Kalillaeva Ulbosin Ayapbergenovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Deviant xulq-atvorli o‘smirlarda kasb tanlash motivatsiyasini shakllantirishning pedagogik-psixologik determinantlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P642.
Ilmiy rahbar: Elmuratova Aysulu Usaxovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Baratov Sharif Ramazanovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Atabaeva Nargis Batirovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi deviant xulq-atvorli o‘smirlarda kasb tanlash motivatsiyasining psixologik asoslarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
deviant xulq-atvorli o‘smirlarni kasb tanlash motivatsiyasining pedagogik-psixologik determinantlari shaxs yo‘nalganligi, o‘quvchilar ijtimoiy-psixologik moslashganlik darajasining differensial xususiyatlarini ijtimoiy qadriyatlarda namoyon bo‘lish dinamikasiga bog‘liq holda asoslangan;
deviant xulq-atvorli o‘smirlarning kasb tanlash motivi o‘quvchilardagi muloqotga yo‘nalganlik optimizmga, faoliyatga yo‘nalganlik ratsionallik, o‘z imkoniyatlarini baholash bilan ijobiy korrellyasiyalangan holda o‘quv jarayonida namoyon bo‘lganligi tufayli shaxs yo‘nalganligining qiyosiy tipik darajalariga bog‘liq shakllanishi dalillangan;
deviant xulq-atvorli o‘smirlarning kasbiy ustanovkalari o‘quvchilardagi optimizm, o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholash, ratsional qaror qabul qilish ko‘nikmasini shakllantirish shaxsning o‘z-o‘zini va boshqalarni qabul qilishiga olib kelib emotsional komfortni kuchaytirganligi tufayli ularning ijtimoiy moslashganlik darajasiga identiv namoyon bo‘lishi asoslangan;
deviant xulq-atvorli o‘smirlarda kasb tanlash motivatsiyasini shakllantirishda qat’iyatlilik, ratsionallik, optimizm, o‘z imkoniyatlarini baholashning dinamik xususiyati o‘quv faoliyatiga integrativ namoyon bo‘lishiga ko‘ra kasbiy ustanovkalarni ierarxik rivojlanishiga erishish muhim ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Deviant xulq-atvorli o‘smirlarda kasb tanlash motivatsiyasining psixologik asoslarini o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
deviant xulq-atvorli o‘smirlarni kasb tanlash motivatsiyasining pedagogik-psixologik determinantlari shaxs yo‘nalganligi, o‘quvchilar ijtimoiy-psixologik moslashganlik darajasining differensial xususiyatlarini ijtimoiy qadriyatlarda namoyon bo‘lish dinamikasiga bog‘liq holda asoslanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 20-maydagi PM-137-son buyrug‘i bilan «Pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 25-maydagi PM-137a-son ma’lumotnomasi). Natijada deviant xulq-atvorli o‘smirlarning kasb tanlash bo‘lgan motivatsiyasining pedagogik-psixologik determinantlari aniqlangan;
deviant xulq-atvorli o‘smirlarning kasb tanlash motivi o‘quvchilardagi muloqotga yo‘nalganlik optimizmga, faoliyatga yo‘nalganlik ratsionallik, o‘z imkoniyatlarini baholash bilan ijobiy korrellyasiyalangan holda o‘quv jarayonida namoyon bo‘lganligi tufayli shaxs yo‘nalganligining qiyosiy tipik darajalariga bog‘liq shakllanishiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 20-maydagi PM-137-son buyrug‘i bilan «Kasb psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 25-maydagi PM-137a-son ma’lumotnomasi). Natijada deviant xulq-atvorli o‘smirlarning kasb tanlash motivini shaxs yo‘nalganligiga bog‘liq jihatlari asoslangan;
deviant xulq-atvorli o‘smirlarning kasbiy ustanovkalari o‘quvchilardagi optimizm, o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholash, ratsional qaror qabul qilish ko‘nikmasini shakllantirish shaxsning o‘z-o‘zini va boshqalarni qabul qilishiga olib kelib emotsional komfortni kuchaytirganligi tufayli ularning ijtimoiy moslashganlik darajasiga identiv namoyon bo‘lishi asoslanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 20-maydagi PM-137-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 25-maydagi PM-137a-son ma’lumotnomasi). Natijada deviant xulq-atvorli o‘smirlardagi kasbiy ustanovkalarning ijtimoiy moslashganlik darajasiga bog‘liqligi tadqiq etilgan;
deviant xulq-atvorli o‘smirlarda kasb tanlash motivatsiyasini shakllantirishda qat’iyatlilik, ratsionallik, optimizm, o‘z imkoniyatlarini baholashning dinamik xususiyati o‘quv faoliyatiga integrativ namoyon bo‘lishiga ko‘ra kasbiy ustanovkalarni ierarxik rivojlanishiga erishish muhim ekanligi dalillanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 20-maydagi PM-137-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 25-maydagi PM-137a-son ma’lumotnomasi). Natijada deviant xulq-atvorli o‘smirlarda kasb tanlash motivatsiyasini shakllantirishning pedagogik-psixologik jihatlarini asoslash va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.