Fayzieva Shoira Ayubovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Zo‘ravonlikka uchragan ayollarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/P724.
Ilmiy rahbar: Yakubova Go‘zal Asatullaevna, psixologiya fanlar doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Bahriddin Mengboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Tavbaeva Muqaddam Safarovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zo‘ravonlikka uchragan ayollarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini ochib berish orqali ularni ijtimoiy moslashuvi bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zo‘ravonlikka uchragan ayollarning ota-onalari, mustaqil, birinchi yoki ikkinchi turmushda yashaydiganlarning shaxslararo munosabatlarida negativizm, tajanglik, shubhalanuvchanlik, xafagarchilikni koping mexanizmlarga bog‘liq ravishda yuzaga chiqishi tufayli agressiv xulq-atvorning bilvosita shakli ustuvor xarakterda namoyon bo‘lishi ijtimoiy psixologik xususiyat ekanligi asoslangan;
zo‘ravonlikka uchragan ayollarning ijtimoiy-psixologik moslashuvida o‘z-o‘zini qabul qilish, hamkorkka intilish hamda eskapizmning sust darajada namoyon bo‘lishi hissiy qulaylikni pasaytirganligi tufayli ichki nazorat hamda boshqalarni qabul qilish jihatlarining ustuvor xarakterga ega ekanligi asoslangan;
zo‘ravonlikka uchragan ayollarning nizoli vaziyatlardagi xulq-atvorida o‘zaro hamkorlikka intilishning “verbal agressiya” ta’siriga bog‘liq ravishda negativizmga uyg‘unlashgan vaziyatdan qochish shaklida namoyon bo‘lganligi tufayli raqobat strategiyasining ustuvor xarakterga ega ekanligi dalillangan;
zo‘ravonlikka uchragan ayollarning ijtimoiy moslashuvida shaxslararo munosabatlarda masofa saqlash, o‘zini chetga olishning yuqori darajasi hamkorlik strategiyasini pasaytirganligi muammoli vaziyatni hal qilishdan ko‘ra vaziyatdan qochishni kuchaytirganligi tufayli konfrontatsion koping hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni izlashning ustuvor xarakterga ega ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zo‘ravonlikka uchragan ayollarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiq natijalari asosida:
zo‘ravonlikka uchragan ayollarda ota-onalari, mustaqil, birinchi yoki ikkinchi turmushda yashaydiganlarning shaxslararo munosabatlarida negativizm, tajanglik, shubhalanuvchanlik, xafagarchilikni koping mexanizmlarga bog‘liq ravishda yuzaga chiqishi tufayli agressiv xulq-atvorning bilvosita shaklini ustuvor xarakterda namoyon bo‘lishi ijtimoiy psixologik xususiyat ekanligi asoslangan xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 20-maydagi PM-138-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 25-maydagi PM-138a-son ma’lumotnomasi). Natijada zo‘ravonlikka uchragan ayollardagi agressiv xulqning ijtimoiy-psixologik xususiyatini ochib berish imkoniyati yaratilgan;
zo‘ravonlikka uchragan ayollarning ijtimoiy-psixologik moslashuvida o‘z-o‘zini yoqtirish, hamkorkka intilish hamda eskapizmning sust darajada namoyon bo‘lishi hissiy qulaylikni pasaytirganligi tufayli ichki nazorat hamda boshqalarni qabul qilish jihatlarining ustuvor xarakterga ega ekanligi asoslangan xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 20-maydagi PM-138-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 25-maydagi PM-138a-son ma’lumotnomasi). Natijada zo‘ravonlikka uchragan ayollarning ijtimoiy-psixologik moslashuvidadagi ustuvor determinantlar aniqlashtirilgan;
zo‘ravonlikka uchragan ayollarning nizoli vaziyatlardagi xulq-atvorida shaxslararo munosabatlarda hamkorlikka intilishning “verbal agressiya” ta’siriga bog‘liq ravishda negativizmga uyg‘unlashgan vaziyatdan qochish shaklida namoyon bo‘lishi tufayli raqobat strategiyasining ustuvor xarakterga ega ekanligi dalillangan xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 20-maydagi PM-138-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 25-maydagi PM-138a-son ma’lumotnomasi). Natijada zo‘ravonlikka uchragan ayollarning nizoli vaziyatdagi ustuvor xulq-atvor strategiyasini aniqlashtirish imkoniyati yaratilgan;
zo‘ravonlikka uchragan ayollarning ijtimoiy moslashuvida shaxslararo munosabatlarda masofa saqlash, o‘zini chetga olishning yuqori darajasi hamkorlik strategiyasini pasaytirganligi muammoli vaziyatni hal qilishdan ko‘ra vaziyatdan qochishni kuchaytirganligi tufayli konfrontatsion koping hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni izlashning ustuvor xarakterga ega ekanligi dalillangan xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 20-maydagi PM-138-son buyrug‘i bilan «Psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 25-maydagi PM-138 a-son ma’lumotnomasi). Natijada zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayollardagi koping xulqning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash orqali oilaviy zo‘ravonlikni oldini olishga doir amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.