Yusufov Nodirbek Islombekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Issiq iqlim sharoitida bolalarning jismoniy imkoniyatlariga maktab ichi omillari ta’sirini gigienik asoslash», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1670.
Ilmiy rahbar: Ermatov Nizom Jumaqulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Roza Tolanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Fayziboev Pirmamat Normamatovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
II. Tadqiqotning maqsadi: issiq iqlim sharoitida maktab yoshidagi o‘quvchilarning jismoniy imkoniyatlari va salomatlik holatiga ta’sir etuvchi maktab ichi nomuvofiq omillarini yaxshilashga qaratilgan gigienik tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
issiq iqlim sharoitida maktab o‘quvchilarining salomatlik holati, jismoniy rivojlanishi va yetakchi organizm tizimlarining funksional holatiga ta’sir qiluvchi maktab ichi omillaridan harorat, karbonat angidrid, namlik, changning salomatlik holatiga ta’siri o‘rni va ularning gigienik xususiyatlariga bog‘liqligi isbotlangan;
issiq iqlim sharoitida maktab o‘quvchilarining jismoniy imkoniyatlariga tartibsiz kun tartibi va o‘quv jarayonidagi nomutanosiblik tufayli kelib chiqadigan statik charchoq ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
o‘quvchilar orasida yuqori nafas yo‘llari va allergik kasalliklarning, shuningdek, miopiya darajasining oshishi maktab ichi omillarining o‘zgarishi, xususan yoz-kuz mavsumidagi yuqori harorat, qish-bahor mavsumidagi past harorat, havodagi chang miqdori yuqoriligi, yorrug‘lik darajasi pastligi, karbonat angidrid va formal`degid miqdori o‘zgarishi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
jihozlarni bo‘yga moslashtirish, harorat, namlik, chang, karbonad angidrid va formal`degidning me’yoriy darajasini ta’minlash orqali maktab ichi omillarning salbiy ta’sirini kamaytirish natijasida maktab o‘quvchilarining kasallanish darajasini pasaytirish va ularning jismoniy rivojlanishini yaxshilash isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 13 maydagi 05/118-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 5 noyabrdagi 01-4/225-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: issiq iqlim sharoitida maktab o‘quvchilarining salomatlik holati, jismoniy rivojlanishi va yetakchi organizm tizimlarining funksional holatiga ta’sir qiluvchi maktab ichi omillaridan harorat, karbonat angidrid, namlik, changning salomatlik holatiga ta’siri o‘rni va ularning gigienik xususiyatlariga bog‘liqligi isbotlangani O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasining Jizzax viloyati boshqarmasi bo‘yicha 16.08.2023 yildagi 1-4/703-son, Jizzax viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasining Jizzax shahri bo‘limi bo‘yicha 15.08.2023 yildagi 1-1B/785-son, Samarqand viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasining Paxtachi tumani bo‘limi bo‘yicha 30.08.2023 yildagi 44-son hamda Navoiy viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasining boshqarmasining Uchquduq tumani bo‘limi bo‘yicha 07.09.2023 yildagi 357-5-76-SES/2023-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: issiq iqlim sharoitida maktab o‘quvchilarining salomatlik holati, jismoniy rivojlanishi va organizmning yetakchi tizimlari funksional holatiga ta’sir qiluvchi maktab ichi omillaridan havoning tarkibidagi o‘zgarishlar, maktab jihozlarning o‘quvchilarning bo‘yiga mos kelmasligi, sinf va fan xonalarining tabiiy va sun’iy yoritilishining pasayganligi yoshga mos ravishda jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini standartlarga mos kelmasligi, o‘quvchilarning kun tartibidagi o‘zgarishlar bilan birgalikda salomatlik holati va jismoniy rivojlanishining izdan chiqishiga sharoit yaratilganligi bilan izohlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: issiq iqlim sharoitida maktab o‘quvchilarining salomatlik holati, jismoniy rivojlanishi va organizmning yetakchi tizimlari funksional holatini izdan chiqishi oqibatida yuzaga kelgan kasalliklarni davolash maqsadida kunga o‘rtacha 90000 so‘mni iqtisod qilishga erishilgan (shifoxonalarning preyskurantiga ko‘ra engil shamollash va chang allergiyasi yuzaga kelishi natijasida 1 kun davolanish 90000 so‘mni tashkil qiladi). Agar o‘quvchining onasi bolaning xastaligi tufayli mehnatga layoqatsizlik varaqasi uchun 34615,384 so‘mdan 33161537,7 so‘mgacha iqtisod qilishga erishiladi. Xulosa: issiq iqlim sharoitida maktab o‘quvchilarining salomatlik holati, jismoniy rivojlanishi va organizmning yetakchi tizimlari funksional holatini tiklash uchun bir nafar bola va uning onasi hisobiga byudjet mablag‘larini 34615,384 so‘mdan 33161537,7 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: issiq iqlim sharoitida maktab o‘quvchilarining jismoniy imkoniyatlariga tartibsiz kun tartibi va o‘quv jarayonidagi nomutanosiblik tufayli kelib chiqadigan statik charchoq ta’sir ko‘rsatishi isbotlangani O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasining Jizzax viloyati boshqarmasi bo‘yicha 16.08.2023 yildagi 1-4/703-son, Jizzax viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasining Jizzax shahri bo‘limi bo‘yicha 15.08.2023 yildagi 1-1B/785-son, Samarqand viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasining Paxtachi tumani bo‘limi bo‘yicha 30.08.2023 yildagi 44-son hamda Navoiy viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasining boshqarmasining Uchquduq tumani bo‘limi bo‘yicha 07.09.2023 yildagi 357-5-76-SES/2023-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: maktab o‘quvchilarining jismoniy imkoniyatlariga tartibsiz kun tartibi, o‘quv jarayonining nomutanosibligi hamda statik charchashning yuzaga kelishiga birinchi navbatda ota-onalar va maktab o‘qituvchilarning maktab ish sharoitidagi o‘zgarishlar, dars jadvali va kun taribidagi nomutanosibliklar, yuqori changlanganlik, past darajdagi yoritilganlik, tizimlarning eskirganligi turli yosh va jins guruhlarida statik charchashga etarli darajada sharoit yaratganligi bilan izohlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: issiq iqlim sharoitida maktab o‘quvchilarining jismoniy imkoniyatlariga tartibsiz kun tartibi, o‘quv jarayonining nomutanosibligi hamda statik charchashning yuzaga kelishini natijasida yuzga kelgan allergik kasallklar va engil shamollash natijasida yuzga kelgan kasalliklarni davolash va asoratlarni oldini olish uchun o‘rtacha 90000 so‘mni iqtisod qilishga erishilgan (shifoxonalarning preyskurantiga ko‘ra engil shamollash va chang allergiyasi yuzaga kelishini natijasida 1 kun davolanish 90000 so‘mni tashkil qiladi). Agar o‘quvchining onasi bolaning xastligi tufayli kasallik varaqasi uchun ish 34615.384 ming 33161537,7 so‘mgacha iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: maktab o‘quvchilarining jismoniy rivojlanishi ko‘rsatkichlari, salomatlik holati va organizmning yetakchi tizimlarining asosiy funksional ko‘rsatkichlari, ularning kun tartibi, yashash tarzi va ta’lim-tarbiya sharoitini yaxshilash bir nafar bola va uning onasi hisobiga byudjet mablag‘larini 34615,384 so‘mdan 33161537,7 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: o‘quvchilar orasida yuqori nafas yo‘llari va allergik kasalliklarning, shuningdek, miopiya darajasining oshishi maktab ichi omillarining o‘zgarishi, xususan yoz-kuz mavsumidagi yuqori harorat, qish-bahor mavsumidagi past harorat, havodagi chang miqdori yuqoriligi, yorrug‘lik darajasi pastligi, karbonat angidrid va formal`degid miqdori o‘zgarishi bilan bog‘liqligi isbotlangani O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasining Jizzax viloyati boshqarmasi bo‘yicha 16.08.2023 yildagi 1-4/703-son, Jizzax viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasining Jizzax shahri bo‘limi bo‘yicha 15.08.2023 yildagi 1-1B/785-son, Samarqand viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasining Paxtachi tumani bo‘limi bo‘yicha 30.08.2023 yildagi 44-son hamda Navoiy viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasining boshqarmasining Uchquduq tumani bo‘limi bo‘yicha 07.09.2023 yildagi 357-5-76-SES/2023-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: maktab ichi omillarini o‘zgarishi natijasida ya’ni yoz-kuz mavsumidagi yuqori harorat, qish-bahor mavsumidagi past harorat, havoning tarkibidagi yuqori chang miqdori, past darajagi yoritilganlik, karbonat angidrid va formal`degid miqdorining o‘zgarishi o‘quvchilar orasida yuqori nafas yo‘llari kasallkilari guruhiga kiritilgan chang bilan bog‘liq bo‘lgan allergik kasalliklar, yoritilganlik bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rish faoliyatining pasayishi miopiya darajasi ortishi bilan bog‘liqligi natijasida II-salomatlik va III-salomatlik guruhlariga kiritilgan o‘quvchilar darajasining ortishi bilan bog‘liqligi izohlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: maktab ichi omillarini o‘zgarishi natijasida rivojlanadigan xastaliklarni oldini olish va shifoxonada bir kunlik davolanishi uchun 90000 ming so‘m iqtisod qilishga erishilgan (shifoxonalarning preyskurantiga ko‘ra engil shamollash va chang allergiyasi yuzaga kelishini natijasida 1 kun davolanish 90000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxona sharoitida davolanish davomida dori-dormonlar uchun 59665 so‘mni, bir kunlik oziq-ovqat uchun 23125 so‘mni, boshqa xarajatlari uchun 97210 so‘mni tashkil qilgan. Xulosa: maktab o‘quvchilarining salomatlik holatini tiklash uchun 90000 so‘m x 3 kun=180000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;. Xulosa: maktab ichi omillarini o‘zgarishi natijasida rivojlanadigan xastaliklarni oldini olish bir nafar bola hisobiga byudjet mablag‘larini 3 kunda o‘rtacha 180000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: jihozlarni bo‘yga moslashtirish, harorat, namlik, chang, karbonad angidrid va formal`degidning me’yoriy darajasini ta’minlash orqali maktab ichi omillarning salbiy ta’sirini kamaytirish natijasida maktab o‘quvchilarining kasallanish darajasini pasaytirish va ularning jismoniy rivojlanishini yaxshilash isbotlangan isbotlangani O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasining Jizzax viloyati boshqarmasi bo‘yicha 16.08.2023 yildagi 1-4/703-son, Jizzax viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasining Jizzax shahri bo‘limi bo‘yicha 15.08.2023 yildagi 1-1B/785-son, Samarqand viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasining Paxtachi tumani bo‘limi bo‘yicha 30.08.2023 yildagi 44-son hamda Navoiy viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasining boshqarmasining Uchquduq tumani bo‘limi bo‘yicha 07.09.2023 yildagi 357-5-76-SES/2023-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: maktab ichi omillaridan jihozlarni bo‘yga moslashtirish, harorat, namlik, chang, karbonat angidrid va formal`degid miqdorining me’yoriy darajasini ta’minlash orqali maktab o‘quvchilari orasida kasallanish darajasini kamaytirish va jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini qisman yaxshilashda etarli darajada tashkillashtirilgan kun tartibi, dars jadvali, tibbiy ko‘riklar orqali erishish imkonini berganligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: maktab ichi omillari jihozlarning bo‘yga moslashtirish, harorat, namlik, chang, karbonad angidrid va formal`degidning me’yoriy darajasini ta’minlash orqali kasallanish darajasini kamaytirish va jismoniy rivojlanishni yaxshilash uchun shifoxonada bir kunlik davolanishi uchun 180000 so‘m iqtisod qilishga erishilgan (shifoxonalarning preyskurantiga ko‘ra engil shamollash va chang allergiyasi yuzaga kelishini natijasida 1 kun davolanish 90000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxona sharoitida davolanish davomida dori-dormonlar uchun 59665 so‘mni, bir kunlik oziq-ovqat uchun 23125 so‘mni, boshqa xarajatlari uchun 97210 so‘mni tashkil qilgan. Xulosa: maktab ichi omillari jihozlarning bo‘yga moslashtirish, harorat, namlik, chang, karbonad angidrid va formal`degidning me’yoriy darajasini ta’minlash orqali maktab o‘quvchilari orasida kasallanish darajasini kamaytirish va jismoniy rivojlanishni yaxshilash bir nafar o‘quvchi hisobiga byudjet mablag‘larini 3 kunda 180000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.