsulotlar ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashning aholi ovqatlanishiga ta’sirini baholash bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
tomorqa xo‘jaliklarida o‘simlikchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish diversifikatsiyasi “quyi” (1<HHI≤0,7), “o‘rta” (0,7≤HHI<0,4) va “yuqori” (0,4≤HHI<0) mezonlar bo‘yicha tomorqa xo‘jaligi boshqaruvini maqbullashtirish taklifi Samarqand viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan 2023-yil 28-martda tasdiqlangan uslubiy qo‘llanmasi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 5-iyuldagi 06/27-06/1053-sonli ma’lumotnomasi).Kiritilgan takliflar Samarqand viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi tizim tashkilotlari tomonidan Bulung‘ur, Ishtixon, Jomboy, Oqdaryo, Pastdarg‘om, Payariq, Qo‘shrabot, Tayloq va Urgut tumanlaridagi tomorqa xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash darajasini oshirish chora-tadbirlari rejasi ishlab chiqilgan. Shu bilan birga, taklif qilinayotgan me’zonlar tumanlardagi tegishli tashkilotlar tomonidan barqaror ishlab chiqarish amaliyotlarini joriy qilishda baholash ko‘rsatkichi sifatida foydalanib boshlagan;
oziq-ovqat xavfsizligiga davlat yordamini kuchaytirishda (barqaror qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish, suv va energiya ta’minotidan barqaror foydalanish, iqlimdan oqilona foydalanish, qayta ishlash va saqlash uchun maqbul ishlab chiqarish amaliyotlari hamda hosildan keyingi yo‘qotishlarni kamaytirishga qaratilgan) subsidiyalar ajratish bo‘yicha yagona siyosat olib borilishining maqsadga muvofiqligi taklifi O‘zbekiston Respublikasining oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom oziqlanishni ta’minlashning 2030-yilgacha mo‘ljallangan strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 5-iyuldagi 06/27-06/1053-sonli ma’lumotnomasi). Mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda subsidiyalar orqali qo‘llab-quvvatlash siyosati tomorqa xo‘jaliklari tomonidan mahsulot ishlab chiqarish, ularga xom-ashyo ta’minoti, daromad stabilligini ta’minlashda narxlarni subsidiyalashda, zamonaviy suv tejamkor texnologiyalarni joriy qilish va qishloq xo‘jaligiga raqamli texnologiyalarni joriy qilishni subsidiyash takliflari kiritilgan. Taklifning joriy etilishi tomorqa xo‘jaliklarda mahsulot ishlab chiqarish diversifikatsiyasining oshirilishi uy xo‘jaliklarida ovqatlanish xilma-xilligini o‘rtacha 7-8 tagacha oshirishga xizmat qiladi;
12 guruhdagi oziq-ovqat mahsulotlarini tomorqa xo‘jaliklarida ishlab chiqarishning 2028-yilgacha prognoz parametrlari bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining istiqboldagi rejalariga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 5-iyuldagi 06/27-06/1053-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarga ko‘ra, 2028-yilda 2022-yilga nisbatan ildizmevalarni ishlab chiqarish 1,2, sabzavot 1,1, meva va rezavorlar 1,1, go‘sht va go‘sht mahsulotlari 1,2, sut va sut mahsulotlari 1,2, tuxum 1,4, baliq 1,4, dukkakli mahsulotlar 1,1, asal 1,2 va ziravorlar 1,4 barobar ko‘p ishlab chiqarishi hisoblab topildi. Don kabi moyli ekinlarni ishlab chiqarish ko‘rsatkichi pasayish tendensiyasida bo‘lib, 2028-yilga borib don etishtirish 53,6 ming tonnaga, moyli ekinlar mahsulotlarini ishlab chiqarish esa 470,8 tonnaga kamayishi prognoz qilingan. Mazkur prognoz natijalari Samarqand viloyatida tomorqalarda etishtirilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishini rejalashtirishida qo‘llash hisobga olingan;
qishloq joylarida uy xo‘jaliklariga “o‘z-o‘zini ta’minlash-zahira-realizatsiya” bo‘yicha tartibga solingan raqamli dasturlash ta’minotini joriy qilish markazini mahallalarda tashkil qilish orqali barqaror oziq-ovqat ta’minotiga erishishga qaratilgan rejali-iqtisodiy mexanizm ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 5-iyuldagi 06/27-06/1053-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur yondashuvlar ommaviy axborot vositalari, raqamli texnologiyalar, ijtimoiy infratuzilmalar va turli shakldagi pazandalik kurslari rolini kuchaytirish hamda oilada oziq-ovqat iste’molining raqamli menyusini ommalashtirishni o‘z ichiga olgan. Mahallalarda tashkil qilinishi tavsiya qilingan mahsus markaz Samarqand viloyatining Bulung‘ur, Payariq va Tayloq tumanlarida bittadan tanlab olingan mahallalarda pilot tarzida joriy qilindi. Mexanizmning joriy qilinishi natijasida qishloq oilalarida iste’mol diversifikatsiya darajasi 9,6% oshgan, oilaning oziq-ovqat (qishloq xo‘jalik) mahsulotlari xarajatlari 12% kamayishiga olib kelgan.