Chang Lei
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Insoniyat kelajagi yagona bo‘lgan jamiyatni ijtimoiy-madaniy tadqiq etish masalalari” mavzusidagi 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi (Falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fal1146
Ilmiy rahbar: Madaeva Shahnoza Omonullaevna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Ilmiy rahbar: Madaeva Shaxnoza Omonullaevna, falsafa fanlari doktori, professor;
Rasmiy opponentlar: To‘ychiev Berdiqul To‘rakulovich, falsafa fanlari doktori, professor; Abidjanov Alisher, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi insoniyatning umumiy taqdiri hamjamiyatini ijtimoiy madaniy jihatdan tadqiq qilish muammosini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
insoniyatning umumiy taqdiri buyuk narrativi “jahonshumul-tarixiy ahamiyatining” umumiyligi fonida ijtimoiy-madaniy qadriyatlar konsepsiyasini tadqiqotchilik yondashuvi sifatida tanlaydigan tadqiqotchilik rakurslarining novatorligi asoslangan;
ba’zi nazariy istiqbollar takomillashtirilgani va yangilaganligi, xususan, Xitoy an’anaviy madaniyatida insoniyat kelajagi bilan bog‘lik ijtimoiy qadriyatlar, shu jumladan inklyuzivlik va uyg‘unlik, shuningdek turli falsafiy maktablarda ijtimoiy tafakkurning butunlikka xos o‘lchovlari aniqlanganligi asoslangan;
tadqiqotning metodologiyasi va mazmunining tutashish joyida novatsiyalar mavjudligi, ya’ni mazkur tadqiqotda insoniyat umumiy taqdiri hamjamiyati ijtimoiy-madaniy qadriyatlari manbaini, ijtimoiy-madaniy qadriyatlar mazmuni hamda ijtimoiy-madaniy qadriyatlarning aniq amaliyotlarda mujassamlanishi tizimli tadqiq qilinganligi asoslangan;
tadqiqot mazmunining mantiqiy-tarkibiy o‘lchovlarida novatsiyalar mavjudligi asoslangan. «Insoniyatning umumiy taqdiri hamjamiyati» nafaqat Hitoy falsafiy fikridan, balki uning tarixiy va madaniy qadr-qimmati hamda tarixiy mantig‘ini butunlay mujassam qiladigan, yanada yuqori hamda chuqur darajadagi ochiq va inklyuziv globallashuv jarayoniga, masalan, insoniyatning ochiq, muvozanatli va inklyuziv yo‘lini birgalikda qurish uchun «Bir kamar va bir yo‘l»ni qurish orqali rahbarlik qiladigan va uni ilgari suradigan G‘arb siyosiy falsafasining qismiga havola qiladigan zamonaviy Xitoy qadriyatlaridan ham kelib chiqadi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Insoniyat kelajagi yagona bo‘lgan jamiyatni ijtimoi-madaniy tadqiq etish masalalari” ni ilmiy tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
insoniyatning umumiy taqdiri buyuk narrativi “jahonshumul-tarixiy ahamiyatining” umumiyligi fonida ijtimoiy-madaniy qadriyatlar konsepsiyasini tadqiqotchilik yondashuvi sifatida tanlaydigan tadqiqotchilik rakurslarining novatorligi asoslab berilganligiga doir taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining tashviqot-targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024 yil 14 maydagi 204-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish mexanizmlarining samaradorligi oshgan;
ba’zi nazariy istiqbollar takomillashtirilgani va yangilaganligi, xususan, Xitoy an’anaviy madaniyatida insoniyat kelajagi bilan bog‘lik ijtimoiy qadriyatlar, shu jumladan inklyuzivlik va uyg‘unlik, shuningdek turli falsafiy maktablarda ijtmoiy tafakkurning butunlikka xos o‘lchovlari aniqlanganligi asoslanganganligiga doir tavsiyalar va takliflardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2024 yil fevral, mart oylarida efirga uzatilgan “Tarixiy savol”, “Mavzu”, “Tadqiqot” ko‘rsatvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024 yil 29 apreldagi 02-06-567-son ma’lumotnomasi). Natijalar targ‘ibot va tashviqot ishlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.
tadqiqotning metodologiyasi va mazmunining tutashish joyida novatsiyalar mavjudligi, ya’ni mazkur tadqiqotda insoniyat umumiy taqdiri hamjamiyati ijtimoiy-madaniy qadriyatlari manbaini, ijtimoiy-madaniy qadriyatlar mazmuni hamda ijtimoiy-madaniy qadriyatlarning aniq amaliyotlarda mujassamlanishi tizimli tadqiq qilinganligi asoslanganligiga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi “Oila va gender” ilmiy tadqiqot instituti faoliyati doirasida «Oilalarga ta’sirchan metodik, konsultativ va amaliy yordam ko‘rsatishning samarali tizimini yaratish» 2024-yilga mo‘ljallangan ish rejasining uchinchi bobining tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Oila va gender” ilmiy tadqiqot institutining 2024 yil 14 maydagi 01-09/1955-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan tavsiyalar o‘zbek oilasining bugungi holatini yanada yaxshilash, shuningdek, davlatning oila siyosati konsepsiyasi, uning maqsadlari, tamoyillari, vazifalari va ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning samarali bo‘lishi muammosi bilan bog‘liq vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqishga ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan;
tadqiqot mazmunining mantiqiy-tarkibiy o‘lchovlarida novatsiyalar mavjudligi asoslanganligiga doir xulosalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2021-2022- yillar davomida bajarilgan A-OT-2021-11-raqamli “O‘zbekiston xalqi diniy va milliy qadriyatlati kompleksining elektron-transdisiplinar platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024 yil 15 maydagi 04/11-4262-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar innovatsion loyihani boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish