Qo‘ldashev Sherali Temiralievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «O‘rta Osiyo xonliklari va Xitoy o‘rtasidagi siyosiy, iqtisoliy va madaniy aloqalar (XVII – XIX asr o‘rtalari)», 07.00.03 – Jahon tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Tar96.
Ilmiy maslahatchi: Albat Xodjaev, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti, DSc.02/30.12.2019. Tar.44.01.
Rasmiy opponentlar: Rahmon Farmonov, tarix fanlari doktori, professor; Bahriddin Usmonov, tarix fanlari doktori; Shoazim Shazamonov, siyosiy fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Tadqiqotning konseptual mohiyatidan kelib chiqqan holda o‘zbek davlatchiligining uzviy davomchisi bo‘lgan Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonligi bilan Xitoy o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalari tarixining muhim jihatlarini kompleks holda o‘rganish va ilmiy xulosalar chiqarishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor O‘rta Osıyo xonliklari va Xitoyning Ching davlati o‘rtasidagi siyosiy aloqalar – evolyusiyasi, dinamikasi ochib berilib, Daketana, Sonomu ismli xitoy elchilarini Qo‘qon xonligiga kelganligi, Muhammad Dukar, Sharif, A’lam pochcha va boshqa xonliklar elchilarining Xitoyga yuborilishi va ularning faoliyati ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarga ta’siri, qo‘lga kiritgan yutuqlari ko‘rsatib berildi;
Ilk bor O‘rta Osiyo xonliklarining Xitoyga “vassal” davlat emas, balki teng  huquqli, xalqaro maqomiga ega siyosiy subekt sifatida mavjud bo‘lganligi, uning Sharqiy Turkiston masalasidagi tenghuquqlilik tamoyili asosidagi siyosati, Ching imperiyasi hududida o‘rtaosiyolik hunarmandlar va savdogarlari huquqini himoya qilish, ulardan boj undirishga mutasaddi bo‘lgan oqsoqollik (konsullik) vakolatxonasining faoliyati aniqlangan;
O‘rta Osiyo xonliklari va Ching imperiyasi o‘rtasidagi siyosiy aloqalarning uch shakli – diplomatik, elchilik, xatlar asosida amalga oshirilgan davlatlararo aloqalar aniqlanib, uch tomonlama, ya’ni O‘rta Osiyo hukmdorlari bilan Ching imperatorlari yozishmalari,  Qo‘qon xonlari va Sharqiy Turkistondagi manjur noiblari yozishmalari, Qo‘qon xonlari va Sharqiy Turkistondagi mahalliy hokimlar yozishmalari bo‘lganligi dalillangan;
Tangritog‘, Pomir tog‘ tizmalaridagi Short, Terak dovonlar, shuningdek, Sibir, Qashqar, Toshqo‘rg‘on, G‘ulja, Chuguchak orqali o‘tgan karvon yo‘llari, ularning asosiy yo‘nalishlariga aniqlik kiritilgan. Ushbu karvon yo‘llari orqali Xitoyga eksport qilingan va xonliklarga olib ketilgan mollar,  mahsulotlar turlari aniqlandi. Ular assortimentidagi o‘zgarishlar, kumush yombu, choy, ipak kabi xitoy mollarining xonliklar moliyasi, iqtisodiyotiga ta’siri ko‘rsatib berilgan;
O‘rta Osiyo xonliklari va Sharqiy Turkiston xalqlari o‘rtasidagi madaniy-adabiy aloqalar, Qo‘qon va Samarqand hamda Buxorodagi adabiy muhitlarida sharqiy turkistonlik Muhammad Siddiq Rushdiy, Xislat Qashqariy, Xushxol G‘aribiylar ijod qilganligi, o‘z navbatida Xitoydagi turkiy adabiyot esa Alisher Navoiy, Mashrab, xonliklardan borgan Imom Ali Qunduziy kabi o‘zbek ijodkorlari asarlari ta’sirida yaratilganligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XVII – XIX  asr o‘rtalarida O‘rta Osiyo xonliklari va Xitoy o‘rtasidagi siyosiy, iqtisoliy va madaniy aloqalar nomli tadqiqoti natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:   
Ilk bor mavzuga oid fors va turkiy qo‘lyozmalardagi ma’lumotlar asosida ikki xudud davlatlari o‘rtasidagi siyosiy aloqalar evolyusiyasi ochib berilishi, Daketana, Sonomu ismli xitoy elchilarini Qo‘qon xonligiga, Muhammad Dukar, Sharif, A’lam pochcha va boshqa xonliklar elchilarining Xitoyga safari va ularning faoliyatiga oid yangi ma’lumotlar aniqlangani xususidagi ilmiy xulosalar O‘zR FA Tarix institutining I1-FA-G003 IZ-2015-0907175446 “O‘zbekistonda elchilik xizmati tarixidan lavhalar” (2016-2017) mavzuidagi loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 2019-yil 09-sentyabrdagi 3/1255-2406-son  ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari uchun O‘zbekiston diplomatiyasi tarixini yozishda qo‘shimcha manba bo‘lib hizmat qilgan;
Xitoyning Markaziy Osiyodagi diplomatiyasining asosiy xususiyatlari ilmiy tahlil qilinganligi, ba’zi tarixiy adabiyotlarda berilganidek O‘rta Osiyo xonliklarining Xitoyga “vassal” davlat emas, balki teng huquqli, xalqaro maqomiga ega siyosiy subekt sifatida mavjud bo‘lganligi, Qo‘qon xonligining Sharqiy Turkiston masalasidagi siyosati va maqsadlari tarixiy izchillikda yoritilganligi, Ching imperiyasi xududida o‘rtaosiyolik hunarmand va savdogarlari huquqini himoya qilishga mutasaddi bo‘lgan oqsoqollik (konsullik) institutining mohiyati ilk bor ochib berilgan. Ushbu oqsoqollarning ismlari, yashagan sanasi va faoliyati aniqlanganligi to‘g‘risidagi xulosalar O‘zR FA Tarix instituti tomonidan  OT-A1-128  “VII-XIX asr birinchi yarmi o‘zbek davlatchiligi tizimida dargoh va devonlar faoliyati tarixidan” (2017-2018) mavzuidagi loyihasida foydalanilgan  (O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 2019-yil 09-sentyabrdagi 3/1255-2406-son  ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi O‘rta Osiyo xonliklari diplomatiyasi va konsullik tarixi, mohiyati hamda uning ahamiyatini o‘rganish uchun xizmat qilgan.   
O‘rta Osiyo xonliklari va Ching imperiyasi o‘rtasidagi siyosiy aloqalarning uch shakli – diplomatik, elchilik, xatlar asosida amalga oshirilgan davlatlararo aloqalar aniqlanganligi, shuningdek, uch tomonlama, ya’ni O‘rta Osiyo xonlari bilan Ching imperatorlari yozishmalari,  Qo‘qon xonlari va Sharqiy Turkistondagi manjur noiblari yozishmalari, Qo‘qon xonlari va Sharqiy Turkistondagi mahalliy hokimlar yozishmalari, shartnomalar tahlil qilinishi, yozishmalarga oid xatlar, ularning tarjimalari, faksimile va boshqa ma’lumotlar O‘zR FA O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining  “O‘rta asrlar davridagi O‘zbekiston” bo‘limi ekspozisiyasini bezatishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 2019-yil 09-sentyabrdagi 3/1255-2406-son  ma’lumotnomasi). Muzey ekspozisiyasi uchun taqdim etilgan Buxoro amirligi hamda Qo‘qon xonligining Xitoy bilan olib borgan siyosiy-diplomatik aloqalari bo‘yicha xujjatlar orasidan Buxoro amiri Haydarning 1816-yilda Xitoyga yuborilgan maktubi, Qo‘qon xonlari Erdona, Norbo‘tabiy, Muhammad Alixonlarning Xitoyga yuborgan maktublari o‘rin olgan bo‘lib, ular O‘zbekiston tarixida etarlicha o‘rganilmagan xonliklar davri diplomatiyasi tarixiga oid masalalarga oydinlik kiritadi va natijalar yoshlarning ilmiy dunyoqarashini kengaytiradi.    
Tangritog‘, Pomir tog‘ tizmalaridagi Short, Terak dovonlar, shuningdek, Sibir, Qashqar, Toshqo‘rg‘on, G‘ulja, Chuguchak orqali o‘tgan karvon yo‘llari tadqiq qilinib, ularning asosiy yo‘nalishlariga aniqlik kiritilganligi, O‘rta Osiyo xonliklari va Ching imperiyasi iqtisodiy aloqalar tizimli o‘rganilib, bojxona ishi, savdo-sotiq aloqalarida asosiy rol o‘ynagan mahalliy va tranzit mollarning turlari, ular assortimentidagi o‘zgarishlar ikki mintaqa davlatlari savdo markazlarining o‘xshash tomonlari ko‘rsatib berilganligi, savdo aloqalar ikki xudud davlatlari iqtisodiyotiga ta’siri, jumladan, xitoy kumush yombularining xonliklar tangalariga xom ashyo sifatida foydalanganligi, xitoy choyini xonliklar xududiga kirib kelishi choyxonalarni ochilishi kabi ilmiy xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Oliy Xarbiy bojxona institutida chop etilgan “Bojxona ishi tarixi” nomli monografiyasi mazmuniga singdirilgan (O‘zR Davlat Bojxona qo‘mitasining 2019-yil 25-aprelidagi 04-05/3-03485 son  ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy-tadqiqot muassasalari va talabalarga bojxona ishi va uning asosiy xususiyatlariga oid ma’lumotlarni etkazishga xizmat qilgan;
Ching imperiyasi davrida O‘rta Osiyo xonliklari va Sharqiy Turkiston xalqlari o‘rtasidagi madaniy aloqalar to‘xtab qolmaganligi, Qo‘qon va Samarqand hamda Buxoroda ijod qilgan Muhammad Siddiq Rushdiy, Xislat Qashqariy, Xushxol G‘aribiy kabi sharqiy turkistonlik adiblarining xonliklar ijod ahli bilan aloqalari yoritilganligi, o‘z navbatida Sharqiy Turkistonda xonliklardan borgan Imom Ali Qunduziy, Miskin kabi ijodkorlarning faoliyati tadqiq qilinganligi, san'at sohalaridagi aloqalar tarixiga oid ilmiy xulosalar O‘zbekiston Milliy teleradiokampaniyasi “O‘zbekiston” (O‘zR Milliy teleradiokampaniyasining 2018-yil 19-dekabrdagi 01-12-2242 sonli ma’lumotnomasi) telekanalining “Realfakt” ko‘rsatuvi hamda “O‘zbekiston tarixi” (“O‘zbekiston”  teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2019-yilning 26-noyabridagi 01-14. 2459 sonli ma’lumotnomasi) telekanalining “Tarixiy savol” ko‘rsatuvi ssenariylarini tuzishda foydalanilgan. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston tarixini yanada chuqurroq o‘rganish uchun, bugungi yoshlarning O‘rta Osiyo xonliklari bilan Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro aloqalariga oid bilimlarini kengaytirish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish