Xasanbaev Utkir Melibaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Globallashuv davrida radikalizm va ekstremizmga qarshi kurashda islom tashkilotlarining o‘rni”, 24.00.01 – Islom tarixi va manbashunosligi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tar1375.
Ilmiy rahbar: Maxsudov Davron Rustamovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, DSc.18./11.12.2019.I/Tar.94.01.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Ahadjon Ahmadjonovich, tarix fanlari doktori, professor; Yuldashxodjaev Xaydar Xashimxanovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi global jamiyatda islom tashkilotlarining radikalizm va ekstremizm g‘oyalariga qarshi kurashdagi o‘rni va mintaqaviy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“diniy radikalizm”, “ekstremizm”ning adabiyotlardagi mavjud ta’riflaridan tashqari diniy-ijtimoiy hodisalarning nafaqat o‘zga din vakillari, balki bir konfessiya ichida o‘z dindoshlariga qarshi qaratilgan (البغي), “diniy-siyosiy” shaklga ega hamda ekstremizmning nazariy faoliyati (النظري) ham mavjudligi borasidagi muallifning qo‘shimcha ta’riflari ishlab chiqilgan;
Evropada islom tashkilotlarining ekstremizmga qarshi kurashda musulmon mamlakatlaridagi tashkilotlarga nisbatan samarali faoliyat yurita olmayotgani sabablari ularda yagona diniy boshqaruv tizimining mavjud emasligi, davlatning islomni “mahalliylashtirish” shaklini yaratishga qaratilgan harakatlarni musulmon diasporasi tomonidan “boshqaruv vositasi” sifatida qabul qilinishidek omillar bilan bog‘liqligi aniqlangan;
arab-musulmon mamlakatlaridagi islom tashkilotlarining mutaassiblikka qarshi kurashda “sunniylik”ka (أهل السنة والجماعة) asoslangan umumiy mo‘tadil islom g‘oyalarini targ‘ib etish samarasi bu erlarda to‘rt mazhab va ikkita ta’limotning keng tarqalgani omili bilan, Markaziy Osiyo respublikalarida esa yagona an’anaviy hanafiylik mazhabi (المذهب الحنفي) va moturidiylik aqidasi (العقيدة الماتريدية) orqali samarali kechayotgani dalillangan;
mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekistonda ekstremizmga qarshi kurashda qat’iy huquqiy choralar ko‘rish bilan ijtimoiy barqarorlik ta’minlangani, yangi tarixiy davrda esa mazkur tahdidning oqibatlari emas, balki kelib chiqish sabablarini bartaraf etish orqali “yumshoq usul”ga tayangan, o‘ziga xos “yangi tajriba” shakllangani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
“diniy radikalizm”, “ekstremizm”ning adabiyotlardagi mavjud ta’riflaridan tashqari diniy-ijtimoiy hodisalarning nafaqat o‘zga din vakillari, balki bir konfessiya ichida o‘z dindoshlariga qarshi qaratilgan (البغي), “diniy-siyosiy” shaklga ega hamda ekstremizmning nazariy faoliyati (النظري) ham mavjudligi borasidagi muallifning qo‘shimcha ta’riflari ishlab chiqilgani haqidagi ilmiy xulosalardan buyurtma asosida tayyorlangan “O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari: diniy tashkilotlar, oqimlar, mafkuraviy kurashning dolzarb masalalari” nomli kitob mazmuniga singdirilgan (Din ishlari qo‘mitasining 2023-yil 28-martdagi 04-03/2123-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda radikalizm va ekstremizm bo‘yicha aniq ma’lumotlar shakllanishiga xizmat qilgan;
Evropada islom tashkilotlarining ekstremizmga qarshi kurashda musulmon mamlakatlaridagi tashkilotlarga nisbatan samarali faoliyat yurita olmayotgani sabablari ularda yagona diniy boshqaruv tizimining mavjud emasligi, davlatning islomni “mahalliylashtirish” shaklini yaratishga qaratilgan harakatlarni musulmon diasporasi tomonidan “boshqaruv vositasi” sifatida qabul qilinishidek omillar bilan bog‘liqligi aniqlangani xususidagi ilmiy-tahliliy xulosalar “Diniy-ma’rifiy suhbatlar” kitobi, O‘zbekistonning ekstremizmga qarshi kurashdagi yangi tajribasiga oid xulosalar esa “Dinshunoslik” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2023-yil 25-martdagi 859-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning din niqobidagi turli buzg‘unchi oqimlarning tahdidlaridan ogoh etishga xizmat qilgan.
arab-musulmon mamlakatlaridagi islom tashkilotlarining mutaassiblikka qarshi kurashda “sunniylik”ka (أهل السنة والجماعة) asoslangan to‘rt mazhab va ikkita ta’limotning keng tarqalgani omili bilan, Markaziy Osiyo respublikalarida esa yagona an’anaviy hanafiylik mazhabi (المذهب الحنفي) va moturidiylik aqidasi (العقيدة الماتريدية) orqali samarali kechayotgani dalillanganiga oid ilmiy xulosalaridan Markazining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar agentligi buyurtmasi asosida tayyorlangan “Murakkab va tahlikali zamonning ma’naviy tahdidlariga qarshi mafkuraviy kurash vositalari kompleksini ishlab chiqish va joriy qilish” mavzusidagi amaliy loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 28-martdagi 04-03/2123-sonli ma’lumotnomasi). Natijada jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishga va fuqarolarning diniy sohadagi huquqiy savodxonlik darajasini oshirilishiga xizmat qilgan;
mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekistonda ekstremizmga qarshi kurashda qat’iy huquqiy choralar ko‘rish bilan ijtimoiy barqarorlik ta’minlangani, yangi tarixiy davrda esa mazkur tahdidning oqibatlari emas, balki kelib chiqish sabablarini bartaraf etish orqali “yumshoq usul”ga tayangan, o‘ziga xos “yangi tajriba” shakllangani isbotlanganiga doir xulosalar “Diniy-ma’rifiy va ijtimoiy-ma’naviy soha targ‘ibotchilari uchun ayrim atama va tushunchalarning izohli lug‘ati” kitobi mazmuniga singdirilgan (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023-yil 4-apreldagi 02/156-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning radikalizm va ekstremizm tahdidlari hamda ularga qarshi kurash borasidagi bilimlari oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish