Eshmetov Shuxrat Ruzmetovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali pankreatit kasalligini jarrohlik usuli bilan davolashga zamonaviy yondashuv», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3635.
Ilmiy rahbar: Koxanenko Nikolay Yur`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Egamov Yuldashali Sulaymanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sattarov Oybek Toxirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: instrumental va morfologik tekshirish ma’lumotlariga asoslangan holda aralashuv hajmiga differensial yondashuv orqali surunkali pankreatitni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali pankreatit va uning asoratlari kechishining ikki bosqichli xirurgik davolash taktikasining maqbul turini tanlashda muhim bo‘lgan klinik va morfologik xususiyatlari aniqlangan;
surunkali pankreatitning virsung nayi torayishi bilan asoratlangan shakllarida me’da osti bezini rezeksiya qilish, chiqaruv nayini bujlash hamda uni ingichka ichak bilan anastomoz orqali 2-3 mm diametrdagi naycha yordamida drenajlash bilan tavsiflanuvchi xirurgik davolash usuli ishlab chiqilgan;
virsung nayini bujlash uning torayishini bartaraf qilishga imkon berishi, uzoq muddatli drenajlash esa, bez parenximasining shishini kamayishini hamda chiqaruv nayi va och ichak o‘rtasida adekvat anastomoz shakllantirish uchun karkas xususiyatlarini ta’minlashi isbotlangan;
karkasli pankreatikoeyunoanastomoz shakllantirishda drenaj naychaning optimal diametri 2-3 mm ekanligi, kichik o‘lchamdagi naycha pankreatik suyuqlikning maqbul oqimini ta’minlay olmasligi, katta o‘lchamdagisi esa, virsung nayini shikastlashi mumkinligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 24 apreldagi 04/103-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha TMA muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 17 maydagi 33-son xulosasi shakllantirilgan):
birinchi ilmiy yangilik: ikki bosqichli jarrohlik usulining optimal variantini tanlashda muhim bo‘lgan kasallik kechishining klinik va morfologik xususiyatlari aniqlanganligi Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2023 yil 25 apreldagi N89-1-sonli buyruq bilan, RShTYoIM Xorazm filialida 2023 yil 14 apreldagi 51/1-“I”-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: taklif qilingan usullarni qo‘llash jarrohlik amaliyotidan keyingi davrda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamayishiga, og‘riq sindromining yo‘qolishiga va bemorlar hayot tarzining sifat ko‘rsatkichiga ijobiy ta’sir qilgan. SP kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda taklif qilingan davolash usulini qo‘llash natijasida klinik jihatdan samaradorlik yaxshlangan va kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olish orqali tibbiy samaradorlikka erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Taklif qilingan usullarni qo‘llash natijasida amaliyot paytidagi va undan keyingi davrdagi sarf-harajatlar kamaydi va yuqori iqtisodiy samaradorlik ta’minlandi. SP ning asoratlangan shakllarida jarrohlik davolash taktikasini tanlash patologik jarayonning joylashishini, shaklini, o‘t va bez chiqaruv nayiida torayishlar mavjudligi va uning uzunligini sinchkovlik bilan klinik va instrumental tekshiruvlarga asoslangan, shu bilan birga bir bosqichli muolajalar jarrohlik usulida davolashning qoniqarsiz natijalari xavfini sezilarli darajada osirgan, buning sababi kasallikning kechishi va og‘irlik darajasini past baholash, hamda operatsiya hajmini va turini noto‘g‘ri tanlash. Operatsiya qilingan bemorlarning 32,9% da amaliyotdan keyingi har xil darajadagi asoratlar kuzatildi. Ularning 3(4,9%) nafarida qon ketish belgilari kuzatilgan bo‘lsa, ichki a’zolarning funksional etishmovchiligi -1(1,3%). Bemorlarning shifoxonada yotish muddati 10-27 kunni, o‘rtacha 15,4±1,5 kunni (nazorat guruhi bilan taqqoslaganda – t=2.91; p<0.05) tashkil qildi. Umumiy xulosa qilsak, bunda 1 bemorda: kerakli diagnostika va davolash tadbirlari arsenalini minimal darajaga kamaytirish natijasida bemorning turli diagnostik va davolash taktikasi davri qisqarishi hisobiga o‘rtacha hisobda 1700000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinishga olib keladi, ya’ni: mazkur patologiyali bemorlarda odatda sarf qilinadigan o‘rtacha umumiy  xarajatlar: 6800000 so‘m (Xorazm viloyati KTTM va RShTYoIM Xorazm filiali preyskurantiga ko‘ra); taklif etilgan usullar yordamida to‘g‘ri tanlangan davolash taktikasi natijasida, ikki bosqichli jarrohlik amaliyotining joriy etilishi hisobidagi o‘rtacha umumiy  xarajatlar: 5100000 so‘m (Xorazm viloyati KTTM va RShTYoIM Xorazm filiali preyskurantiga ko‘ra); ((odatda mazkur patologiyada sarf qilingandigan o‘rtacha umumiy  xarajat) 6800000 so‘m  – (taklif etilgan usullar yordamida to‘g‘ri tanlangan davolash taktikasi natijasida, ikki bosqichli jarrohlik amaliyotining joriy etilishi hisobidagi o‘rtacha umumiy  xarajat) 5100000 so‘m = 1700000 so‘m (iqtisod qilinadigan summa)), bunda esa yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 45900000‬ so‘mni tashkil etdi (9 nafar bemor uchun). Natijada: yillik byudjet mablag‘laridan 25500000‬ so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 20400000 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Xulosa: bunda mazkur usullarni jarrohlik amaliyotiga joriy etish natijasida bir bemor uchun 1700000 so‘m iqtisod qilinishiga olib keldi. Tajribada keltirilgan 9 nafar bemor uchun, bu iqtisodiy tejash ko‘rsatgichi yillik 45900000 so‘mni tashkil etdi. Yillik byudjet mablag‘laridan 25500000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 20400000 so‘m miqdorda iqtisod qilindi.
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali pankreatitning virsung nayi torayishi bilan asoratlangan shakllarida me’da osti bezini rezeksiya qilish, chiqaruv nayini bujlash hamda uni ingichka ichak bilan anastomoz orqali 2-3 mm diametrdagi naycha yordamida drenajlash bilan tavsiflanuvchi ishlab chiqilgan xirurgik davolash usuli Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2023 yil 25 apreldagi N89-1-sonli buyruq bilan, RShTYoIM Xorazm filialida 2023 yil 14 apreldagi 51/1-“I”-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi:  surunkali pankreatit kasalligi va uning asoratlari bilan og‘rigan bemorlarda taklif qilingan davolash usulini qo‘llashdan keyingi yaqin va uzoq davrda (bemorlarning shifoxonada bo‘lish muddati, davolash xarajatlari va amaliyotdan keying asoratlarning uchrashi, ayniqsa og‘riq simptomining kamayishi kabi) davolash natijalari yaxshilanganligi kuzatildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Taklif qilingan jarrohlik usulini qo‘llash natijasida amaliyot paytidagi va undan keyingi davrdagi sarf-xarajatlar kamaydi va yuqori iqtisodiy samaradorlik ta’minlandi. Masalan SP ni jarrohlik davolash natijalarini o‘rganishning dinamik monitoringi shuni ko‘rsatdiki, ikki bosqichli jarrohlik usulidan foydalanish, uzoq vaqt davomida pancreatik gipertenziyaning qaytalanish ehtimolini kamaytirish imkonini bergan, og‘riq sindromining to‘liq yoqolishini 54,3% dan 78,8% gacha oshirgan, og‘riq xurujining uchrashini yiliga 1 marotaba yoki undan kam kuzatilishini nazorat guruhida - 17,4%, asosiy guruhda  - 13,5%, yarim yilda 1 marotaba uchrashini, nazorat guruhida - 17,4%, asosiy guruhda  - 7,7% gacha kamaytirdi, og‘riqning 1 oyda 1 marotaba va undan ortiq uchrashi nazorat guruhida – 10,9% bemorda uchragan bo‘lsa, asosiy guruhda uchramadi (r=0,01). Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bu davrda og‘riq xuruji umuman kuzatilmagan bemorlar nazorat guruhida – 54,3% ni, asosiy guruhda 78,8% ni tashkil qildi (÷2=9,949; df=3; p=0.010). Global salomatlik holati ko‘rsatkichi nazorat guruhida 62,5±2,7 ballni tashkil qilgan bo‘lsa, asosiy guruhda 71,8±1,9 ballni (t=2,84; r<0.05) ko‘rsatdi, funksional shkala bo‘yicha bu ko‘rsatkich guruhlarda mos ravishda 67,2±3,3 va 78,2±2,2 ni tashkil qilgan (t=2,76; r<0.05), simptomatik shkala bo‘yicha esa 28,4±2,5 va 18,3±1,4 (t=3,49; r<0.05) ekanligi aniqlangan. Yuqoridagi natijalar tahlilidan xulosa qiëàäèãàí bo‘lsak: bemorlar shifoxonada qolish kunini mazkur amaliyotlar tadbig‘i natijasida o‘rtacha 7,5 kunga (22,9±2,1-15,4±1,5=7,5 kun) qisqarishidan 1878750 so‘m (1 kunlik shifoxonada qolish narxi 250500 so‘m) iqtisod qilinadi (Xorazm viloyati KTTM preyskurantiga ko‘ra); og‘riq sindromining to‘liq yo‘qolishini 54,3% dan 78,8% gacha qisqarishi natijasida, sarflanadigan harajat (jarohatga ishlov berish vositalari, bog‘lam materiallar, qo‘shimcha dori va antibiotiklar) 1 kun uchun o‘rtacha 48000 so‘mni tashkil etganda 360000 so‘mni iqtisod qilishga erishiladi (Xorazm viloyati KTTM preyskurantiga ko‘ra); qoniqarsiz natijalar chastotasi 64,7% dan 32,9 % gacha, ya’ni  deyarli 2 marotabaga kamaydi (64,7/32,9=1,97). Natijada qoniqarsiz natijalar yaxshilanishidan, 460600 so‘m (har bir holat uchun o‘rtachà 235000 so‘m sarflanishi hisobidan) iqtisod qilindi; Yuqoridagilardan kelib chiqib jami 1 nafar bemor uchun iqtisodiy tejash ko‘rsatgichi 2699350  so‘mni tashkil esa, bunda yillik iqtisodiy tejash ko‘rsatkichi 10797400 so‘mni tashkil etadi (4 nafar bemor uchun). Xulîñà: taklif etilayotgan yangicha usullarni amaliyotga to‘la joriy etilishi bir bemor uchun 2699350  so‘m iqtisod qilinishiga olib keldi. Buning natijasida yillik iqtisodiy tejash ko‘rsatkichi 1797400 so‘mni tashkil etadi (4 nafar bemor uchun). Shunda, byudjetdan tashqarè mablag‘lardan 10797400 so‘m miqdorda pul iqtisod qilingan.
ó÷èí÷è ilmiy yangilik: virsung nayini bujlash uning torayishini bartaraf qilishga imkon berishi, uzoq muddatli drenajlash esa, bez parenximasining shishini kamayishini hamda chiqaruv nayi va och ichak o‘rtasida adekvat anastomoz shakllantirish uchun karkas xususiyatlarini òàúìèíëàøè isbotlanganligi Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2023 yil 25 apreldagi N89-1-sonli buyruq bilan, RShTYoIM Xorazm filialida 2023 yil 14 apreldagi 51/1-“I”-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorlèãè: Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Surunkali pankreatit kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda taklif qilingan ikki bosqichli jarrohlik davolash usulini qo‘llash natijasida klinik jihatda samaradorlik yaxshilanganligi aniqlandi va kóçàòèëèøè mumkin bo‘lgan asoratlarning oldi olindi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Taklif qilingan ikki bosqichli jarrohlik usulini qo‘llash natijasida amaliyot paytidagi va undan keyingi davrdagi sarf-harajatlar kamaydi, amaliyotdan keyingi kechki daâðäà bemorlarning hayot tarzining sifat darajasi yaxshilandi va yuqori iqtisodiy samaradorlik ta’minlandi. SP ni jarrohlik davolash natijalarini o‘rganishning dinamik monitoringi shuni ko‘rsatdiki, ikki bosqichli jarrohlik usulidan foydalanish, uzoq vaqt davomida panêðåàòèê gipertenziyaning qaytalanishi ehtimolini kamaytirish imkonini berdi, ogriq sindromining to‘liq yoqolishini 54,3% dan 78,8% gacha oshirdi, og‘riq xurujining uchrashini yiliga 1 marotaba yoki undan kam kuzatilishini – nazorat guruhida - 17,4%, asosiy guruhda - 13,5%, yarim yilda 1 marotaba uchrashini, – nazorat guruhida - 17,4%, asosiy guruhda – 7,7% gacha kamaytirdi, og‘riqning 1 oyda 1 marotaba va undan ortiq uchrashi nazorat guruhida – 10,9% bemorda uchragan bo‘lsa, asosiy guruhda uchramadi (r=0,01). Operatsiyadan keying kå÷ðè davrda bemorlarning hayot sifatini baholash, o‘rganilgan barcha mezonlar bo‘yicha ikki bosqichli operatsiyalarning samaradorligini ko‘rsatdi. Global salomatlik holati ko‘rsatkichi nazorat guruhida 62,5±2,7 ballni tashkil qilgan bo‘lsa, asosiy guruhda  71,8±1,9 ballíè (t=2,84; p<0.05) ko‘rsatdi, funksional shkala bo‘yicha bu ko‘rsatkich guruhlarda mos ravishda 67,2±3,3 va 78,2±2,2 ni tashkil qilgan (t=2,76; p<0.05), simptomatik shkala bo‘yicha esa 28,4±2,5 va 18,3±1,4 (t=3,49; p<0.05) ekanligi aniqlangan. Yuqoridagi natijalar tahlilidan xulosa qiladigan bo‘lsak: bemorlar shifoxonada qolish kunini mazkur amaliyotlar tadbig‘i natijasida o‘rtacha 7,5 kunga (22,9±2,1-15,4±1,5=7,5 kun) qisqarishidan 1 878 750 so‘m (1 kunlik shifoxonada qolish narxi 250500 so‘m) iqtisod qilingan (Xorazm viloyati KÒÒÌ preyskurantiga ko‘ra); qoniqarsiz natijalar chastotasi 64,7% dan 32,9% gacha, ya’ni o‘rtacha 1,97 marotabaga kamaydi (64,7/32,9=1,97). Natijada qoniqarsiz natijalar yaxshilanishidan, 462950 so‘m (har bir holat uchun o‘rtacha 235000 so‘m sarflanishi hisobidan) iqtisîä qilindi; Yuqoridagilardan kelib chiqib jami 1 nafar bemor uchun iqtisodiy tejash ko‘rsatgichi 2341700‬ so‘mni tashkil esa, bunda yillik iqtisodiy tejash ko‘rsatkichi 9366800 so‘mni tashkil etadi (4 nafar bemor uchun). Xulosa: taklif etilayotgan yangicha usullarni amàëè¸òãà to‘la joriy etilishi bir bemor uchun 2341700 so‘m iqtisod qilinishiga olib keldi. Buning natijasida yillik iqtisodiy tejash ko‘rsatkichi 9366800 so‘mni tashkil etadi (4 nafar bemor uchun).
ò¢ðòèí÷è ilmiy yangilik: karkasli pankreatikoeyunoanastomoz shakllantirishda drenaj naychaning optimal diametri 2-3 mm ekanligi, kichik o‘lchamdagi naycha pankreatik suyuqlikning maqbul oqimini ta’minlay olmasligi, katta o‘lchamdagisi esa, virsung nayini shikastlashi anèqlanganligi Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2023 yil 25 apreldagi N89-1-sonli buyruq bilan, RShTYoIM Xorazm filialida 2023 yil 14 apreldagi 51/1-“I”-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: taklif qiëèíãàí texnik usullarni qo‘llash va jarrohlik usulida davolash algoritmiga rioya qilish operatsiyadan keyingi erta va kechki davrda uchrashi mumkin bo‘lgan asoratlarning va nogironlik rivojlanishining oldini oladi, bemorning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning èqtisodiy samaradorligi: Taklif qilingan jarrohlik usulini qo‘llash va davolash ko‘rsatmalariga rioya qilish natijasida amaliyot paytidagi va undan keyingi davrdagi sarf-harajatlar kamaydi va yuqori iqtisodiy samaradorlik ta’minlandi. SP ning asoratlangan shakllariíè davolashda ikki bosqichli operatsiya usullarini qo‘llash, radikal jarrohlik muolajasidan keyingi reabilitatsiya sifatini yaxshilashni ta’minladi va bu intensiv terapiya muddatini (r=0.010) va bemorlarning umumiy o‘rin-kunini 22,9±2,1 kundan 15,4±1,5 kungacha (p<0.05) qisqarishini va amaliyotdan keyingi asoratlar uchrashini esa 64,7% dan 32,9% gacha, xavf ehtimoli yuqori bo‘lgan asoratlar uchrashini esa 22,1% dan 7,9% gacha (r=0,017) kamaytirishga olib kelgan. Bundan ko‘rinib turibdiki kam invaziv jarrohlik muolajalarini qo‘llash, båìîðíèíã operatsiyadan keyingi davrdagi amaliyotlarning qisqarishi, shifoxonada qolish muddati hamda kechgi asortatlar uchrashining kamayishi natijasida o‘rtacha hisobga 1 bemor uchun 2350000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinishga olib keladi, ya’ni: mazkur patologiyali bemorlaräà qo‘shimcha asoratlar hamda qoniqarsiz ko‘rsatkichlar natijasida odatda sarf qilingandigan o‘rtacha umumiy  xarajatlar: 7250000 so‘mni tashkil etadi (Xorazm viloyati KTTM preyskurantiga ko‘ra); taklif etilgan usullar yordamida to‘g‘ri tanlangan davolash taktikasi natèæàñèäà, yangi jarrohlik amaliyotining joriy etilishi hisobidagi o‘rtacha umumiy  xarajatlar: 4900000‬ so‘m (Xorazm viloyati KTTM preyskurantiga ko‘ra); ((odatda mazkur patologiyada sarf qilingandigan o‘rtacha umumiy  xarajat) 7250000 so‘m  – (taklif etilgan usullàð yordamida to‘g‘ri tanlangan davolash taktikasi natijasida, yangi jarrohlik amaliyotining joriy etilishi hisobidagi o‘rtacha umumiy  xarajat) 4900000‬ so‘m = 2350000 so‘m (iqtisod qilinadigan summa)), bunda esa yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 9400000 so‘mni tashkil ýòäè (4 nafar bemor uchun). Xulosa: bunda mazkur kam invaziv muolaja usullarini amaliyotga tadbiq etish natijasida bir bemor uchun 2350000 so‘m iqtisod qilinishiga olib keldi. Tajribada keltirilgan 4 nafar bemor uchun, bu iqtisodiy tejash ko‘rsatgichi yillik 9400000 so‘mni tashkil etdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish